Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/214
Sana17.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1782360
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   214
Bog'liq
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

Soddalashtirilgan soliq 
tizimiga o‘tgan yuridik 
va jismoniy shaxslar


52
bundan mustasno), suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer 
qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar, yer 
solig‘i, mol-mulk solig‘i hamda boshqa mahalliy soliqlar va majburiy 
to‘lovlar (ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim 
turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im bundan mustasno) 
o‘rniga byudjetga 2007-yil 1-yanvardan boshlab soliq solishning boshqa 
tizimini tanlash huquqisiz yagona soliq to‘lovini to‘laydilar. 
3. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari (aksiz solig‘i va 
tovarlarni import qilganlik uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini istisno 
etganda) amaldagi barcha umumdavlat va mahalliy soliqlar hamda 
yig‘imlar o‘rniga o‘zi yetishtiradigan qishloq xo‘jaligi mahsulotini 
ishlab chiqarish va qayta ishlash bo‘yicha yagona yer solig‘ini 
to‘laydilar. Yagona yer solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti qarori asosida belgilanadi. 
4. Konchilik sanoati tarmoqlarining ayrim korxonalari uchun 
qo‘shimcha foyda solig‘i to‘lanishini nazarda tutadigan foydaning bir 
qismiga soliq solishning alohida tartibi joriy etilishi mumkin. 
Qo‘shimcha foyda solig‘i to‘lovchilar, uni hisoblash va to‘lash tartibi 
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi asosida belgilanadi. 
5. Lotereyalar tashkil qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish 
doirasidagi yuridik shaxslar foyda solig‘i, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, 
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq o‘rniga yalpi tushumdan 
yagona soliq to‘lovini to‘laydilar. Yalpi tushumdan yagona soliq to‘lovi 
stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori asosida 
belgilanadi. 
O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar 
 
1. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tizimi, deganda nimani 
tushunasiz? 
2. Soliqlar qaysi davlat organi tomonidan joriy qilinadi? 
3. Umumdavlat soliqlari tarkibiga qaysi soliqlar kiradi? 
4. Mahalliy soliqlar tarkibiga qaysi soliqlar kiradi? 
5. Qaysi soliqlar mahalliy byudjetlar o‘rtasida taqsimlanadi va 
qanday tartibda? 
6. Qaysi mahalliy soliqlar O‘zbekiston Respublikasining butun 
hududida undiriladi? 
7. Soddalashtirilgan soliq tizimiga qanday yuridik va jismoniy 
shaxslar o‘tishi mumkin? 


53
8. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari qachondan boshlab 
yagona soliq to‘lovi to‘lashga o‘tdilar? 
9. Byudjetdan tashqari jamg‘armalarni sanab bering. 
10. Yuridik shaxslarning mehnatga haq to‘lash fondidan yagona 
ijtimoiy to‘lov qanday taqsimlanadi? 
11. Soliqlarni umumdavlat va mahalliy soliqlarga ajratishning sa-
babi nimada deb o‘ylaysiz? 

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling