Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/214
Sana17.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1782360
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   214
Bog'liq
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

Soliqqa tortishning 
adolatlilik tamoyili 


43
qurishga sarflasa, bundan jamg‘armaga ajratmalarni to‘lovchilarning 
o‘zlari - avtomobil egalari naf ko‘radi. Biroq bunday yondashuvni keng 
miqyosda amalga oshirishning iloji bo‘lmaydi. Huquq-tartibotni 
mustahkamlash, maorifni rivojlantirish, atrof-muhitni qo‘riqlashdan aniq 
ravishda kim ko‘proq foyda ko‘rishini qanday qilib hisoblab chiqish 
mumkin? Hatto bepul sog‘liqni saqlash dasturlaridan asosan ko‘p bolali 
oilalar, keksa va nochor fuqarolar foydalanishlari aniqlab chiqilgan 
taqdirda ham ana shu maqsadlar uchun maxsus soliqlarni aynan ularning 
o‘zidan undirishni talab qilish adolatdan bo‘lmaydi, albatta. 
Amaliyotda boshqacha yondashuv birmuncha kengroq qo‘llaniladi, 
unga ko‘ra to‘lov qobiliyati tamoyili asos qilib olinadi: soliq 
to‘lovchining daromadi qanchalik yuqori bo‘lsa, undan shuncha ko‘p 
miqdorda soliq undiriladi. Buning ma’nosi shuki, badavlat odamlar 
bepul maktab maorifi, milliy mudofaa, sog‘liqni saqlash va boshqa 
sohalar uchun bir qadar yuksak iqtisodiy mas’uliyatni his etishlari lozim, 
chunki ular kam daromadlilarga nisbatan ko‘proq to‘lashga qodirdirlar. 
Aslini olganda, o‘ziga to‘q kishilar ta’lim berish va xizmat ko‘rsatish 
yaxshiroq yo‘lga qo‘yilgan maktab va shifoxonalarni tanlaydilar. 
Bunday to‘lov qobiliyati konseptsiyasi AQSh soliq siyosatida keng 
tarqalgan. 
Biroq amaliyotda soliqqa tortishning mazkur konseptsiyasi tez-tez 
jiddiy qiyinchiliklarga duch kelib turadi. Yiliga 100 ming dollar 
daromad oladigan kishi yiliga 10 ming dollar daromad oladigan kishiga 
nisbatan ko‘proq soliq to‘lashga qodir, degan fikrga qo‘shilish mumkin. 
Biroq bunda birinchi kishi ikkinchisiga qaraganda aynan necha baravar 
ko‘p soliq to‘lash imkoniyatiga ega, degan masala noaniqdir. Badavlat 
odam o‘zining daromadidan o‘sha hissani va mutlaq katta summani 
to‘laydimi yoki soliq sifatida umuman ko‘proq hissani to‘laydimi? 
Afsuski, aniq bir odamning soliq to‘lash imkoniyatlarini o‘lchash uchun 
ilmiy asoslangan qandaydir usullar mavjud emas. 
Soliqqa tortishdagi adolat tamoyili ba’zi hollarda taqsimotdagi 
ijtimoiy adolat tamoyili ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Shuni ta’kidlab 
o‘tish o‘rinliki, bu tamoyilni daromadlarni teng ravishda taqsimlash, 
baravarlashtirish, deb tushunmaslik kerak. Qonun oldida tenglikka rioya 
etilishi, ijtimoiy mumtozlikka, irq va dinga munosiblikka asoslangan 
imtiyozlarning bekor qilinishi, inson asosiy huquqlarga birday ega 
bo‘lishi kabi tenglik tamoyillari bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan va bu tamoyillar 
qadriyatlarning ijtimoiy tizimida qat’iy amal qilmog‘i lozim. Moddiy 


44
tenglik, ya’ni daromadlar, mulk, iste’mol sohasidagi tenglik haqida gap 
ketadigan bo‘lsa, aytish kerakki, bunday tenglikka erishib bo‘lmaydi. 
Davlat va jamiyat barcha fuqarolar yaxshi hayot kechirishlari uchun 
zarur shart-sharoit yaratib berishlari kerak, albatta, soliqqa tortish tizimi 
esa istiqbolga mo‘ljallangan rejada aholining farovonligini umumiy 
tarzda amalga oshirish orqali jamiyat quyi qatlamlarining ahvoli izchil 
ravishda yaxshilanib borishiga ko‘maklashmog‘i zarur. 
Bu tamoyil soliqqa tortish bazasini 
aniqlashda, soliqlarni hisoblab chiqishda 
oddiylik bo‘lishini, taqdim etiladigan 
hisobotlarning mazmunini soddalashtirishni, 
shuningdek, soliqlarning eng muhim turlari bo‘yicha yagona stavkalar 
belgilashni, beriladigan imtiyozlarni iloji boricha kamaytirishni ko‘zda 
tutadi. Bu o‘rinda nazarda tutilayotgan narsa shuki, soliqlarning 
rag‘batlantirish funksiyasi doirasida beriladigan imtiyozlar yakka tartibdagi 
xususiyatga ega bo‘lmasligi, balki muayyan faoliyat turlarini 
rag‘batlantirishga, soliq to‘lovchilarning mulkchilik shakli va qaysi idoraga 
mansubligidan qat’iy nazar ma’lum turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni 
ko‘paytirishga qaratilmog‘i lozim. Ba’zi sohalarda paydo bo‘ladigan davlat 
tomonidan qo‘llab-quvvatlashga ehtiyojni qondirishni byudjet-kredit 
siyosati orqali amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Buning sababi shuki, 
soliq imtiyozlarining haddan tashqari ko‘pligi qonunlarni murakkablashtirib 
yuboradi, tushunishni qiyinlashtiradi hamda turlicha talqin qilinishiga olib 
keladi, bu hol pirovard natijada soliq to‘lovchilarning soliqlarga nisbatan 
munosabatlariga salbiy ta’sir qiladi. Shu bilan birga aniq qilib belgilangan 
imtiyozlar soliq yukini boshqa soliq to‘lovchilar zimmasiga o‘tkazib, 
ijtimoiy adolatsizlik ro‘y berishiga olib keladi. 
Samarali soliq tizimiga qo‘yiladigan 
muhim talablardan biri boshqaruvga qulay 
bo‘lishidir. Soliqlarni undirib olishda 
samaradorlikka erishish ko‘p hollarda 
soliqlarning soliq to‘lovchilarga yaxshi tushunarli bo‘lishiga bog‘liq. 
Ayrim mamlakatlarda soliqqa tortishning nihoyatda murakkab 
tartibi amal qiladi, aytaylik, shkala va stavkalar turi, soliqlar tarkibi, 
ularni to‘lash qoidalari va tartiblari haddan tashqari ko‘p. Buning ustiga 
ular soliq tushumlarining ko‘payishiga hech qanday yordam bermaydi 
hamda soliqlarning rag‘batlantiruvchi funksiyasi bajarilishida rol 
o‘ynamaydi. 

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling