Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/214
Sana17.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1782360
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   214
Bog'liq
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

Soliq stavkalari


26
tizimining shakllanishini hozirgi bosqichida soliq stavkalarining darajasi 
eng munozarali masalalardan hisoblanadi. 
Soliq stavkalari respublika va mahalliy byudjetlar xarajatlarini 
mablag‘ bilan ta’minlashda muvozanat darajasini hamda xo‘jalik 
subyektlarining moliyaviy imkoniyatlarini belgilaydi. Demak, ular 
moliya-byudjet munosabatlarini sog‘lomlashtirish bilan chambarchas 
bog‘liqdir. Soliq stavkalari korxonalarning iqtisodiy mustaqilligini 
ta’minlaganlari holda, moliya-byudjet munosabatlarining pul 
muomalasiga ko‘rsatadigan salbiy ta’siriga barham bera olishi ham 
kerak. Bu esa, respublikamizda amalga oshirilayotgan soliq 
islohotlarining muhim jihatini tashkil etadi. 
Soliq elementlari tarkibida soliq stavkalari alohida o‘rin tutadi. 
Iqtisodiy adabiyotlarda soliq stavkasi, deganda soliq obyektining har bir 
soliq birligi uchun davlat tomonidan belgilab qo‘yilgan me’yor 
tushuniladi. 
Soliq kodeksining 27-moddasida esa soliq stavkasi soliq solinadigan 
bazaning o‘lchov birligiga nisbatan hisoblanadigan foizlardagi yoki 
mutlaq summadagi miqdorni ifodalaydi, deb keltirilgan. 
Soliq stavkasining ahamiyati soliq obyektini qancha qismi qanday 
miqdorda majburiy to‘lov sifatida byudjetga undirishini xarak-
terlaydigan masalaga javob beradi.
Soliq stavkalarining mohiyati shundaki, ular soliq obyekti, soliq 
birligi va soliq me’yorlariga asoslangan holda soliq mexanizmini 
samarali ishlashini ta’minlaydi. Soliq stavkalaridan davlat tomonidan 
iqtisodiyotni tartibga solish vositasi sifatida foydalanilsa, boshqa 
tomondan soliq imtiyozlarini bir turi sifatida ular orqali ishlab 
chiqarishni rivojlantirishga rag‘batlantirish rolidan foydalaniladi. 
Soliq stavkalari ikki xil ko‘rinishda: qat’iy stavkalarda va nisbiy 
(foiz) stavkalarda ifodalanadi. Soliq stavkasi qat’iy stavkada belgilangan 
holda soliq obyektiga nisbatan qat’iy so‘mda belgilanadi. Masalan, yer 
solig‘ining har bir gektari uchun qat’iy so‘mda soliq miqdori o‘rnatilgan. 
Yuridik va jismoniy shaxslarning daromadlariga, mol-mulklariga esa 
nisbiy stavkada, ya’ni foizda soliq miqdori belgilangan. 
Soliq stavkasi bilan soliqqa tortish obyekti o‘rtasidagi bog‘liqlik 
darajasiga qarab soliq stavkalarini proporsional, progressiv va regressiv 
kabi turlarga ajratish mumkin. 
Soliq stavkalari, undirilishi, mohiyati va amal qilishi nuqtayi 
nazaridan bir necha turlariga ajratiladi (1.3.1-chizma). 


27

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling