Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/214
Sana17.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1782360
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   214
Bog'liq
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar 
 
1. Soliqqa tortish obyektiga qarab soliqlar qanday guruhlanadi? 
2. Oborotdan olinadigan soliqlarga qaysi soliqlar kiradi? 
3. Daromaddan olinadigan soliqlarga qaysi soliqlar kiradi? 
4. Mol-mulk va yer maydonlaridan olinadigan soliqlarga qaysi 
soliqlarni kiritish mumkin? 
5. Soliqlar iqtisodiy mohiyatiga qarab qanday guruhlanadi? 
6. To‘g‘ri soliqlar tarkibiga qanday soliqlar kiradi va ular nima 
uchun to‘g‘ri soliqlar, deb ataladi? 
7. Egri soliqlar tarkibiga qanday soliqlar kiradi?
8. Egri soliqlarning ijobiy va salbiy tomonlarini sanab bering. 
9. Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarning farqi 
nimadan iborat? 
10. Jismoniy shaxslar to‘laydigan soliqlarning o‘ziga xos 
xususiyatlarini ayting. 
11. Soliq to‘lovchilar qanday huquqlarga ega? 
12. Soliq to‘lovchilarning majburiyatlarini aytib bering. 


64
Foyda solig‘ining joriy 
qilinishi, iqtisodiy mo-
hiyati va ahamiyati
III BOB. YURIDIK SHAXSLARNI SOLIQQA TORTISH 
3.1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i 
O‘zbekiston Respublikasi davlat 
byudjeti daromadlari 1991-yilga qadar 
asosan davlat korxonalari foydasidan 
ajratiladigan ajratmalar hisobidan 
shakllanar edi. Ushbu foydadan ajratma 
davlat tomonidan belgilangan majburiy to‘lov bo‘lib, u korxonalar 
balans foydasining 90 foizgacha bo‘lgan qismini byudjetga olib ketar, 
qolgan mablag‘lar esa korxona tomonidan emas, balki yuqori tashkilot 
topshirig‘iga ko‘ra tegishli fondlarga taqsimlanar edi. 
Respublikamiz ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor muno-
sabatlariga o‘tishi tufayli mamlakatimiz xo‘jalik turmushida chuqur ijobiy 
o‘zgarishlar ro‘y bera boshladi. Natijada mulkchilikning turli shakllari 
rivojlanishi, korxonalar imkoniyatining oshishi, bozor infratuzilmasi 
rivojlanishi bilan majburiy ajratmalarning avvalgi tizimi korxonalarning 
xo‘jalik yuritish samaradorligini ta’minlay olmay qoldi hamda ular 
bevosita va bilvosita investitsiya dasturlariga to‘sqinlik qila boshladi. 
Chunki foydadan ajratma o‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra faqat davlat 
korxonalari foydasidan ajratilishi lozim edi.
Bozor munosabatlari rivojlanishi bilan iqtisodiyotni soliqlar 
yordamida tartibga solish xususan, foydadan ajratmalar o‘rniga daromad 
solig‘ini joriy etish zarurati paydo bo‘ldi va 1992-yildan boshlab barcha 
turdagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar «daromad» solig‘ini to‘lashga 
o‘tdilar. 
O‘zbekiston Respublikasi rubl mintaqasida qolib turgan vaqtda 
daromad solig‘ini olishga o‘tish pul qadrsizlanishi tufayli ish haqi 
o‘sishini cheklash uchun davlat tomonidan majburiy chora bo‘ldi. 
Bunday sharoitda ishlab chiqaruvchilarning moliyaviy ahvoli 
yomonlasha boshladi. Natijada mahsulotga talab pasayib, sotishdan 
olingan tushum hajmi kamaygani holda, ular o‘z ishlab chiqarishlari 
yo‘nalishini o‘zgartirishga, foyda olmasalar ham juda katta miqdorda 
ishchilarga ish haqi to‘lashga majbur bo‘ldilar. Bunday holatda 
amaliyotda korxonalar hisobot davrida faoliyatlarini foyda bilan 
yakunlamasada, daromad solig‘ini ish haqi fondidan belgilangan 
stavkada to‘lashga majbur edilar. 


65
1995-yil 1-yanvardan boshlab soliqlarning rag‘batlantiruvchi rolini 
kuchaytirish maqsadida mamlakatimizda korxonalarning foydasidan 
olinadigan soliq joriy etildi. Shu bilan bir qatorda soliq to‘lovchilarning 
ayrim toifalari (tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari, kino-konsert 
faoliyatini olib boruvchi muassasalar, ko‘ngilochar o‘yinlarni tashkil 
etuvchi korxonalar, birja va boshqa shu kabi korxonalar) uchun daromad 
solig‘i va yalpi daromad solig‘ini to‘lash tartibi saqlab qolindi. 
Amaldagi Soliq kodeksining 23-moddasiga muvofiq yuridik 
shaxslardan olinadigan foyda solig‘i umumdavlat soliqlari tarkibiga 
kirib, u davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda asosiy 
manbalardan biri hisoblanadi.

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling