176
Yer solig‘ini to‘lovchilar
tuproq
unumdorligini oshirish, sifati turlicha bo‘lgan yerlarda xo‘jalik
yuritishning ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarini tenglashtirish,
aholi
yashaydigan joylarda infrastruktura rivojlanishini ta’minlash hamda
yerni talon-taroj qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik hisoblanadi.
3.6.1-diagramma. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ining davlat
byudjeti daromadlaridagi salmog‘i dinamikasi
42
O‘zbekiston Respublikasida jami yer fondi 2004 yilda 44410,3
ming gektarni tashkil etib, shundan 57,8 foizi qishloq xo‘jaligi
tovar
ishlab chiqaruvchilari ixtiyoridagi yer maydonlariga to‘g‘ri kelgan. 2005
yilda esa 57,9 foizi, 2006 yilda 58,2 foizini tashkil qilgan
Yer fondi hajmida qishloq ho‘jaligi tovar ishlab
chiqaruvchilari yer
maydonlarining o‘sishi fermer xo‘jaliklari sonining yildan-yilga
ko‘payib borayotganligi va o‘rmon xo‘jaliklari ixtiyoridagi yer
maydonlarining bir qismining ular tasarrufiga o‘tkazilishi
hamda zaxira
yerlarning o‘zlashtirilishi bilan izohlanadi.
Ma’lumki, yer uchastkalaridan foy-
dalanganlik uchun byudjetga to‘lovlar
yer solig‘i yoki yer
uchun ijara haqi
tariqasida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
mahalliy
davlat hokimiyati organlari tomonidan ijaraga berilgan yer uchastkalari
uchun to‘lanadigan ijara haqi yer solig‘iga tenglashtiriladi. Yer
uchastkalarini ijaraga olgan yuridik shaxslarga
yuridik shaxslardan
42
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining 2003-2016 yillardagi «O‘zbekiston
Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi
qarorlari asosida tayyorlangan.