Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/214
Sana17.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1782360
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   214
Bog'liq
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

 
Mavzuga doir masalalar 
 
1-masala. Korxona mol-mulkining o‘rtacha yillik qoldiq qiymati 
8500 ming so‘mni tashkil etadi, bundan tashqari korxonada quyidagilar 
ham mavjud: 
 normativ muddatda tugallanmagan qurilish obyektlari qiymati – 
2000 ming so‘m; 
 konservatsiya qilinishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan asosiy ishlab chiqarish 
fondlarining qiymati – 2035 ming so‘m. 
Korxonaning mahsulotlarni sotishdan tushgan umumiy tushumi 
25300 ming so‘mni, shundan 5400 ming so‘mi eksport faoliyatidan 
tashkil etadi. 
Korxonaning soliq davri uchun mol-mulk solig‘ini hisoblang? 
 
O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar 
 
1. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq qachon joriy 
etilgan va uni joriy etishdan ko‘zlangan maqsad nimadan iborat? 
2. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning davlat 
byudjeti daromadlari tarkibidagi ahamiyati qanday?
3. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq to‘lovchilari 
kimlar? 
4. Soliqqa tortishning alohida tartibi o‘rnatilgan korxonalar asosiy 
faoliyatidan tashqari boshqa faoliyat bilan shug‘ullanganlarida mol-mulk 
solig‘ini to‘lashadimi? 
5. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning obyekti 
va bazasi qanday aniqlanadi? 
6. Korxona mol-mulkining o‘rtacha yillik qoldiq qiymati (o‘rtacha 
yillik qiymati) qanday tartibda aniqlanadi? 
7. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning stavkasi 
qanday miqdorda belgilangan? 
8. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan qanday 
yuridik shaxslar imtiyozga ega? 


175
9. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning hisob-
kitobi davlat soliq xizmati organlariga qaysi muddatda taqdim etiladi? 
10. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq qanday 
muddatlarda to‘lanadi? 
11. Me’yoriy muddatlarda tugallanmagan qurilish obyektlari uchun 
mol-mulk solig‘ini to‘lash tartibi qanday belgilangan? 
12. Belgilangan muddatlarda o‘rnatilmagan asbob-uskunalar uchun 
mol-mulk solig‘ini to‘lash tartibi qanday? 

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling