Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
106
saqlayotgan yerga joylashgan edi. 
Qatl ishiga daxli bo‘lmagan mana shu yagona tomoshabin qatl boshlangan chog‘dan, ya’ni salkam 
to‘rt soatdan buyon, deyarli hech soya bermaydigan shu anjir ostida bir xarsangtosh ustida o‘tirardi. 
To‘g‘ri, qatlni kuzatish uchun u noqulay joy tanlagan edi. Lekin, har qalay mahkumlar bog‘lapgan 
ustunlar, shuningdek, kenturionning ko‘ksidagi yaraqlab turgan ikkita qalqoncha ham askarlar tizmasi 
orasidan unga yaqqol ko‘rinib turardiki, odamlar ko‘ziga tashlanmaslikka va hech kimni bezovta 
qilmaslikka uringan kishi uchun shu manzaraning o‘zi kifoya edi chamasi. 
Lekin u bundan to‘rt soatcha burun, ya’ni qatl boshlanayotgan chog‘da tamomila boshqacha harakat 
qilib, sal bo‘lmasa o‘zini sezdirib qo‘yayozgan edi, shuning uchun bo‘lsa kerak, endi o‘z atvorini 
o‘zgartirib, xilvatga chekingan edi. 
Bu yerda u qatl marosimi endigina tepa boshiga ko‘tarilgan paytda paydo bo‘lgandi, uning shoshilib 
kelganligi yaqqol sezilib turar, og‘ir-og‘ir hansirardi. U tepalikka yurib emas, yugurib chiqdi
odamlarni turtib oldinga o‘tdi va tepa bag‘irlab yoyilgan askarlar tizmasi nainki uning, butun 
olomonning oldini to‘sib olganini ko‘rib, o‘zini ovsarlikka soldi, eng odmi usulni qo‘llab, g‘ijingan 
askarlarning «hoy-hoy»lashiga tushunmayotgan odamday, to‘ppa-to‘g‘ri qatl maydoniga askarlar safini 
yorib o‘tmoqchi bo‘ldi. Bu qilmishi uchun u nayzaning to‘mtoq tomoni bilan ko‘kragiga zarba yedi va 
og‘riq alamidan emas, umidi puchga chiqqanidan chinqirib yuborib, orqaga tisarildi. U jismoniy 
og‘riqni his qilmaydigan, mutlaqo loqayd odamday xira ko‘zlari bilan zarba urgan legionerga bir qarab 
qo‘ydi. 
So‘ng ko‘kragini changallab «quv-quv» yo‘talgancha, halloslab, tepani gir aylanib chiqdi, u 
tepaning shimol tomonida qatl maydoniga sezdirmay o‘tib olsa bo‘ladigan biron tirqish topilsa kerak 
deb umid qilgan edi. Ammo u kechikkan — halqa yopilgan edi. Shunda og‘ir iztirobdan afti bujmayib 
ketgan bu odam aravalardan ustun va to‘sinlar tushirilayotgan yerga yorib o‘tish niyatidan voz kechdi. 
Chunki bu urinishidan hech naf chiqmas, bil’aks o‘zi qo‘lga tushib qolishi mumkin edi, vaholanki, 
aynan shu butun qo‘lga tushish uning rejasiga zid edi. 
Shunga ko‘ra u o‘zini chetga olib, o‘pqon bo‘yiga bordi, bu yer tinch, hech kim unga xalal 
bermasdi. 
Oftob nuridan va uyqusizlikdan ko‘zlari yiringlashgan bu qora soqol odam endi tosh ustida xomush 
o‘tirardi. U goh aslida zangori tusda bo‘lgan-u, sargardonlikda yuraverib isqirt-ko‘kimtir tus olgan 
uvada tallifini* ko‘tarib, loyqa ter oqib tushayotgan ko‘kragining nayza zarbidan mo‘mataloq bo‘lgan 
yerini ochib xo‘rsinar, goh ko‘zlarini azob bilan osmonga qaratib hademay ziyofat bo‘lishini sezib 
samoda qanotlarini keng yozgancha ko‘pdan beri charx urib ay-lanayotgan uchta quzg‘unni kuzatar, 
goh umidsiz nigohini sarg‘aygan yerga tikib, oyog‘i ostida chiriy boshlagan it boshchanog‘i va uning 
atrofida zir yugurib yurgan kaltakesaklarga tikilib o‘tirardi. 
Bu odam shu qadar qattiq iztirobda ediki, ba’zida u o‘zi bilan o‘zi gaplasha boshlardi. 
— O, men ahmoq! — deb g‘o‘ldirardi u tosh ustida ruhan azob chekib chayqalib o‘tirarkan, — 
tentakman, ovsar xotinman, qo‘rqoqman! Odam emas, bir o‘limtik-man! 
U boshini xam qilib jim qolar, keyin yog‘och obdonidagi ilib qolgan suvdan ho‘plab, yana 
tetiklanardi-da, goh tallifi ostiga yashirgan pichoqni, goh qarshisida, yerda cho‘pqalam bilan siyohdon 
yonida yotgan bir parcha pergamentni qo‘liga olardi. 
Bu pergamentga hozir shunday so‘zlar yozilgan edi: 
«Daqiqalar o‘tib bormoqda, men, Leviy Matvey Taqir Tepadaman-u, ammo o‘limdan hamon darak 
yo‘q!» 
Keyin yana: 
«Quyosh og‘a boshladi, lekin o‘limdan darak yo‘q». 
Endi Leviy Matvey umidsizlikka tushib, o‘tkir cho‘pqalam bilan quyidagi so‘zlarni yozdi: 
«E xudo! Namuncha unga qahhorlik qilmasang? Tezroq jonini ol sho‘rlikning». 
Shularni yozib bo‘lib, ko‘z yoshsiz piqillab yig‘ladi va yana tirnoqlari bilan ko‘ksini tirnab 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling