Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
107
jarohatlay boshladi. 
Leviyning bunday nola-fig‘on chekishiga o‘zi bilan Ieshua ikkovining boshiga tushgan mudhish 
badbaxtlik hamda Leviyning o‘zi yo‘l qo‘ygan g‘oyat og‘ir xatolik sabab bo‘lgan edi. O‘tgan kuni 
Ieshua bilan Leviy Yershalaim yaqinidagi Vifoniya qishlog‘ida bir dehqonning mehmoni bo‘lishgan 
edi. Chunki Ieshuaning va’zlari mezbonga ko‘p manzur bo‘lgan edi. Ikkovlari ertalabdan dehqonga 
ko‘maklashib, uning polizida ishlashdi, chunki ular kechki salqinda Yershalaimga yo‘l olmoqchi 
bo‘lgan edilar. Lekin tush paytida birdan Ieshua shosha-pisha yo‘lga otlanib, shaharda zarur ishim bor 
deb, jo‘nab ketdi. Leviy Matveyning birinchi xatosi ma-na shundan boshlangan edi. Nega, nega axir 
uning yolg‘iz o‘zini qo‘yib yubordi! 
Kechqurun esa Matveyning o‘zi Yershalaimga bora olmadi. Kutilmaganda u allaqanday mudhish 
dardga chalinib yotib qoldi. Uning butun vujudi titrab-qaqshab, alanga bo‘lib yona boshladi, tishlari 
takillab, dam-badam suv so‘ray boshladi. Binobarin, u hech qayoqqa keta olmadi. U dehqonning 
pichanxonasida o‘zi-ni jul ustiga tashlab, ertangi juma kunining tongigacha og‘ir darddan hushini 
yo‘qotib yotdi, lekin dard Leviyga kecha kechqurun qanday kutilmaganda yopishgan bo‘lsa, endi uni 
shunday tez qo‘yib yubordi. Garchi u hali zaif, oyoqlari bedarmon bo‘lsa ham, ko‘ngli qandaydir 
falokat bo‘lishini sezib beorom bo‘laverdi, oqibat, polizchi bilan xayrlashib, Yershalaimga yo‘l oldi. 
Shaharga kelib, gumoni to‘g‘ri chiqqanini bildi. Falokat yuz bergan edi. Prokurator hukmni e’lon 
qilayotganida Leviy olomon orasida turib uni eshitgan edi. 
O‘limga mahkum bo‘lganlarni qatl Tepasiga olib ketishayotganda Leviy Matvey Ieshuaga, hech 
bo‘lmasa, o‘zining shu yerda, u bilan birga ekanligini, so‘nggi daqiqalarida do‘stini yolg‘iz 
qoldirmaganligini va uning jonini tezroq olishni xudodan iltijo qilajagini bir amallab imi-jimida 
bildirish uchun legionlar tizmasi yoqalab, olomon orasida yugurib bordi. Ammo o‘zining juda olisdagi 
manzilidan ko‘z uzmagan Ieshua, turgan gapki, Leviyni ko‘rmadi. 
Lekin qatl marosimi yarim chaqirimcha yo‘lni bosib o‘tganda, olomonning siquvi bilan surila-surila 
turnaqator tizilib borayotgan legionerlar oldiga borib qolgan Matveyning miyasiga birdan eng oddiy va 
g‘oyat ajoyib fikr keldiyu tabiatan qiziqqon bo‘lgan bu odam, nega endi shu fikr miyamga ilgariroq 
kelmadi deb ranjib, o‘zini rosa bo‘ralab so‘kdi. Tizilib borayotgan askarlar oralarida ozmi-ko‘pmi 
masofa mavjud edi. Agar epchillik qilib, aniq mo‘ljalga olib ish ko‘rilsa, ikki legioner orasidan 
engashib o‘tib ketish va yugurib borib aravaga chiqish mumkin edi. Ana unda Ieshua azobdan qutulgan 
bo‘lardi. 
Ieshuaning kuraklari orasiga pichoq sanchib, unga: «Ieshua! Men kim, sening yagona, sadoqatli 
shogirding 
Matvey seni azobdan qutqarib, o‘zim ham sen bilan o‘lyapman!» — deb qichqirish uchun bir lahza 
kifoya edi. 
Agar xudo yana bir zumlik erk ato etsa bormi, Matveyning o‘zi ham o‘ziga pichoq urib, ustunga 
bog‘lanib azobda o‘lishdan qutulib qolishi mumkin. Lekin hozir bu narsa sobiq o‘lpon yig‘uvchini kam 
qiziqtirardi. Qay tarzda jon berish uning uchun ahamiyatsiz edi. U faqat bir narsani — o‘z umrida 
zig‘ircha ham yomonlik qilmagan Ieshuaning qiynoqsiz o‘lishini xohlardi. 
Bu juda yaxshi reja edi, ammo yonida pichog‘i yo‘qli-gi chatoq bo‘ldi. Undan keyin, hamyonida 
tiyin ham pu-li yo‘q edi. 
O‘zidan qattiq ranjigan Leviy olomon orasini yorib chiqib, orqaga — shahar tomon yugura ketdi. 
Uning cho‘g‘dek qizigan boshida faqat bitta qaynoq fikr — shahardan, qanday qilib bo‘lmasin, pichoq 
to-pib, yana qatl namoyishiga yetib olish fikri lov-lov yonardi. 
U shahar tomon oqib borayotgan odamlar va karvon-lar orasidan chaqqonlik bilan chopib o‘tib, 
shahar qopqasiga yetib oldi va shu yerda, chap tomonda ochiq turgan non do‘konini ko‘rdi. Jazirama 
oftobda yugu-rib kelganidan og‘ir hansiray boshlagan Leviy bir oz nafasini rostlab olgach, o‘zini sipo 
tutib, do‘konga kirib bordi, peshtaxta ortida turgan do‘kon bekasi bilan salomlashdi, ko‘ziga negadir 
eng yuqori taxtada turgan bo‘lka non yaxshi ko‘rinib ketib, bekadan shu nonni olib berishni iltimos 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling