Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
17
Qaldirg‘och igemonning shundoqqina boshi ustidan qanotlarini pirillatib o‘tib, o‘zini favvora 
hovuzchasiga urdi, so‘ng keng fazoga parvoz qildi. Prokurator boshini ko‘tarib mahbusga qaragan edi, 
uning atrofida quyosh shu’lasiga g‘arq bo‘lgan changning to‘zon bo‘lib ko‘tarilganini ko‘rdi. 
— Hammasi shuning to‘g‘risidami? — so‘radi Pilat kotibdan. 
— Taassufki, yo‘q, — dedi kutilmaganda kotib va Pilatga boshqa bir pergamentni uzatdi. 
— Nima gap ekan yana? — so‘radi Pilat va qovog‘ini solib oldi. U uzatilgan pergamentni o‘qib 
chiqdiyu rangi o‘zgarib ketdi. Bo‘yni va yuziga qora qon quyildimi yo boshqa bir hol yuz berdimi, har 
qalay, rangidagi sarg‘ishlik o‘zgarib qo‘ng‘ir tus oldi, ko‘zlari esa ich-ichiga kirib ketganday bo‘ldi. 
Chamasi, hamma ayb chakkasiga quyilib, qattiq-qattiq tepa boshlagan qonda edi, ammo 
prokuraturning ko‘zlariga bir nima bo‘ldi. Mahbusning boshi allaqayoqlarga uchib ketib, o‘rnida 
boshqa kalla paydo bo‘lganday ko‘rindi uning ko‘ziga. Bu kal bosh bo‘lib, unga kungurasi siyrak oltin 
toj qo‘ndirilgan edi; uning manglay terisini o‘yib yuborgan doira shaklidagi yaraga malham surilgan; 
bitta ham tishi qolmagan og‘zi o‘pirilib, pastki labi injiqlik qilayotganday osilib qolgan edi. Shu mahal 
ravondagi pushtirang ustunlar va qasr poyidagi bog‘ning nariyog‘idan boshlab, olis-olislarga cho‘zilib 
ketgan Yershalaim tomlari Pilatning ko‘zidan g‘oyib bo‘lib, atrofdagi hamma narsalar Kapreya 
bog‘larining yam-yashil daraxtlari bilan burkanganday bo‘lib tuyuldi. Uning qulog‘iga ham juda 
g‘alati narsalar eshitila boshladi — go‘yo kimdir juda olisda turib ohista, ammo tahdidona tarzda 
karnay chalganday bo‘ldi, kimningdir har bir so‘zni cho‘zib-cho‘zib takabburona ohangda dimog‘ 
bilan: «Ulug‘ zotlarni tahqirlash haqida qonun», degan gapi juda aniq eshitildi. 
Pilatning xayolidan kalta-kulta, poyintar-soyintar va g‘ayrioddiy fikrlar lip-lip o‘ta boshladi: 
«Halok bo‘ldi!», keyin: «Halok bo‘lishdi!..» Undan so‘ng shu ayqash-uyqash fikrlar orasida qandaydir 
— va kimningdir?! — muqarrar boqiyligi haqida mutlaqo bema’ni fikr ham vujudga keldiki, bu 
boqiylik negadir uning yuragini ziq qilib yubordi. 
Pilat nihoyat o‘zini qo‘lga olib xayolotni daf qildi, o‘zini yana ravonda ko‘rdi, yana uning 
qarshisida mahbusning ko‘zlari chaqnab turardi. 
Quloq sol, Ha-Notsri, — deb gap boshladi prokurator Ieshuaga juda g‘alati tarzda tikilib: uning 
chehrasi mudhish, ammo ko‘zlari hayajonda edi, — sen buyuk qaysarimiz* haqida biron yerda biron 
nima deganmiding? Javob ber! Gapirganmiding?.. Yoki... gapirganing... yo‘q... mi? — Pilat «yo‘q» 
so‘zini sud paytida beriladigan savoldagi «yo‘q»qa nisbatan bir qadar cho‘zibroq talaffuz qildi va 
mahbusga uqtirmoqchi bo‘lgan fikrini ko‘z qarashi bilan izohladi. 
— Haq gapni gapirish ham oson, ham maroqli, — dedi mahbus. 
— Men sendan, — deya gapira boshladi Pilat - ovuq va hirqiroq ovoz bilan, — haq gapni gapirish 
maroqlimi, maroqsizmi, deb so‘rayotganim yo‘q.Yukorida baribir u gapni gapirishingga to‘g‘ri keladi. 
Agar sen o‘lishni, o‘lganda ham qiynalib o‘lishni xohlamasang, gapiradigan har bir so‘zingni avval 
puxta o‘ylab, so‘ng gapir. 
Iudeya prokuratoriga nima bo‘lganini hech kim aytolmaydi, ammo u yuzini oftob shu’lasidan pana 
qilmoqchi bo‘lganday, qo‘lini ko‘tardi va shu qo‘li panasida mahbusga ko‘zi bilan bir nimalarni imo 
qildi. 
— Xo‘tya, qani, — dedi u, — javob ber, son kiriaflik Iuda degan odamni taniysanmi, unga qaysarimiz 
haqida gapirganmiding, gapirgan bo‘lsang, nimalar degan eding? 
— Voqea bunday bo‘lgan edi, — bajonidil hikoya qila boshladi mahbus, — o‘tgan kuni kechqurun 
men ibodatxona oldida bir yigit bilan tanishib qoldim, u o‘zini Kiriaf shahridanman, ismim Iuda, deb 
tanitdi. Keyin u meni Quyi Shahardagi uyiga boshlab borib, mehmon qildi... 
— Saxovatli odammi u ham? — deb so‘radi Pilat, shu zahoti uning ko‘zlarida iblisona o‘t chaqnab 
ketdi. 
— G‘oyatda saxovatli va sinchkov odam ekap, — deya ta’kidladi mahbus. — U mening 
mulohazalarimni nihoyatda zo‘r qiziqish bilan tingladi, bag‘oyat samimiyat bilan qutladi... 
— Shamchiroqlar yoqdi... — dedi Pilat gijir tishlari orasidan mahbusning gapi ohangida, uning 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling