Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
20
bilan qizdirayotgan quyosh hali qiyomga yetmasdan bog‘ning yuqori peshayvonida, uning zinasida 
qo‘riqlab turgan bir juft oppoq marmar sher oldida prokurator Sinedrion prezidenti vazifasini 
o‘tayotgan Iudeyaning buzruk hazrati Iosif Kaifa bilan uchrashdi. 
Bog‘da sokinlik hukm surardi. Lekin prokurator ustunlar orasidan o‘tib, poyalari haybatli fil 
oyoqlarini eslatuvchi palma daraxtlari o‘sib turgan bog‘ning oftob nuriga g‘arq bo‘lgan ustki sahiiga 
chiqqan edi, ko‘z oldiga
 
u yomon ko‘rgan Yershalaim shahri o‘zining osma ko‘priklari, qal’alari va — 
eng muhimi — butun tomi ajdarning tangasimon terisini eslatuvchi, marmar toshlar va oltindan bino 
bo‘lgan, mahobati hech bir ta’rifga sig‘maydigan ulkan ibodatxonasi bilan ko‘z oldida namoyon bo‘ldi 
va prokuratorning ding quloqlariga juda olisdan — qal’aning tosh devori qasr bog‘ining quyi 
peshayvonini shahar maydonidan ajratib turgan pastlikdan odamlarning vaqti-vaqti bilan goh faryodga, 
goh na’raga o‘xshab ketuvchi zaifgina g‘ovuri chalindi. 
Prokurator u tomonda — maydonda so‘nggi kunlarda Yershalaimda yuz bergan tartibsizliklardan 
juibushga kelgan behisob olomon to‘nlanganligini, bu olomon jinoyatchilar ustidan hukm chiqarilishini 
betoqatlik bilan kutayotganini, qichqirayotganlar esa jonsarak meshkobchilar ekanligini tushundi. 
Prokurator jazirama oftob tig‘idan o‘zini panaga olish uchun, birinchi navbatda, hazrati buzrukni 
ravonga taklif qildi, lekin Kaifa lutfan uzr so‘rab, taklifni qabul qilolmasligini izohladi. Shunda Pilat 
sochi siyraklasha boshlagan boshiga ridosining qaytarma qalpog‘ini kiyib suhbatni boshladi. Suhbat 
yunon tilida bordi. 
Pilat Ieshua X,a-Notsrining ishini ko‘rib chiqqanini va o‘lim jazosini tasdiqlaganini aytdi. 
Shunday qilib, bugun amalga oshiriladigan o‘lim jazosiga uchta qaroqchi: Dismas, Gestas, 
Varravianlar, ular bilan birga Ieshua Xa-Notsri ham mahkum etilgan edi. Xalqni yo‘ldan ozdirib, 
qaysarga qarshi isyon qilgan birinchi ikki jinoyatchi prokuratorning izmida edi, binobarin, ular xaqida 
bu yerda hech qanday gap bo‘lishi mumkin emas. Varraivan bilan Xa-Notsri esa. mahalliy ma’murlar 
tomonidan qo‘lga olingan bo‘lib, ular ustidan Sinedrion hukm chiqargan edi. Qonun va taomilga ko‘ra 
shu ikki jinoyatchidan birini bugun kirib kelayotgan buyuk pasxa bayrami sharafiga ozod qilish lozim 
bo‘ladi. 
Xullas, prokurator, shu ikki jinoyatchidan qay biriii Sinedrion ozod qilmoqchi bo‘lganini bilishni 
istaydi: Varravvannimi yoki Xa-Notsrini-mi? Kaifa, savol tushunarli, degan ma’noda bosh silkidi va 
javob berdi: 
— Sinedrion Var-ravvanni bo‘shatishni so‘raydi. Xazrati buzrukning aynan shunday javob qilishini 
prokurator yaxshi bilardi, ammo uning vazifasi, o‘zini bunday javobdan taajjublangandek qilib 
ko‘rsatish edi. 
Pilat bu vazifani zo‘r mahorat bilan ijro etdi. Bu mutakabbir zot qoshlarini chimirdi va hazrati 
buzruknipg ko‘zlariga hayrat bilan tik qaradi. 
— Ochig‘i, bu javob meni tong qoldirdi, — dedi u muloyim ohangda, — anglashilmovchilik sodir 
bulmadimikin deb qo‘rqaman. 
Pilat o‘z fikrini tushuntirdi. To‘g‘ri, Rim xukumati mahalliy diniy ma’muriyat huquqini aslo 
kamsitmoqchi emas, buni hazrati buzrukning o‘zi xam yaxshi biladi, illo mazkur vaziyatda xatoga yo‘l 
quyilgani aniq. Turgan gapki, bu xatoni tuzatishdan Rim hukumati manfaatdor. 
Darhaqiqat, Var-ravvan bilai Xa-Notsriniit jinoyatlari o‘rtasidagi tafovut katta edi. Telbaligi yaqqol 
ko‘rinib turgan ikkinchi jinoyatchi o‘zining betuturiq gaplari bilan Yershalaimda va boshqa ayrim 
joylarda odamlarning tinchini buzganlikda ayblansa, birinchi jinoyatchining aybi benihoya og‘ir edi. U 
xalqni ochiqdan-ochiq isyonga da’vat etish bilan cheklanib qolmay, yana uni hibsga olmoqchi bo‘lgan 
soqchilardan birini o‘ldirgan ham edi. Var-ravvan Ha-Notsriga nisbatan ko‘p marotaba xavfliroqdir. 
Yuqorida zikr etilgan sabablarga ko‘ra prokurator hazrati buzrukdan Sinedrion qarorini qayta ko‘rib 
chiqishni va ikki mahbusdan beziyonrog‘ini ozod qilishni so‘raydiki, o‘shal beziyonroq jinoyatchi
shubhasiz, Ha-Notsridir. Shunday emasmi? 
Kaifa Pilatning ko‘zlariga tik boqib turib, ohistagina, ammo qat’iyat bilan dedi: 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling