Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
191
bayramona madhiya va qutlovlar eshitilardi. Kechikkan yo‘lovchilar eshaklarini xalalab, hayqirishib 
o‘tib borishardi. Iudaning oyoqlari uning ixtiyorsiz ketib borar, oqibat u hammayog‘ini shox bosgan 
mudhish Antoniy minoralari poyidan o‘tib ketganini ham payqamadi, qal’ada chalinayotgan karnay 
na’rasini ham eshitmadi, qo‘lidagi mash’alasi bilan uning yo‘lini mudhishona yoritgan rimlik otliq 
soqchilarga parvo ham qilmadi. Iuda minora yonidan o‘tib ketgach, orqasiga o‘girilib, jome ustida, 
juda ham balandda ikkita g‘oyat ulkan besh shamli qandil yonayotganini ko‘rdi. Lekin Iudaning 
ko‘ziga u shamlar ham elas-elas ko‘rindi, nazarida Yershalaim uzra misli ko‘rilmagan kattalikdagi 
o‘nta shamchiroq yoqilganu ular shahar uzra tobora yuqoriroq ko‘tirilayotgan tunning taiho 
shamchirog‘i — oy shu’lasi bilan shu’la sochishda kim o‘zarga o‘ynashayotgandek ko‘ringandi. Endi 
Iudaning hech nima bilan ishi qolmagan, u faqat Hefsimaniya darvozasi tomon intilar, tezroq shaharni 
tark etib chiqib ketishni istar edi. Ba’zan ko‘ziga ko‘chadagi olomon orasida Nizaning o‘ynoqi qiyofasi 
lip-lip ko‘ringanday va Iudani ohanrabo singari o‘ziga ergashtirib ketayotgandek tuyulardi. Lekin bu 
noto‘g‘ri tasavvur edi — Nizaning ancha oldinlab ketganligini Iuda yaxshi bilardi. U sarroflar rastasi 
yonidan o‘tib, nihoyat Hefsimaniya darvozasiga yetdi. Bu yerda, garchi sabri chidamayotgan bo‘lsa 
ham, bir oz turib qolishga majbur bo‘ldi. Shaharga tuyalar karvoni kirib kelayotgan edi, karvon 
orqasidan ketma-ket suriyaliklar harbiy patruli kirib keldiki, Iuda bu patrulni ichida rosa bo‘ralab 
so‘qdi... 
Lekin har narsaning intihosi bor. Betoqat Iuda endi shahar tashqarisida ketib borardi. U chap 
tomonda mo‘‘jazgina bir qabristonni, qabriston yonida ziyoratchi xudojo‘ylarning bir necha olabayroq 
chodirini ko‘rdi. Iuda oy yog‘dusiga cho‘milgan sertuproq yo‘lni kesib o‘tib, Kedron soyi tomon otildi. 
Soy uning oyog‘i ostida jildirab oqardi. U toshdan-toshga sakrab-sakrab, nihoyat soyning narigi, 
Hefsimaniya sohiliga o‘tib oldi va bu yerda bog‘lar tepasidan o‘tgan yo‘lda hech zog‘ yo‘qligini 
ko‘rib, quvonchdan ko‘ngli yorishib ketdi. Sal nariroqda juvozkashlik mulkining yarim xaroba 
darvozasi ko‘rindi. 
Havosi dim shahardan chiqqan Iuda bahor tunining atridan sarxush bo‘ldi. Bog‘dagi mirta 
daraxtlarining va Hefsimaniya yalangligida o‘sgan akas daraxtlarining xushbo‘y hidi dimoqqa gup-gup 
urilardi. 
Darvozada qorovul yo‘q edi, umuman, bu yerlarda hech kim yo‘q edi, shunga ko‘ra, endi Iuda 
sershox azim zaytun daraxtlarining antiqa ko‘lankalari ostidan g‘izillagancha chopib ketdi. Yo‘l 
yuqoriga o‘rlab borardi, Iuda og‘ir-og‘ir nafas olarkan, oy shu’lasi vujudga keltirgan guldor soyalarni 
bosib o‘tardiki, bu oyalar Nizaning rashkchi eri do‘konidagi turfa gulli gilamlarni eslatardi. Bir ozdan 
keyin Iuda chap tomonda sayhonlikda juvozxonani, uning ulkan tosh g‘ildiragini va uyilib yotgan 
bochkalarni ko‘rdi. Bog‘da hech kim yo‘q edi. Ish kun botgandayoq tugagan edi. Bog‘da yug‘ ham 
ko‘rinmas, Iudaning boshi uzra endi bulbullar tinmay chaqchaqlashar, xonish qilishardi. 
Iuda ko‘zlagan yer yaqin edi. U hozir o‘ng tomonda, qorong‘ilikda g‘orda jildirab oqayotgan 
suvning ovozini eshitadi. Shunday bo‘ldi ham, ana suv jiddirashi eshitildi. Salqin bo‘la boshladi. 
Shunda u qadamini sekinlatib, ohista chaqirdi: 
— Niza! 
Lekin Nizaning o‘rniga yo‘g‘on zaytun daraxti orqasidan bir barzangi erkak yo‘l o‘rtasiga chiqdi, 
uning qo‘lida bir nima bir zumga yalt etib so‘ndi. 
Iuda o‘zini orqaga tashlab, zaif ovoz bilan qichqirdi: 
— Oh! 
Ikkinchi bir odam uning orqasidan to‘sib chiqdi. Iudaning ro‘parasida turgan birinchi erkak undan 
so‘radi: 
— Hozir qancha pul olding? Gapir, agar jon shirin bo‘lsa! 
Iudaning qalbida umid uchquni porladi. Jon holatda chinqirdi u: 
— O‘ttiz tetradraxma! O‘ttiz tetradraxma! O‘sha iulning hammasi yonimda. Mana u! Olinglar, 
faqat jonimni olmasanglar bo‘lgani! 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling