Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
189 silkitib salomlashdi. — Yolg‘izmisan? — deb ohista so‘radi Afraniy yunonchalab. — Ha, — deb pichirladi juvon. — Erim ertalab Qaysarnyaga jo‘nab ketdi, — shu gapdap so‘ng juvon o‘girilib uy eshigiga qarab qo‘ydi-da, pichirlab ilova qildi: — Lekin oqsochim uyda. — Keyin u qo‘li bilan ishora qilib, mehmonni uyga taklif qildi. Afraniy oldin atrofga bir nazar tashlab, g‘ishtin pillapoyadan peshayvonga chiqa boshladi. Keyin esa ayol ham, u ham uy ichiga kirib ketishdi. Afraniy bu ayol huzurida juda oz vaqt, nari borsa, besh daqiqa bo‘ldi. Keyin u uyni va peshayvonni tark etdi, qaytarma qalpoqni ko‘zi ustiga tushirib ko‘chaga chiqdi. Bu payt uylarda chiroqlar yoqila boshlagan edi, ko‘chalar bayram oldi taraddudida hali ham tiqilinch edi, shunga ko‘ra, xachir mingan Afraniy ko‘chalarni to‘ldirgan piyoda va otliqlar orasida yo‘qolib ketdi. Uning shundan keyin qayoqlarga borganini hech kim bilmaydi. Afraniy Niza deb atagan juvon esa yolg‘iz qolgach juda shoshqaloqlik bilan kiyimini o‘zgartira boshladi. Qorong‘ida kerakli buyumlarni topish qanchalik qiyin bo‘lsa ham, u chiroq yoqmadi, oqsochni ham yordamga chaqirmadi. U otlanib bo‘lib, boshiga qora chodra yopingandan keyingina ovozi eshitildi. — Birov so‘rasa, meni Enantanikida deb aytarsan. Qorong‘ida oqsoch kampirning to‘ng‘illagani eshitildi. — Enantanikida? Yana o‘shanikiga bormoqchimisan? Axir ering ruxsat bermagan edi-ku! G‘irt qo‘shmachi o‘sha Enantang! Ering kelsin, chaqib beraman seni... — Hoy, hoy, o‘chir uningii, kampir, — dedi Niza va «ship» etib uydan chiqib ketdi. Uning kavushlari ovozi endi sahniga tosh terilgan hovlidan eshitildi. Oqsoch xotin bir nimalarni to‘ng‘illagancha peshayvoi eshigini zanjirlab oldi. Niza uydan chiqib ketdi. Xuddi shu payt Quyi Shahardagi hovuzlardan biriga olib boruvchi boshqa bir qing‘ir tor ko‘chaga joylashgan, orqasi ko‘chaga, derazalari ichkari hovliga qaragan ko‘rimsiz bir uyning ko‘cha eshigidan soqol-mo‘ylovi chiroyli qilib kuzalgan, boshiga chinniday toza, oppoq ro‘mol tashlagan, egniga qoshiyali yap-yangi havo rang bayram tallifi, oyog‘iga g‘archi bor yangi kavush kiygan bir yigit chiqdi. Ulug‘ ayyom sharofati bilan yasangan bu qirg‘iyburun, o‘ktam yigit, uy-uylariga, arafa oshiga oshiqayotgan o‘tkinchilardan ham jadalroq, tetikroq yurib borarkan, xonadonlarda birin-ketin chiroqlar yona boshlaganini kuzatardi. Bu yigit bozor yonidan o‘tib, Jome tepaligi etagiga joylashgan hazrati buzruk Kaifaning qasriga olib boruvchi yo‘ldan ketib borardi. Yana bir necha daqiqadan so‘ng uning Kaifa darvozasidan kirayotganini va oradan bir necha lahza o‘tar-o‘tmas qasrdan chiqqanini kuzatish mumkin edi. Yigit shamchirokdar va mash’alalar bilan yoritilib, bayram taraddudiga gavjum bo‘lgan qasrdan qaytib chiqqach, yana ham serg‘ayratroq, xushchaqchaqroq bo‘lib, shoshganicha Quyi Shahar tomon qayta boshladi. U bozor maydoniga yetib qolganida bir vaqt qora chodrasini deyarli ko‘zigacha tushirib olgan bir ayol tiqilinchda uning yonidan xiromon yurish qilib o‘tib, oldinlab ketdi. U o‘ktam yigitdan o‘zib ketarkan, bir lahzagina chodrasini yuqoriroq ko‘tarib, yigit tomonga bir zumlik nigoh tashladi, lekin qadamini sekinlatmadi, bil’aks hozirgina o‘zi o‘zib o‘tgan yigitdan tezroq qochib yashirinmoqchi bo‘lganday, yanada qadamini ildamlatdi. Yigit u ayolni nainki payqadi, balki tanidi ham, tanigach, yuragi bir orziqib tushib, yurishdan taqqa to‘xtadiyu uning orqasidan hang-mang bo‘lib tikilib qoldi, keyin hushini yig‘ib olgach, ayolning orqasidan darhol quva ketdi. U yo‘lda ko‘za ko‘targan bir odamga urilib, uni yiqitib yuborayozdi va axiri ayolga yetib oldi-yu, hayajonlanganidan hansirab nafas olarkan, uni chaqirdi: — Niza! Ayol orqasiga o‘girilib yigitga ko‘z suzib qaradi, qaragandayam, hafsalasi pir bo‘lganday, sovuqqina qaradi va yunon tilida quruqqina shunday dedi: — E-ha, senmiding, Iuda? Bir qarashda tanimabman. Qaytaga yaxshi bo‘ldi. Negaki, xalqimizda shunday bir naql bor: agar tanish odamingni tanimay qolsang, u boy bo‘larmish... |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling