Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
198
— Yalang‘och holdami? 
— Yo‘q, prokurator, xodimlarim kafan o‘rniga jubbalar olivolishgan edi. Dafn etilayotganlarning 
barmoqlariga halqalar kiydirilgan. Ieshuaning xdlqasida bitta chiziq bor. Xandaqqa tuproq tortilib, 
ustidan tosh bostirilgan. Shartli belgilar Tolmayga ma’lum. 
— O, agar buni oldinroq bilganimda edi-ya! — dedi Pilat aftini burishtirib. — Axir men albatta 
ko‘rishim kerak edi o‘sha Leviy Matveyni... 
— U shu yerda, prokurator! 
Pilat ko‘zlarini katta ochib, Afraniyga bir necha lahza tikilib qoldi, so‘ng shunday dedi: 
— Mazkur ish yuzasidan ko‘rsatgan barcha faoliyatingiz uchun tashakkur sizga. Ertaga huzurimga 
Tolmayni yuborsangiz va hoziroq xizmatidan mamnun ekanligimni unga aytib qo‘ysangiz, sizdan esa, 
Afraniy, —deb prokurator xontaxta ustida yotgan kamarining kissasidan bir uzuk oldi va uni maxfiy 
xizmat boshlig‘iga uzatarkan, dedi: — Ushbuni esdalik uchun qabul qilishingizni so‘rayman. 
— Afraniy ta’zim qilarkan, dedi: 
— Iltifotingizning hududi yo‘q, prokurator. 
— Dafn bilan mashg‘ul bo‘lgan xodimlaringizni mukofotlang. Iudani qochirib yuborgan 
ayg‘oqchilarga hayfsan e’lon qiling. Leviy Matveyni esa hoziroq huzurimga boshlab keling. Men 
Ieshua haqida butun tafsilotni bilmoqchiman. 
— Bosh ustiga, prokurator, — dedi Afraniy va har qadamda ta’zim qila-qila tisarilib chiqa boshladi, 
prokurator esa qarsak chalib, qichqirdi: 
— Hoy, bu yoqqa! Shamlar yoqilsin! 
Afraniy boqqa kirib borayotganidayoq Pilat orqasida paydo bo‘lgan xizmatkorlarning qo‘lida 
shamlar miltillab yona boshlagan edi. Bir zumda xontaxta ustida uchta shamchiroq paydo bo‘ldi-yu, 
oydin tun bog‘ tomonga chekindi, go‘yo uni Afraniy o‘zi bilan olib ketgan edi. Balkonda Afraniyning 
o‘rnida devqomat kenturion kuzatuvida jikkakkina, oriq bir odam iaydo bo‘ldi. Kenturion, ko‘zi 
prokuratorning ko‘ziga gushishi bilan, bog‘ tomon chekinib, g‘oyib bo‘ldi. 
Prokurator kelgan odamga qattiq sinchkovlik bilan tikilib, uni xiyol hadiksirab kuzata boshladi. 
Odatda ko‘p shov-shuv bo‘lgan va hech xayoldan ko‘tarilmaydigan odam nihoyat ko‘z oldida 
namoyon bo‘lgan chog‘da unga shunday tikilib qaraydilar. 
Kelgan odam qirq yoshlarda bo‘lib, qop-qorayib ketgan, kiyimlari chuvrindi, boshdan-oyoq 
hammayog‘iga loy sachrab, qotib qolgan, qovoqlari ostidan o‘qrayib qarar edi. Qisqasi, bu o‘lgudek 
badburush odam ko‘proq jome bo‘sag‘asi yo sershovqin, iflos Quyi Shaharning bozorlarida qalashib 
yotgan tilanchilarga o‘xshardi. 
Sukut uzoq davom etdi, nihoyat uni Pilat huzuriga olib kelingan mana shu odamning alomat raftori 
buzdi. Uning rangi o‘zgarib, birdan gandiraklab ketdi, agar isqirt qo‘li bilan xontaxtaning chetidan 
ushlab qolmaganida yiqilib tushishi muqarrar edi. 
— Nima bo‘ldi? — deb so‘radi undan Pilat. 
— Hech nima, — deb javob qiddi Leviy Matvey va go‘yo bir nimani yutib yuborganday alomat 
yutindi. Uning qiltiriq, yalang‘och, isqirt bo‘yni bir shishib, yana puchaydi. 
— Nima bo‘ldi senga, javob ber, — deb takror so‘radi Pilat. 
— Charchadim, — dedi Leviy va g‘amgin ko‘zlarini yerga tikdi. 
— O‘tir, — dedi Pilat oromkursiga ishora qilib. Leviy prokuratorga shubha bilan qaradi, oromkursi 
tomon yurdi, uning oltin bandiga ko‘z qiri bilan qo‘rqa-pisa qarab qo‘yib, oromkursiga emas, uning 
yoniga, yerga o‘tirdi. 
— Qani ayt, nega unga o‘tirmading? — deb so‘radi Pilat. 
— Hammayog‘im iflos, uni bulg‘ab qo‘yaman, — dedi Leviy yerga qaragancha. 
— Hozir senga ovqat berishadi. 
— Ovqat yegim yo‘q, — javob qildi Leviy. 
— Nima qilasan yolg‘on gapirib? — dedi Pilat past ovoz bilan. — Axir kun bo‘yi, balki kechadan 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling