Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
196
Yershalaim yaqinida esa Hefsimaniyadan bo‘lak bunday xilvatgoh yo‘q. Keyin  uzoqroqqa ketishi ham 
mumkin emas. 
— Meni to‘la ishontirdingiz. Xo‘sh, endi nima qilish kerak? 
— Men hoziroq odamlarimga shahar tashqarisida Iudaning payiga tushgan qotillarni qidirishni 
buyuramanda, o‘zim shu asnoda, boya sizga ma’lum qilganimdek, o‘zimni sudga beraman. 
— Nima uchun? 
— Iuda kechqurun Kaifaning qasridan chiqqach, odamlarim uni bozorgohda ko‘zdan yo‘qotib 
qo‘yishgan. Nega bunday bo‘lganiga hech aqlim yetmayapti. Umrim bino bo‘lib bunday hol yuz 
bermagandi. Siz bilan guhbatlashib chiqqanim zahotiyoq uni nazorat ostiga olgan edik. Lekin bozorga 
yaqinlashganda, «lip» etib uzini qayoqqadir urdi-yu, ko‘zni shamg‘alat qilib qo‘yib, birdan izsiz g‘oyib 
bo‘ldi-qoldi. 
— Xo‘sh. Endi mendan eshiting: sizni sudga berishni lozim topmayman. Siz qo‘lingizdan kelgan 
hamma ishni qilgansiz, dunyodagi hech kimsa, — shu yerga kelganda prokurator kulib qo‘ydi, — 
sizday jonini koyitolmasdi. Siz Iudani ko‘zdan qochirgan ayg‘oqchilaringizni jazolang. Illo 
ogohlantirib qo‘yay, bergan jazoingiz qattiq bo‘lmasligi kerak. Har qalay, biz o‘sha mal’unni 
muhofaza qilish uchun qo‘limizdan kelgan hamma ishni qildik-ku! Ha-ya, bir narsani so‘rash esimdan 
chiqipti, — prokurator peshonasini ishqaladi, — pulni qanday qilib Kaifaning qasriga tashlab 
ketishdiykin? 
— Bilasizmi, prokurator... Bu ish unchalik qiyin emas. Qasoskorlar Kaifa qasrining orqa tomoniga 
o‘tishgan, u yerda qasrning orqa hovlisi xilvat tor ko‘cha bilan o‘ralgan. O‘sha yerda tugunchani 
devordan oshirib otishgan. 
— Ichida xat bilan-a? 
— Ha, xuddi siz taxmin qilganingizdek, prokurator. Ha, mana o‘zingiz ko‘ring, — shunday deb 
Afraniy tuguncha ustidagi muhrni sindirib, uni Pilatga ochib ko‘rsatdi. 
— I-i, nima qilyapsiz, Afraniy, axir, muhr jomega taalluqli bo‘lsa kerak! 
— Prokurator zinhor buning tashvishini qilmasinlar, — dedi Afraniy tugunchani qayta yoparkan. 
— Nahot sizda hamma muhrlar bo‘lsa? — deb kuldi Pilat. 
— Boshqacha bo‘lishi mumkin emas, prokurator, — deb javob qildi Afraniy o‘ta jiddiy tarzda. 
— Kaifanikida nimalar bo‘lganini ko‘z oldimga keltiryapman. 
— Ha, prokurator, bu hol ularni qattiq hayajonga solgan. Shu bois meni darhol chaqirtirishdi. 
Pilatning ko‘zlari chaqnab ketgani hatto shu g‘ira-shirada ham aniq ko‘rindi. 
Bu qiziqarli, juda qiziqarli hol... 
— Sizga e’tiroz bildirishga jur’at etaman, bu qiziqarli bo‘lmagan. Balki juda zerikarli va ko‘ngilsiz 
ishdir. Mening, Kaifa qasrida bironta odamga pul to‘lanmaganmidi, deb bergan savolimga, qat’iyan 
rad javobini berishdi. 
— Shunaqa deng! Ha, yaxshi, to‘lashmagan bo‘lsa to‘lashmabdi-da. Unda qotillarni topish yana 
ham qiyinlashadi. 
— Juda to‘g‘ri, prokurator. 
— Darvoqe, Afraniy, miyamga to‘satdan bir fikr keldi: u o‘z joniga o‘zi qasd qilmaganmikin? 
— E, yo‘q, prokurator, — deb javob qildi Afraniy taajjubdan o‘zini oromkursi suyanchig‘iga 
tashlarkan, — meni afv eting-u, ammo bunday bo‘lishi aslo mumkin emas! 
— E, bu shaharda hamma narsa bo‘lishi mumkin! 
Mana meni aytdi dersiz, bu haqdagi mish-mishlar hademay butun shaharga tarqaladi. 
Shunda Afraniy prokuratorga ko‘z qirini tashlab oldi-da, o‘ylab turib javob qildi: 
— Bu bo‘lishi mumkin, prokurator. 
Garchi kiriaflik Iudaning o‘ldirilgani kunday ravshan bo‘lsa ham, prokurator bu masalani hech 
xayolidan chiqara olmayotganga o‘xshardi, shunga ko‘ra faromushroq kayfiyatda dedi: 
— Uni qanday o‘ldirishganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rishni istardim. 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling