Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
57
ko‘rdi. 
— Tavba, qanday qilib xotiramdan ko‘tarilipti-ya, — Nikonor Ivanovich ochilgan konvertga 
ma’nosiz tikilgancha g‘o‘ldirardi. 
— E, Nikonor Ivanovich, bundan ham qismat voqealar bo‘ladi hayotda! — deb shang‘illadi 
Korovyov. — Parishonxotirlik, ha, parishonxotirlik, yana, charchagansiz, qon bosimingiz ko‘tarilgan, 
qadrdon do‘stimiz Nikonor Ivanovich! Men o‘zim ham o‘lgudek parishonxotirman. Bir vaqt topib, 
dilkashlik qilga-nimizda o‘z boshimdan kechirganim ayrim voqealarni sizga hikoya qilib beraman, 
kulaverib ichagingiz uziladi! 
— Lixodeev qachon ketarkan Yaltaga? 
— O, u allaqachon ketib bo‘ldi! — deb chiyilladi tarjimon. — U, menga sizga aytsam, hozir 
safarda! Xullas, qaerdaligini shayton ham bilmaydi! — shunday deb u ikkala qo‘lini xuddi shamol 
tegirmonining parraklariga o‘xshatib aylantira boshladi. 
Nikonor Ivanovich ajnabiy janob bilan shaxsan uchrashmog‘i shartligini aytgan edi, lekin 
tarjimondan rad javobini oldi: hech mumkin emas. Band. Mu-shuk bilan mashq qilyapti. 
— Agar xohlasangiz, mushukni ko‘rsatishim mumkin, — deb taklif qildi Korovyov. 
Bu safar endi taklifii Nikonor Ivanovich rad etdi, lekin shu payt tarjimon raisga nihoyatda qiziqarli 
bir taklifni bayon qildi. 
Janob Voland mehmonxonada turishni mutlaqo yoqtirmasligi va keng joyda erkin yashashga 
odatlanganligi sababli uy boshqarmasi bir haftaga, ya’ni Volandning Moskvadagi gastrollari paytida 
butun kvartirani, ya’ni marhumning ham xonalarini qo‘shib, ijaraga bermasmikin? 
— Axir endi marhum uchun baribir-ku, — bo‘g‘iq ovoz bilan pichirladi Korovyov, — o‘zingiz ham 
tushunib turibsiz, Nikogyur Ivanovich, endi unga bu kvartiraning hech hojati yo‘q, shunday emasmi? 
Bu taklifdan bir oz hayron bo‘lgan Nikonor Ivanovich, ajnabiy shaxslar xususiy kvartirada emas, 
balki «Metropol» mehmonxonasida turishlari kerak, degan mazmunda e’tiroz bildirdi. 
— Aytyapman-ku sizga, o‘lgudek injiq! — pichirladi Korovyov. — Hech xohlamaydi! 
Yoqtirmaydi sira mehmonxonada turishni! Mana bunday to‘yganman bu inturistlardan! — imi-jimida 
zorlandi Korovyov tomirlari bo‘rtib chiqqan bo‘yniga barmog‘ini olib borib. — Ishonasizmi, jonimdan 
to‘ydirib yuborishdi! Kelishadi-da... yo xuddi iskovuch itvachcha singari josuslik qilishadi, yo 
surunkasiga injikdik qilaverib qoningga tashna qilib yuborishadi: undoq emas — bundoq, uni 
yoqtirmayman, bunisining keragi yo‘q!.. Lekin sizning uy boshqarmangiz, Nikonor Ivanovich, bu 
bitimdan faqat foydayu sof daromad ko‘radi. U pulni ayamaydi. — Korovyov atrofga ko‘z tashlab olib, 
raisning qulog‘iga pichirladi: — Millioner u! 
Tarjimonniig bu taklifida aniq amaliy ma’no mavjud edi, u ma’no nihoyatda salobatli edi-yu, ammo 
tarjimonning o‘zi gapirish tarzi bilan ham, kiyim-boshi, ko‘zidagi hech nimaga yaroqsiz pensnesi bilan 
ham mutlaqo bachkana odam bo‘lib ko‘rinayotgan edi. Shunga ko‘ra raisning ko‘nglini qandaydir bir 
shubha kemirardi, ammo shunday bo‘lsa ham taklifni qabul qilmoqchi bo‘ldi. Gap shundaki, uy 
boshqarmasida yetishmovchilik judayam katta edi. Kuzga borib uyni bug‘ bilan isitish uchun neft xarid 
qilish kerak edi, biroq buning uchun shimildiriq ham yo‘q edi. Mana, inturist beradigan pul bilan 
mushkulni oson qilsa bo‘ladi. Shunga qaramay, ishbilarmon va ehtiyotkor Nikonor Ivanovich bu 
masalani oldin inturist byurosi bilan kelishib olishi kerakligini izhor qildi. 
— Tushunaman, — deb chiyilladi Korovyov, — kelishmay bo‘larkanmi, albatta kelishib oling. 
Mana sizga telefon nomeri, Nikonor Ivanovich, hozirning o‘zida gaplashib, kelishib oling. Pul 
masalasiga kelsak, hech tortinmang, — pichirlab ilova qildi u raisni telefon turgan dahlizga 
yetaklarkan, — shulardan durustroq undirmasangiz, kimdan undirasiz! Siz uning Nitstsadagi villasini 
ko‘rsangiz — qiyomat! Kelasi yili yozda chet elga borganingizda ataylab unikiga kirib o‘ting — ko‘rib 
og‘zingiz ochilib qoladi! 
Inturist byurosi bilan bo‘ladigan bitim telefon orqali bir zumda hal bo‘la qoldiki, bu hol ham raisni 
hayratga soldi. Ma’lum bo‘lishicha, u yerdagilar janob Volandning Lixodeevga qarashli xususiy 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling