Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
63 solib turdi. Qaerdadir juda olisda og‘ir qo‘shiq ijro etayotgan mungli bir ovoz telefon signaliga omixta bo‘lib eshitilardi, shunda Varenuxa, telefon tarmog‘iga radio ulanib qolipti, deb ko‘nglidan o‘tkazdi... — Hech kim javob bermayapti, — dedi Varenuxa trubkani ilarkan, — balki qo‘ng‘iroq qilsammikan... U gapni tugatolmadi. Ostonada yana o‘sha ayol paydo bo‘ldi va ikkovlari: Rimskiy ham, Varenuxa ham ayolga peshvoz turishdi, u esa sumkachasidan, bu gal oq emas, qandaydir odmirang qog‘oz oldi. — Bunisi endi juda qiyomat bo‘ldi, — dedi Varenuxa g‘ijinib, shosha-pisha xonadan chiqib ketayotgan ayolning orqasidan kuzatib qolarkan. Birinchi navbatda qog‘oz Rimskiyga tegdi. Fotoqog‘ozga surati tushirilgan qora harflar bilan yozilgan quyidagi xatni aniq o‘qisa bo‘lardi: «Mening dastxatim, imzoim kimligimni isbot-laydi. Imzoimni tasdiqlab shoshilinch telegramma yuboring, Voland orqasidan maxfiy kuzatuv olib boring. Lixodeev». Varenuxa teatrlardagi yigirma yillik faoliyati paytida ko‘p g‘aroyib voqealarning shohidi bo‘lgan edi, lekin hozir aql-zakovatidan judo bo‘layotganday his qildi o‘zini, shunga ko‘ra quyidagi odmigina va o‘ta bema’ni jumladan o‘zga hech nima deya olmadi: — Bunday bo‘lishi mumkin emas! Lekin Rimskiy boshqacha yo‘l tutdi. U o‘rnidan turib borib, eshikni ochdi, kursida o‘tirgan kurer ayolga: — Pochtalondan boshqa hech kimni kiritmang! — deb baqirdi-da, eshikni ichidan qulflab oldi. So‘ng yozuv stolining g‘aladonidan bir dasta qog‘oz olib, undagi Styopaning dastxatlari va imzolarini fotogrammadagi yozuv va imzo bilan qiyos qila boshla-di. Varenuxa stolga ko‘kragini berib yotib olib, Rimskiyning yuziga qaynoq nafas qaytarardi. — Bu dastxat uniki, — dedi nihoyat qat’iyat bilan moliya direktori, Varenuxa esa xuddi aks sadodek takrorladi — Uniki.. Administrator Rimskiyning yuziga qaradi, qaradiyu unda sodir bo‘lgan o‘zgarishdan serrayib qoldi. Shundoq ham cho‘pday oriq bo‘lgan moliya direktori, go‘yo yanayam ozib, hatto qarib qolganday, muguz gardishli ko‘zoynak taqqan ko‘zlarining avvalgi o‘qrayib qarashi yo‘qolib, ulardan nainki hayajon, hattoki hasrat paydo bo‘lgandek tuyuldi. Odam nihoyatda qattiq hayratlangan damda o‘zini qanday tutsa, Varenuxa ham o‘zini shunday tutdi. U kabinetning u boshidan bu boshiga zir yugurdi, ikki marta, xochga tortilgan Isodek qulochini yozdi, grafindagi sarg‘ish suvdan bir stakanini birvarakayiga ichib yubordi-da, nihoyat shunday dedi: — Tushunmayman! Tu-shun-may-man! Rimskiy esa derazaga tikilgancha, astoydil bosh qotirib nimadir o‘ylardi. Moliya direktorining ahvoli juda og‘ir edi. Hoziroq, shu yerning o‘zida bu g‘ayritabiiy hodisa uchun tabiiy izoh kashf etish talab qilinayotgan edi. U ko‘zlarini qisgancha, Styopaning bugun soat o‘n bir yarimlarda tungi ko‘ylakda, sarpoychan holda qandaydir o‘ta tez uchuvchi afsonaviy samolyotga chiqayotganini, keyin esa shu Styopaning o‘zini ayni o‘sha paytning o‘zida — soat o‘n bir yarimda Yalta aerodromida paypoqchan turganini ko‘z oldiga keltirib ko‘rdi... Jin ursin, g‘irt bema’nilik bu! Balki bugun Styopaning kvartirasida turib u bilan gaplashgan odam Styopa emasdir? Yo‘q, Styopaning ovozi edi! Styopaning ovozini hech kim Rimskiychalik yaxshi tanimaydi! Boring, ana bugungi telefonda gapirgan Styopa emas ham deylik, axir kuni kecha oqshomga yaqin Styopa o‘z kabinetidan chiqib, to‘g‘ri mana shu kabinetga anavi tuguriqsiz shartnomani ko‘tarib kirib, o‘zining yengiltakligi bilan moliya direktorining zardasini qaynatgan edi-ku. Axir teatrda hech kimga hech pima demasdan, qanday qilib jo‘nab yo uchib ketishi mumkin? Agar kecha kechqurun uchib ketganida ham, Yaltaga bugun tushgacha yetib borolmagan bo‘lardi. Yo yetib olarmidi, a? — Yaltagacha necha kilometr? — so‘radi Rimskiy. Varenuxa zir yugurishdan to‘xtab, baqirib berdi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling