Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
O‘n birinchi bob IKKI IVAN Daryoning narigi sohilidagi, bundan bir soatgina burun may quyoshi shu’lasiga g‘arq bo‘lib turgan qarag‘ayzor endi xiralashib, chaplashib, oxiri g‘oyib bo‘ldi. Deraza tashqarisida sharros quyayotgan yomg‘ir sidirg‘a pardaga o‘xshab tuyulardi. Osmonda dam- badam olov iplar porlab, samo tors-tors yorilar, bemor yotgan xona lipillovchi qo‘rqinchli shu’laga Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) www.ziyouz.com kutubxonasi 68 g‘arq bo‘lardi. Ivan ko‘pirib, qaynab oqayotgan loyqa daryoga tikilgancha o‘z karavotida tovushsiz yig‘lab o‘tirardi. Har gal momaqaldiroq gumburlaganida u ayanchli chinqirar, qo‘llari bilan yuzini qoplab olardi. U yozib tashlagan varaqlar yerda sochilib yotardi; momaqaldiroq arafasida xonaga huvillab esib kirgan shamol ularni har tomonga uchirib yuborgan edi. Shoirning dahshatli konsultant to‘g‘risida ariza yozishga urinishlari hech qanday samara bermadi. U semiz feldsher ayoldan (uning ismi-sharifi Praskovya Fyodorovna edi) qog‘oz bilan kaltagina qalam olgan zahoti ishchan odamlardek kaftlarini bir-biriga ishqalab shosha-pisha stolcha yoniga o‘tirgan edi. U avvaliga g‘ayrati jo‘shib, xatni shunday boshladi: «Militsiyaga. MASSOLIT a’zosi Ivan Nikolaevich Bezdomniydan. Ariza. Kecha kechqurun men marhum M. A. Berlioz bilan Patriarx ko‘liga borgan edim...» Lekin shoirning fikri shu zahotiyoq, asosan «marhum» degan so‘z tufayli chuvalashib ketdi. Ariza boshidan betuturiq bo‘lib chiqayotgan edi: bu qanaqasi o‘zi — marhum... bilan borgan edim? Marhumlar yurmaydi! To‘g‘ri-da, yana jinniga yo‘yib yurishsa-ya! Ivan Nikolaevich shu xayolga borib, yozganini tuzata boshladi. Endi bunday bo‘lib chikdi: «... keyinroq olamdan o‘tgan M. A. Berlioz bilai...» Bu ham muallifni qoniqtirmadi. Uchinchi marta tahrir qilishga to‘g‘ri keldi, lekin unisi avvalgi ikkitasidan ham battar bo‘lib chiqdi: «...Tramvay bosib ketgan Berlioz bilan...» — yana, buning ustiga anavi hech kim bilmaydigan adash familiyali kompozitorning shoir miyasiga xira pashshadek yopishib olgani ortiqcha, shuning uchun: «... kompozitordan boshqa Berlioz...» — deb qo‘yishga to‘g‘ri keldi. Ivan bu ikki Berlioz bilan qiynalib ketib, hamma yozganlarini chizib tashladi. O‘quvchi diqqatini boshlanishdan o‘ziga tortib olish uchun juda ta’sirli, kuchli so‘zlardan boshlamoqchi bo‘ldi-yu, tramvayga chiqqan mushuk haqida yozib, shundan keyin uzilgan kalla epizodiga o‘tdi. Uzilgan bosh va konsultantning bashorati uning miyasida Pontiy Pilat haqidagi fikrlarni uyg‘otdi, shunda Ivan, yana ham ishonchliroq bo‘lishi uchun prokurator haqida eshitganlarini batafsil bayon qilishga ahd qildi. Ivan tirishqoqlik bilan ishlarkan, yozganlarini chizib tashlar, yangi so‘zlar kiritar, hattoki Pontiy Pilatning, undan keyin orqa oyoqlarida turgan mushukning rasmini ham chizishga urinib ko‘rdi. Biroq rasmlar ham yordam bermadi — shoirning arizasi tobora chigallasha, g‘alizlasha bordi. Qirralari jimirlovchi mudhish bulut yaqinlashib kolib, qarag‘ayzor ustini burkagan va kuchli shamol turgan paytda Ivan o‘zining holsizlanganini, ariza yozishni eplolmasligini his qildi-yu, shamol uchirib yuborgan varaqlarini yerdan yig‘ishtirib ham o‘tirmay, alam bilan tovushsiz yig‘lay boshladi. Momaqaldiroq paytida oqko‘ngil feldsher ayol Praskovya Fyodorovna shoirdan xabar olgani kirdi, kirdiyu uning yig‘lab o‘tirganini ko‘rib qo‘rqib ketdi va chaqmoqdan bemor cho‘chimasin deb darpardani yopdi, yerda sochilib yotgan varaqlarni yig‘ishtirib, g‘izillagancha vrach huzuriga yugurdi. Vrach kelib, Ivanning qo‘liga ukol qildi, so‘ng: endi boshqa yig‘lamaysiz, hozir hammasi o‘tib ketadi, o‘zgaradi, unut bo‘ladi, deb unga taskin berdi. Vrach to‘g‘ri aytgan ekan. Hademay daryo ortidagi o‘rmon avvalgi qiyofasiga kirdi. Avvalgi beg‘ubor holiga qaytgan musaffo osmon ostida o‘rmondagi har bir daraxt yaqqol ko‘zga tashlana boshladi, daryo ham tinch oqa boshladi. Ukol qilishgan zahoti g‘ussa ham shoirni tark eta boshladi, mana endi u o‘z karavotida osmonga yoyilgan kamalakni bamaylixotir kuzatib yotardi. Bu hol oqshomgacha davom etdi, u kamalakning asta-sekin g‘oyib bo‘lganini ham, osmonning quti o‘chib, mahzun bo‘lganini ham, o‘rmonning qora tusga kirganini ham payqamay qoldi. Ivan qaynoq sut ichib yana o‘ringa yotdi, mulohazalari o‘zgarganini his qilib, o‘zi ham hayron qoldi. Shaytonnamo la’nati mushuk haqidagi fikri mayinlashdi, uzilgan kalla endi uni cho‘chitmas, shunga ko‘ra, Ivan buni xotirasidan faromush qilib, endi, sira-sini olganda, bu shifoxonada yotish hecham yomon emas, Stravinskiy bama’ni va mashhur odam, u bilan muloqotda bo‘lish nihoyatda ko‘ngilli, buning ustiga momaqaldiroqdan keyin oqshom havosi g‘oyatda totli va tarovatli bo‘larkan, deb o‘ylay boshladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling