Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
69
Hasrat uyi pinakka ketdi. Sokin yo‘laklardagi sirlangan oq lampalar o‘chib, ular o‘rniga, qoidaga 
ko‘ra havorang tungi chiroqlar yondi, eshiklar ortida yo‘lakka to‘shalgan rezina poyandoz ustida ohista 
yurgan feldsher ayollarning oyoq tovushlari tobora kamroq eshitila boshladi. 
Endi Ivan shirin orom olib yotarkan, goh shiftdagi abajur ostidan mayin shu’la sochayotgan 
chiroqqa, goh qora o‘rmon ortidan bosh ko‘tarib chiqayotgan oyga nigoh tashlab, o‘zi bilan o‘zi 
suhbatlashardi. 
— O‘zi nega buncha qattiq hayajonlandima Berliozni tramvay bosib ketganiga? — deb mulohaza 
qilardi shoir. — Shungayam ota go‘ri qozixonami? Nima, u mening yetti tug‘ib bir qolganimmidi? 
Agar bu masalani yaxshilab tahlil qilinadigan bo‘lsa, men, hatto durustroq ham bilmas ekanman 
marhumni. Darhaqiqat, uning to‘g‘risida nima bilardim? Hech narsa, agar uning boshi kal, tili juda 
burro ekanligini aytmasam. Undan keyin, grajdanlar, — Ivan kimlargadir murojaat qilgancha gapini 
davom ettirdi, — kelinglar, bir narsani oydinlashtirib olaylik: qani, menga tushuntirib bering-chi, nega 
endi men anavi bir ko‘zi o‘lik va qora shubhali konsultant, sehrgar va professorga itday tashlandim 
o‘zi? Sham ushlab olib ichki ishtonda uni orqasidan telbalarcha quvishimning, undan keyin, restoranda 
ko‘rsatgan bema’nigarchilikning nima keragi bor edi? 
— E, yo‘q, yo‘q, — dedi avvalgi Ivan shoirning yo ichida, yo boshi uzra turgan yangi Ivanga 
qat’iyat bilan, — har qalay, professor Berliozning boshi uzilajagini oldindan bashorat qildimi? Demak, 
nega hayajonlanmaslik kerak ekan? 
Masala boshqa yoqda, o‘rtoqlar! — deb e’tiroz bildirdi yangi Ivan avvalgi Ivanga. — Buning 
tagida qandaydir bir palidlik borligi hatto go‘dakka ham ayon. O‘sha konsultant yuz foiz favqulodda va 
sirli shaxs. Lekin eng qiziq tomoni ham shunda-da! U Pontiy Pilat bilan shaxsan tanish bo‘lgan ekan, 
bundan ham antiqaroq yana nima bo‘lishi mumkin? Patriarx ko‘li bo‘yida g‘irt ahmoqona g‘alva 
ko‘targandan ko‘ra undan muloyimlik bilan Pilat va mahbus Ha-Notsri to‘g‘risida batafsil so‘zlab 
berishni iltimos qilinsa, to‘g‘ri bo‘lmasmidi? 
Men bo‘lsam boshimga qayoqdagi g‘alvani orttirib yuribman! To‘g‘ri, jurnal muharririni tramvay 
bosib ketgani — muhim hodisa, albatta! Lekin nima, shu bilan jurnal yopilib qolarmidi? Hay, iloj 
qancha: odamzod o‘lmay qolmaydi, hatto tasodifan ham o‘lishi mumkin, deb juda haq gap aytilgan. 
Hay, joyi jannatda bo‘lsin! Nima qipti, o‘rniga boshqa muharrir tayinlanadi, ehtimol, bunisi yana ham 
so‘zamolroq bo‘lar. 
Yangi Ivan bir oz mudrab olgach, eski Ivandan so‘radi: 
— Xo‘sh, bu vaziyatda men kim bo‘ldim? 
— Ahmoq! — dedi kimdir do‘rillagan ovozda aniq qilib, lekin bu na yangi, na avvalgi Ivanning 
ovozi edi, balki konsultantning yo‘g‘on ovoziga judayam o‘xshab ketardi. 
Lekin Ivan «ahmoq» degan so‘zdan negadir hech xafa bo‘lmadi balki hatto xushtaajjub bilan 
jilmayib ko‘ydi-yu, ko‘zi ilinib jim bo‘lib qoldi. Ivan pinakka ketarkan, ko‘z oldida tanasi fil oyog‘ini 
eslatuvchi palma daraxti ko‘rindi, mushuk ohista yonidan o‘tib ketdi — u qo‘rqinchli emas, quvnoq 
ko‘rinardi. Xullas, Ivanni endigina uyqu elita boshlagan ham ediki, birdan deraza panjarasi tovushsiz 
bir tomonga surildi va balkonda o‘zini oy shu’lasidan panaga oli-ga urinayotgan sirli bir shaxs paydo 
bo‘ldi, u Ivanga barmog‘i bilan po‘pisa qildi. Ivan aslo qo‘rqmay karavotidan turib, balkonda bir erkak 
turganini ko‘rdi. Bu erkak barmog‘ini labiga bosib pichirladi: 
— Tsss! 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling