Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
109
chaylalari uzra to‘zonli quyun ko‘tardi. Leviy, hali-zamon Yershalaim ustini burkab olishga 
shaylangan qora bulut baxtiqaro Ieshuaning qismatiga biron o‘zgarish kiritarmikin, deb mulohaza 
qilishga urinarkan, jim bo‘lib qoldi. Keyin qora bulutni bo‘lak-bo‘lak qilib chaqnayotgan o‘tli 
chiziqlarni kuzatarkan, chaqmoqdan tezroq Ieshua bog‘langan ustunga kelib urilishni iltijo qila 
boshladi. U qora bulut hali butkul burkab ulgurmagan beg‘ubor osmonga, momaqaldiroqdan jon saqlab 
endi qanot qoqib ucha boshlagan quzg‘unlarga o‘kinch bilan tikilarkan, la’nat o‘qishda juda 
shoshqaloqlik qilganini o‘yladi. Xudo uning so‘zini endi inobatga olmaydi. 
Leviy nigohini tepa etagiga qaratib, u yerda sezilarli o‘zgarish yuz berganini ko‘rdi. Tepa etagini 
aylanma ihota qilgan suvoriylar yugurib-elishar,erga sanchilgan nayzalarini sug‘irib, plashlarini 
yelkalariga tashlashar, jilovdorlar zulukdek qora otlarni yetaklab, katta yo‘lga choptirib chiqardilarki, 
bularning hammasi yuqoridan Leviyning ko‘ziga yaqqol tashlanib turardi. U yuzini to‘zonli shamoldan 
to‘sib, dam-badam tupurarkan, nima sababdan otliqlar jo‘nashga shaylanishdi ekan, deb bosh qotira 
boshladi. So‘ng nigohini yuqoriga qaratdi-yu, qirmizi harbiy plash yopingan bir odamning qatl 
maydonchasiga ko‘tarilayotganini ko‘rdi. Ana shunda azob fursatining nihoyasi yaqinlashganini his 
qilgan sobiq o‘lpon yig‘uvchining yuragi quvonchdan «shuv» etib ketdi. 
Isyonchilarning iztirob cheka boshlaganiga to‘rt soatdan ko‘proq vaqt o‘tganda tepaga ko‘tarilgan 
bu odam Yershalaimdan o‘z xosnavkari kuzatuvidan kelgan kohorta qo‘mondoni edi. 
Kalamushkushning bir imosi bilan askarlar tizmasi surilib, tribunga yo‘l ochdi, kenturion esa, unga 
chest berdi. Tribun esa Kalamushkushni bir chetga boshlab, unga nimanidir shipshidi. Kenturion 
ikkinchi marta unga chest berib, ustunlar poyida xarsangtoshlarda o‘tirgan jallodlar tomon yo‘l oldi. 
Tribun — uch oyokdi kursida o‘tirgan odamning istiqboli sari yurdi, u ham tavoze bilan tribunga 
peshvoz turdi. Tribun unga ham past ovoz bilan nimadir dedi, shundan so‘ng ikkovlari ustunlar tomon 
yo‘l olishdi. Jome posbonlari sardori ham ularga ergashdi. 
Kalamushkush ustunlar tagida yotgan, yaqinginada jinoyatchilarning libosi bo‘lgan, ammo jallodlar 
olishga hazar qilgan isqirt uvadalarga yirganib ko‘z qirini tashladi-da, jallodlardan ikkitasini chaqirib 
olib: 
— Men bilan yuringlar! — deb buyurdi. 
Eng yaqin turgan ustundan hirqiroq ovoz bilan aytilgan ma’nosiz qo‘shiq eshitilardi. Bu ustunga 
bog‘langan Gestas ustunga bog‘langanidan beri uch soat o‘tganda pashsha talaganidan va oftob 
taftidan jinni bo‘lib qolgan edi, endi u uzum to‘g‘risida qandaydir qo‘shiqni ohista xirgoyi qilardi
lekin shunday bo‘lsa ham salla o‘ralgan boshini ahyon-ahyonda bir chayqab qo‘yar, shunda yuziga 
yopirilgan pashshalar erinibgina «g‘uvv» ko‘tarilardi-yu, shu zahoti yana yuzini burkab olardi. 
Ikkinchi ustunga osilgan Dismas boshqa ikki jinoyatchidan ko‘proq azob chekardi, chunki hanuz 
hushini yo‘qotmagan edi, shunga ko‘ra, boshini bir maromda tez-tez chayqab, qulog‘ini yelkasiga 
tekkizishga urinardi. 
Ieshua qolgan ikki mahbusdan baxtiyorroq edi. Qatl boshlangan birinchi soatdayoq u o‘zini yo‘qota 
boshlagan, keyin esa sallasi chuvalab ketgan boshini osiltirib, butunlay hushidan ketgan edi. Shuning 
uchun pashshayu so‘nalar uni tamomila burkab olgan ediki, bu g‘imirlovchi qora gala ostida uning 
yuzi butunlay ko‘rinmay qolgan edi. Uning chovi, qorni va qo‘ltiq taglariga yopishib olgan semiz-
semiz so‘nalar bechoraning terisi titilgan sarg‘ishrang badanini so‘rib yotardi. 
Qaytarma qalpoqli odamning ishorasi bilan ikki jallodning biri qo‘liga nayza oldi, ikkinchisi ustun 
ostiga chelakda suv bilan latta olib keldi. Birinchi jallod Ieshuaning ko‘ndalang to‘singa arqon bilan 
chandib bog‘langan qo‘llariga nayzasi bilan galma-gal urib qo‘ydi. Uning qovurg‘alari sanalib turgan 
badani bir seskandi. Jallod nayza uchini uning qornidan yurgizdi. Ieshua boshini ko‘tardi, shunda 
pashshalar «g‘uv» etib uchishdi va osilgan mahbusning tanib bo‘lmaydigan darajada shishib ketgan 
yuzi ochildi, uning ko‘zlari yumilib qolgan edi. 
Ha-Notsri yopishib qolgan qovoqlarini bazo‘r ochib pastga qaradi. Uning hamisha porloq ko‘zlari 
endi xiralashgan edi. 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling