Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
O‘n yettinchi bob BYeHALOVAT KUN Juma kuni, ya’ni kasofat seansning ertasi ertalab Varetening barcha mavjud xodimlari — buxgalter Vasiliy Stepanovich Lastochkin, ikki hisobchi, uchta mashinistka, ikkala kassir, kurerlar, kapeldinerlar* va farrosh ayollar — xullas, xodimlarning bari o‘z ishlari bilan shug‘ullanmasdan, Sadovayaga ochiladigan derazalarga o‘tirib olishib, Varete ostonasida yuz berayotgan voqeani kuzatishardi. Bu yerda ko‘p ming kishilik olomon ikki qator bo‘lib navbatda turar, uning oxiri Kurdin maydoniga yetgan edi. Olomonning eng oldida Moskva teatr muhitiga otning qashqasidek tanish bo‘lgan chayqovchilardan yigirmatachasi turardi. Navbatda turganlar nihoyatda bezovtalanib o‘tgan-ketganning diqqatini o‘ziga tortar, kechasi sehrgarlik seansi haqida tarqalgan g‘aroyib hikoyalarni muhokama qilar edi. Aynan shu hikoyalar kecha spektaklda bo‘lmagan buxgalter Vasiliy Stepanovichni qattiq esankiratib qo‘ygan edi. Kapeldinerlar allanimalarni, chunonchi o‘sha mashhur seans tugagandan keyin ba’zi bir ayollarning ko‘chada uyatli qiyofada chopib yurgani va shunga o‘xshash hokazo voqealarni hikoya qilishardi. Kamtarin va vazmin tabiat Vasiliy Stepanovich mana shu mo‘‘jizalar to‘g‘risidagi oddi-qochdi gaplarni eshitib, angraygancha faqat ko‘zlarini pirpiratardi-yu, qanday ish tutishni bilmay boshi qotardi, holbuki, aynan shu Vasiliy Stepanovich biror tadbir o‘ylab topishi kerak edi, chunki Varetening barcha xodimlari orasida eng yuqori martabadagi odam bo‘lib endi shu qolgan edi. Ertalabki soat o‘nga borib, biletga talabgorlar shunchalik ko‘payib, hammayoqni bosib ketdiki, ovozasi militsiyaga ham yetib borib, ko‘z ochib-yumguncha vaqt o‘tmay, teatr oldida ham piyoda, ham otliq rshryadlar paydo bo‘ldi va navbatda turganlar o‘rtasida ozmi-ko‘pmi tartib o‘rnatdi. Biroq, bir kilometrga cho‘zilgan bu odamlar tizmasi, garchi endi tartibga kelgan bo‘lsa ham, Sadovaya ko‘chasidan o‘tgan grajdanlarni hamon hayratga solardi. Bu tashqaridagi ahvol edi, lekin Varetening o‘zida ham axvol juda chatoq edi. Erta tongdan boshlab Lixodeevning ham, Rimskiyning ham kabinetidagi, buxgalteriyayu kassadagi, Varenuxaning kabinetidagi telefonlar to‘xtovsiz jiringlay boshladi. Avvaliga Vasiliy Stepanovich, kassir ayol bir amallab javob qilib turishdi, kapeldinerlar ham bir nimalarni g‘o‘ldirab javob qaytarishdi, lekin keyin, bora-bora trubkani butunlay ko‘tarmay qo‘yishdi, chunki, Varenuxa, Rimskiy qaerda, degan savolga javob qaytarish mutlaqo mumkin emas edi. Oldiniga, «Lixodeev o‘z kvartirasida», degan javob bilan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling