Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
112
qutulmoqchi ham bo‘lishdi, lekin shahardan telefon qilayotganlar: «Lixodeevnikiga qo‘ng‘iroq qilgan 
edik, uni Vareteda deb aytishdi», deyishardi. 
Qattiq hayajonlangan bir xonim telefon qilib, Rimskiyni talab qila boshladi, unga: «Siz 
Rimskiyning xotiniga telefon qiling», deb maslahat berishgan edi, telefondagi ayol ho‘ngrab yig‘lab 
yuborib: «O‘zim xotiniman, Rimskiy hech yerda yo‘q», deb javob qildi. O‘ta bema’nilik yuz 
berayotgan edi. Farrosh ayol moliya direktorining kabinetini yig‘ishtirgani kirib, kabinetning eshigi 
lang ochiq yotgani, chiroqlar o‘chirilmagani, boqqa ochiladigan derazaning singani, kreslo yerda 
ag‘anab yotgani-yu, ammo kabinetda hech kimni ko‘rmaganini hammaga yoyib bo‘lgan edi. 
Soat o‘ndan oshganda Varetega Rimskaya xonim otilib kirib keldi. U yum-yum yig‘lar, qattiq 
kuyunardi. Vasiliy Stepanovich xonimga nima maslahat berishni ham bilolmay, muglaqo esankirab 
qoldi. Soat o‘n yarimga borib militsiya yetib keldi. Militsiya bergan oirinchi va asosli savol bunday 
bo‘ldi: 
— Nima bo‘lyapti o‘zi teatringizda, grajdanlar? Nima gap? 
Varete komandasi orqaga tisarilib, rangi quv o‘chgan, tashvishli Vasiliy Stepanovichni militsiyaga 
ro‘para qildi. Shunda gapning ochig‘ini aytib, Varetening direktori, moliya direktori va 
administratoridan iborat ma’muriy hay’atining noma’lum tomonga ketib, g‘oyib bo‘lganini, 
konferansening esa kechagi seansdan keyin jinnixonaga olib ketilganinii, xullasi kalom, kechasi 
seansning g‘irt rasvo seans bo‘lganini e’tirof etishga to‘g‘ri keldi. 
Yig‘layverib xun bo‘lib ketgan Rimskaya xonimni bir amallab yupatib uyiga jo‘natishdi, shundan 
keyin moliya direktorining kabineti haqida asosan farrosh ayoldan surishtira boshlashdi. 
Xizmatchilardan joy-joylariga borib, ish bilan mashg‘ul bo‘lishni iltimos qilishdi, oradan sal vaqt 
o‘tar-o‘tmas tergov xizmati xodimlari Veretega quloqlari chimirilgan, ko‘zlari g‘oyat dono, mushakdor 
bir bo‘z itni yetaklab kirib kelishdi. Varete xodimlari uni ko‘rishgan zahoti, dong‘i ketgan G‘ishtintuz 
degan it shu bo‘lsa kerak, degan ma’noda o‘zaro pichir-pichir gaplasha boshlashdi. Haqiqatan ham, bu 
— o‘sha it edi. Uning xatti-harakati hammaning og‘zini ochirib qo‘ydi. U moliya direktorining 
kabinetiga yugurib kirdi-yu, sarg‘imtir xunuk tishlarini irshaytirib irillay boshladi, keyin qornini yerga 
berib yotib, ko‘zlarida qandaydir hasrat va ayni paytda g‘azab bilan singan deraza tomon emaklab bora 
boshladi. Nihoyat u tetiklashib, birdan deraza tokchasiga sakrab chikdi va cho‘zinchoq tumshug‘ini 
ko‘tarib, jonhlatda vahshiyona uvlay boshladi. U derazadan tushishni xohlamas, irillarkan, badani 
seskanar va hadeb pastga sakramoqchi bo‘lardi. 
Itni kabinetdan olib chiqib, vestibyulga qo‘yib yuborishdi, u yerdan it katta eshik orqali ko‘chaga 
yugurib chiqdi va orqasidan ergashtanlarni taksi mashinalari to‘xtaydigan joyga boshlab keldi. Mana 
shu yerga kelganda u iz isini yo‘qotib qo‘ydi. Shundan keyin G‘ishtintuzni olib ketishdi. 
Tergovchilar Varenuxaning kabinetiga joylashishib, kechagi seans vaqtida yuz bergan voqealarning 
shohidi bo‘lgan Varete xodimlarini navbatma-navbat suhbatga chaqira boshlashdi. Shuni aytish 
kerakki, tergovchilar har qadamda kutilmagan qiyinchiliklarga duch kelardi. Kalavaning uchi dam 
o‘tmay uzilib qolaverardi. 
Afishalar bo‘lganmidi o‘zi? Bo‘lgan edi. Lekin tunda ularning ustiga boshqa afishalarni 
yopishtirishipti, aksiga yurib, bironta ham nusxa qolmapti. Qayoqdan kelib qoldi o‘zi o‘sha jodugar? 
Kim biladi deysiz. Gapingizga qaraganda, u bilan shartnomayam tuzgansiz? 
— Shunaqa bo‘lishi kerak, — deb javob qildi hayajonlangan Vasiliy Stepanovich. 
— Qani o‘sha shartnoma? 
— Yo‘q, — deb javob qildi rangi dokadek oqara boshlagan buxgalter qo‘llarini yoygancha. 
Darhaqiqat, o‘sha shartnoma na buxgalteriya papkalarida, na moliya direktorida, na Lixodeevda, na 
Varenuxada bor edi. 
Familiyasi nima ekan o‘sha sehrgarning? Vasiliy Stepanovich bilmasdi, u kechagi seansda yo‘q edi. 
Kapeldinerlar ham bilmadi, bilet sotuvchi kassir ayol ieshanasini tirishtira-tirishtira, o‘ylay-o‘ylay 
axiyri bunday dedi: 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling