Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
113 — Vo... Voland shekilli. Balki Voland emasdir? Ehtimol Voland emasdir. Kim bilsin, balki Falanddir. Surishtirib, ajnabiylar byurosining na Voland degan, shuningdek, na Faland ismli sehrgar haqida hech nima eshitmaganini aniqlashdi. Kurer Karpovning aytishicha, o‘sha sehrgar go‘yo Lixodeevning kvartirasida istiqomat qilayotganmish. Gurgan gapki, shu zahoti u kvartiraga borib kelishdi. Afsuski u yerda hech qanaqa sehrgarni uchratishmadi. Lixodeevning o‘zini ham topishmadi. Uy xodimasi Grunya yo‘q edi, uning qayoqqa g‘oyib bo‘lganini hech kim bilmasdi. Boshqarma raisi Nikonor Ivanovich yo‘q, Prolejnev yo‘q! Ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan hol yuz bergan edi: teatr ma’muriyatining barcha rahbarlari g‘oyib bo‘lgan edi, kecha juda g‘alati, uyatsiz seans bo‘lgan, lekin uni kim uyushtirganu kimning so‘zi bilan qilgan — hech kim bilmasdi. Bu asnoda kassa ochiladigan tush payti ham yaqinlashib qoldi. Ammo kassani ochish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas edi, albatta! Shu zahoti Varetening eshigiga: «Bugungi spektakl qoldirildi», deb yozilgan kattakon karton osib qo‘yishdi. Navbatda turganlar mrasida g‘ala-g‘ovur boshlandi, lekin bir oz mojaro qilishib turishgach, uzundan-uzun navbat zanjiri narchalanib barbod bo‘la boshladi, oqibat, oradan taxminan bir soat vaqt o‘tar-o‘tmas, Sadovaya ko‘chasida navbat kutganlardan asar ham qolmadi. Tergovchilar o‘z ishini boshqa yerda davom ettirish uchun jo‘nab ketishdi. Varete xodimlarini uy-uyiga jo‘natib yuborishdi, teatrda faqat navbatchilarni qoldirishib, uning eshiklarini yoptirishdi. Buxgalter Vasiliy Stepanovich ikkita ishni zudlik bilan bajarishi kerak edi. Birinchidan, Tomoshalar va o‘yin-kulgilar komissiyasiga borib, kecha teatrda yuz bergan voqea haqida xabar qilishi, ikkinchidan, tomoshaxonalar moliya sho‘‘basiga borib, kecha kassaga tushgan 21711 so‘m pulni topshirishi kerak edi. Nihoyatda sarishta va intizomli Vasiliy Stepanovich pulni gazetaga o‘rab, ustidan kanop bilan bog‘ladi-da, portfeliga soldi. Pul olib yurish instruktsiyasini juda puxta bilgan bu odam, turgan gapki, avtobus yo tramvay bekatiga emas, balki taksomotor bekatiga yo‘l oldi. Bu yerda turgan uchta mashinaning shofyorlari qo‘lida qappaygan portfel bilan shoshib kelayotgan passajirni ko‘rishgan hamonoq, unga g‘azab bilan o‘qrayib qarashdi-da, shundoqqina tumshug‘i ostidan odam olmay qochvorishdi. Esankirab qolgan buxgalter, bunga qanday tushunish kerak, deb o‘ylab turgan yerida anchagacha serrayib qoldi. Yana uch daqiqalardan keyin bekatga bo‘sh mashina kelib to‘xtadi, lekin shofyorning ko‘zi passajirga tushdi-yu, afti burishib ketdi. — Mashina bo‘shmi? — deya yo‘talib qo‘ydi hanuz sarosimada bo‘lgan Vasiliy Stepanovich. — Pulingizni ko‘rsating, — jahl bilan javob qildi shofyor passajir tomonga qayrilib ham qaramay. Borgan sari hayrati osha boshlagan buxgalter qimmatli portfelini qo‘ltig‘iga qistirib, hamyonidan bir chervon chiqardi-da, uni shofyorga ko‘rsatdi. — Bormayman! — dedi u qisqagina qilib. — Meni kechirasiz... — deb buxgalter gap boshlagan edi, shofyor uning so‘zini bo‘ldi: — Uch so‘mliklaringiz bormi? Tamomila gangib qolgan buxgalter hamyonidan ikkita uch so‘mlik chiqarib, shofyorga ko‘rsatdi. — O‘tiring, — deb baqirdi u va schyotchik bayroqchasiga «tap» etib urib, uni sindirib yuborayozdi. — Ketdik. — Qaytimga maydangiz yo‘qmi deyman? — qo‘rqa-pisa so‘radi buxgalter. — Kissam to‘la qaytim! — deb baqirdi shofyor, ko‘zguda uning qon quyilgan ko‘zlari ko‘rindi, — shu bugunning o‘zida meni uch marta yer qilib ketishdi. Bitta meni emas — boshqalarniyam. Yaramas kira xaqiga chervon beradi, deng. Men unga to‘rt so‘m ellik tiyin... u itdan tarqagan qaytimni olib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling