Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
197
— U g‘oyatda ustalik bilan o‘ldirilgan, prokurator, — deb javob qildi Afraniy prokuratorga bir oz 
kinoya bilan boqarkan. 
— Siz buni qayoqdan bilasiz? 
— Marhamat qilib qopchiqqa e’tibor bering, prokurator, — deb javob qildi Afraniy, — sizni 
ishontirib aytamanki, Iudaning qoni tizillab otilgan. Kamina, o‘z umrimda qatl etilganlarni ko‘p 
ko‘rganman, prokurator! 
— Demak, u qaytib o‘rnidan turmaydi? 
— Yo‘q, prokurator, turadi, — Afraniy jilmayib turib faylasufona javob qildi, — faqat bu shaharda 
intizorlik bilan kutilayotgan Masiho karnayi uning boshi uzra yangragan chog‘da. Illo ungacha 
turmaydi! 
— Bas, Afraniy! Bu masala oydinlashdi. Endi dafn masalasiga ko‘chaylik. 
— Qatl etilganlar dafn qilindi, prokurator. 
— O, Afraniy, sizni sudga berish jinoyat bo‘lardi. Siz eng yuksak mukofotga loyiqsiz. Xo‘sh, 
tafsilot-chi? 
Afraniy gap boshlab, o‘zi Iudaning ishi bilan mashg‘ul bo‘lgan paytda, maxfiy qorovul 
xizmatchilari uning yordamchisi boshchiligida qosh qoraygan chog‘da Taqir Tepaga yetib borishgan, 
biroq u yerdan bir jasadning g‘oyib bo‘lgani haqida so‘zlab berdi. Pilat seskanib ketib, xirqiroq ovoz 
bilan dedi: 
— Obbo, shu narsani oddini olish xayolimdan faromush bo‘lgan ekan-da! 
— Aslo bezovta bo‘lmang, prokurator, — dedi Afraniy va hikoyasini davom ettirdi: — Ko‘zlarini 
quzg‘unlar cho‘qigan Dismas bilan Gestasning jasadlarini topishgach, darhol uchinchi jasadni 
axtarishga kirishishgan. Saldan keyin uni ham topishgan. Bir odam... 
— Leviy Matvey, — dedi Pilat savol ma’nosida emas, ko‘proq tasdiq ma’nosida. 
— Shundoq, prokurator... 
Leviy Matvey Taqir Tepaning shimoliy yonbag‘ridagi bir g‘or ichida qorong‘i tushishini kutib 
o‘tirgan. Ieshua Ha-Notsrining yalang‘och jasadi ham uning yonida bo‘lgan. Soqchilar qo‘llarida 
mash’ala bilan g‘orga kirishganida Leviyning ruhi tushib ketib, g‘azablaia boshlagan. U: «Hech 
qanday jinoyat qilganim yo‘q, har bir inson, qonunga ko‘ra, agar xohlasa, qatl etilgan jinoyatchini dafn 
etish huquqiga ega», deb chinqirgan. Keyin jasaddan ayrilishni istamasligini aytgan. U qattiq 
hayajonlanib, tuturiqsiz gaplarni baqira boshlagan, goh yolvorgan, goh dag‘dag‘a va haqorat qilgan... 
— Uni qo‘lga olishgandir? — deb so‘radi Pilat noxushlik bilan. 
— Yo‘q, prokurator, yo‘q, — deb taskin berdi Afraniy, — gustoh telbaga, jasad albatta dafn etiladi, 
deb tushuntirishgan. 
Leviy eshitgan gapini ma’nisiga yetgach, ko‘ngli tinchigan, lekin hech qayoqqa ketmay, dafn 
marosimiga qatnashmoqchi ekanini bayon qilgan. U, o‘ldirsanglar ham ketmayman, deb aytgan, 
hattoki, dafnda ishtirok etish evaziga yonida olib yurgan non kesadigan pichoqni ham tavsiya qilgan. 
— Uni haydab yuborishgandir? — bo‘g‘iq ovoz bilan so‘radi Pilat. 
— Yo‘q, prokurator, yo‘q. Yordamchim uning dafnda ishtirok etishiga ruxsat beripti. 
— Yordamchilaringizdan qay biri bosh bo‘ldi dafnga? — deb so‘radi Pilat. 
— Tolmay, — deb javob berdi Afraniy va xavotirlanib ilova qildi: — Yo xatoga yo‘l qo‘ydimikin 
u? 
— Davom eting, — dedi Pilat, — xato qilmagan. Men, Afraniy, ochig‘i, sal gangib qoldim chog‘i, 
nazarimda, umrida xato qilmaydigan odam bilan muloqotda bo‘layotgandayman. O‘sha odam — 
sizsiz. 
— Leviy Matveyni qatl etilganlarning jasadlari ortilgan aravaga o‘tkazishgan va ikki soatlardan 
keyin ular Yershalaimdan shimolrokdagi xilvat bir daraga yetib borishgan. Komanda a’zolari 
navbatma-navbat ishlashib, bir soat ichida chuqur xandaq qazishgan va uchala jasadni shu xandaqqa 
dafn etishgan. 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling