Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
194 siljigan va picha so‘nib oqara boshlagan edi. Shu payt oy shu’lasini, balkonda, Pilatning ko‘zi oddida paydo bo‘lib lipillay boshlagan boshqa bir noxush va bezovta alanga so‘ndira boshladi. Bu kenturion Kalamushkushning qo‘lida tutab yotayotgan mash’ala edi. Kalamushkush o‘ziga hamla qilmoqchi bo‘lgan badqahr ko‘pakka dahshat va jaholat bilan qiyo boqib turardi. — Tegma, Banga, — dedi prokurator xasta ovoz bilan va yo‘talib qo‘ydi. So‘ng kafti bilan ko‘zini mash’aladan to‘sarkan davom etdi: — Hatto kechasi, oydinda ham tinchlik yo‘q menga. O, xudolar! Sizning vazifangiz ham bo‘lmag‘ur vazifa, Mark. Askarlarni nogiron qilasiz... Mark prokuratorga hangu mang bo‘lib tikilib qoldi, shunda prokurator hushini yig‘ib oldi. U uyqusirab beixtiyor aytib yuborgan so‘zlarni haspo‘shlash maqsadida dedi: — Xafa bo‘lmang, kenturion, takror aytaman, mening ahvolim siznikidan ham yomon. Nima istaysiz? — Maxfiy qorovul boshlig‘i huzuringizga kirmoqchi, — dedi Mark xotirjam ohangda. — Chaqiring, chaqiring, — deb prokurator tomog‘ini tozalash uchun yo‘talib qo‘yarkan, ayni paytda, yalangoyoqlari bilan paypaslab kavushlarini qidira boshladi. Ustunlarda mash’alalar porladi, kenturion qalin tagcharmli chorig‘i bilan koshinkor polda do‘q-do‘q yurib, boqqa chiqdi. — Oydinda ham menga tinchlik yo‘q, — dedi o‘ziga-o‘zi prokurator, tishlarini g‘ijirlatib. Balkonda endi qaytarma qalpoqli odam paydo bo‘ldi. — Banga, tegma, — dedi prokurator past ovoz bilan va ko‘ppakning gardanini ezib qo‘ydi. Afraniy gap boshlashdan oddin, o‘z odatiga ko‘ra atrofiga qarab qo‘ydi-da, o‘zini soyaga oldi, so‘ng balkonda Bangadan o‘zga ortiqcha jonzod yo‘qligiga ishonch hosil qilgach, ohista dedi: — Kaminani sudga berishingizni so‘rayman, prokurator. Siz haq bo‘lib chiqdingiz. Men Kiriafdan kelgan Iudani saqlab qola olmadim, uni so‘yib ketishipti. Meni iste’foga chiqarib, sudga bering. Afraniyning nazarida, unga to‘rtta ko‘z — itning va bo‘rining ko‘zlari tikilib turganday bo‘ldi. Afraniy egnidagi jubbasi ostidan hammayog‘ida qon qotib qolgan va ikkita muhr bosilgan hamyon chiqardi. — Mana shu pul to‘la qopchiqni hazrati buzrukning uyiga tashlab ketishipti qotillar. Qopchiqdagi qon dog‘lari — kiriaflik Iudaning qoni. — Qiziq, pul qancha ekan? — deb so‘radi Pilat qopchiqqa engasharkan. — O‘ttiz tetradraxma. Prokurator miyig‘ida kulimsirab dedi: — Kam. Afraniy indamadi. — O‘ldirilgan qaerda? — Bu menga ma’lum emas, — dedi qaytarma qalpog‘ini hech qachon boshidan yechmaydigan odam xotirjam, o‘z qadrini bilib. — Bugun ertalab qidiruvni boshlaymiz. Prokurator bir seskanib tushdi, shippagining hadeganda taqilmayotgan to‘qasini o‘z holiga qoldirdi. — Uning o‘ldirilganini siz, axir, bilsangiz kerak? Bu savoliga prokurator quruqqina javob oldi: — Men, prokurator, o‘n besh yildan beri Iudeyada xizmat qilaman. Xizmatni men Valeriy Grat davrida boshlaganman. Odam o‘ddirilgan, deb aytishim uchun uning jasadini ko‘rishim shart emas, shunga ko‘ra, sizga xabar qilyapmankim, Kiriaf shahridan kelgan Iuda deb atalmish kimsani bundan bir necha soat oldin so‘yib ketishgan. — Meni afv eting, Afraniy, — dedi Pilat, — hali uyqum batamom tarqaganicha yo‘q, shuning uchun nojo‘ya gapirib qo‘ydim. Men yomon uxlayman, — prokurator jilmayib qo‘ydi, — keyin, tushimda muttasil oy shu’lasini ko‘raman. Tasavvur qiling-a, biram kulgili. Go‘yo men o‘sha shu’la bo‘ylab sayr etarmishman. Shunday qilib, men bu ish yuzasidan sizning taxminingizni bilmoqchiman. Uni qaerdan qidirmoqchisiz ? Qani, o‘tiring-chi, maxfiy xizmat boshlig‘i. Afraniy ta’zim qildi, oromkursini yaqinroq surib o‘tirgan edi, shamshiri sharaqlab ketdi. — Men uni Hefsimaniya bog‘idagi juvozxona yaqinidan qidirmoqchiman. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling