Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
211 Baqaloq odam primusini qo‘ltig‘iga qistirdi-da, ehrom shaklida uyulgan mandarinlarning eng cho‘qqisidagisini olib, hash-pash deguncha po‘choq-mo‘chog‘i bilan yeb yubordi, so‘ng ikkinchisini yeyishga kirishdi. Dahshat og‘ushiga tushgan sotuvchi ayolning rangida qoni qolmadi. — Jinni-minni bo‘lganmisiz, bu nima qiliq? — deb chinqirdi u, — chek uzating! Chek! — uning qo‘lidagi konfet kurakchasi tushib ketdi. — Jonginam, azizim, dilbarim, — deb xirilladi Korovyov peshtaxta osha engashib, sotuvchi ayolga ko‘z qisarkan, — yonimizda valyuta yo‘q, bugun... xo‘sh, iloj qancha? Lekin sizga ont ichib aytamanki, kelasi gal, dushanbadan kechiktirmay, hammasini naqd to‘laymiz. Biz shu yaqin o‘rtada turamiz. Sadovaya ko‘chasida, yong‘in bo‘layotgan yerda. Begemot uchinchi mandarinni yutib yuborib, dastpanjasini shokolad plitkalaridan tiklangan antiqa istehkomga cho‘zdi va uning «poydevor»idan bitta shokolad olib (turgan gapki «istehkom» vayron bo‘ldi), uni zar qog‘ozi bilan birga chaynamay yutib yubordi. Baliq sotilayotgan peshtaxta ortidagi sotuvchilar qo‘llarida pichoq ushlagancha toshday qotib qoldilar, binafsha rang palto kiygan ajnabiy bosqinchilar tomon o‘girilgan edi, Begemotning boyagi fikri noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi: binafsha rang paltolining ruxsorida yetishmovchilik emas, ortiqchalik mavjud edi — uning lunjlari osilgan, ko‘zlari olazarak edi. Rangi quv o‘chgan sotuvchi ayol butun magazinni boshiga ko‘tarib hasratli ovoz bilan chinqirdi: — Palosich! Palosich! Gazmol bo‘limidagi olomon bu ovozni eshitib, shu yoqqa otildi, Begemot esa jozibali shirinliklardan uzoqlashib, «Kerchning sarxil seld balig‘i» deb yozilgan bochkaga panjasini tikdi-da, ikkita selyodka olib, hash-pash deguncha ikkovini yutib yubordi, faqat baliqlarning duminigina tuflab tashladi. — Palosich! — deb yana jon-jahdi bilan qichqirdi shirinlik sotuvchi ayol, baliq bo‘limidagi cho‘qqisoqol sotuvchi esa: — Hoy, gazanda, nima qilyapsan-a? — deb baqirdi. Bu payt Pavel Iosifovich (ya’ni Palosich) mojaro ko‘tarilgan yerga shoshib kelayotgan edi. Bu xuddi jarrohlardek oppoq, top-toza xalat kiygan, xalati cho‘ntagidan qalam turtib chiqib turgan juda basavlat kishi edi. U aftidan ko‘pni ko‘rgan odam bo‘lsa kerak, Begemotning og‘zida uchinchi selyodkaning dumini ko‘rishi bilan, darhol yuz bergan vaziyatga mukammal tushundi-yu, bu sullohlar bilan aytishib o‘tirmasdan, uzoqda turgan eshikog‘asiga qo‘l siltab buyurdi: — Chal! Eshikog‘asi ko‘chaga o‘kday otilib chiqib, hushtagini vahimali churillata boshladi. Xalq ikki muttaham atrofini o‘rab oldi, shunda Korovyov gapga aralashdi. — Grajdanlar! — darz ketgan ovoz bilan chiyilladi u, — nimalar bo‘lyapti o‘zi bu yerda, a? Men sizlardan so‘rayapman! Bu bechora, — Korovyov ovozida titroq hosil qilib, Begemotni ko‘rsatdi (u darhol yig‘lamoqchi bo‘lganday basharasini bujmaytirdi), — bu bechora uzzukun primus tuzatib, qorni ochib qolgan bo‘lsa... lekin qayokdan olsin valyutani? Odatda fe’li vazmin va bamaylixotir Pavel Iosifovich Korovyovga jaholat bilan: — Bas qil maynabozchilikni! — deb baqirdi va endi sabrsizlik bilan eshikog‘asiga qo‘l silkidi. Shunda magazin eshigi oldida hushtak yana ham balandroq churillay boshladi. Lekin Korovyov Pavel Iosifovichning gaplaridan hech xijolat bo‘lmay gapida davom etdi: — Qayokdan olsin — men sizlardan so‘rayapman! Uning ochlikdan, tashnalikdan sillasi qurigan! Issiqdan nafasi qaytgan! Hay, yegan bo‘lsa, bor-yo‘g‘i uch tiyin turadigan bitta mandarin yepti bu sho‘rpeshona. Shunga darrov bulbuligo‘yo bo‘lib hushtak churillatish, militsiyani bezovta qilib, ishdan qo‘yish shart ekan-chi? Anavi yesa maylimi? A? — Korovyov shunday deb binafsha rang paltoli baqaloqni ko‘rsatgan edi, uning chehrasida qattiq hayajon alomatlari paydo bo‘ldi, — kim o‘zi bu? A? Qayoqdan kelgan? Nega kelgan! Nima, ko‘zimiz uchib turuvdimi unga? Yo uni yurtimizga taklif |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling