Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet247/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
228
nazarida, juda teran va qattiq ranjga aylangandek tuyuldi. Lekin bu ranj beqaror bo‘lib chiqdi, u zumda 
g‘oyib bo‘lib, takabburona loqaydlik bilan o‘rin almashdi, loqaydlik esa mangu orom tuyg‘usiga 
aylandi. 
Suvorilar ustani sukut saqlab kutib turishardi. Ular qora kiygan bu daroz odamning jar yoqasida 
turib qilayotgan har xil qo‘l ishoralarini, goh butun shahar osha nigoh tashlab, uning ufq ortidagi 
tomonni ko‘rmoqchi bo‘lganday boshini adl ko‘tarishini, goh o‘z oyog‘i ostidagi payhon qilingan
qovjiragan giyohlarni o‘rganmoqchi bo‘lganday boshini xam qilishini kuzatardilar. 
Nihoyat, yuragi ziq bo‘lgan Begemot sukutni buzdi. 
— Ijozat bersangiz, metr, — deb gap boshladi u, — parvoz oldidan vidolashuv hushtagini men 
chalsam. 
— Xonimni cho‘chitib yuborishing mumkin, — dedi Voland, — undan keyin shuni unutmaki, sen 
bugungi noma’qulchiliklaringni barini qilib bo‘lding. 
— O, yo‘q, yo‘q, messir, — dedi egarda amazonkalardek qo‘lini beliga tirab, uzun etagini yergacha 
tushirib o‘tirgan Margarita, — ruxsat bering unga, mayli, chalsin. Olis safar oldidan ko‘nglimga xiyla 
g‘ash oraladi. Garchi inson bu safar nihoyasida baxtga mugdarraf bo‘lishini bilsa ham, shunday 
ko‘ngilg‘ash-lik bo‘lishi tabiiy, to‘g‘rimi, messir? Mayli, bir ko‘nglimni chog‘lasin, bo‘lmasa, safar 
oldidan yig‘lab yuborib, kayfiyatinglarni buzib qo‘yishim mumkin. 
Voland bosh irg‘ab Begemotga ishora qiddi, mushukning ko‘ngli ko‘tarilib, otdan sakrab tushdi va 
barmoklarini og‘ziga tiqib, lunjini shishirdi-da, hushtak chaddi. Margaritaning qulog‘i shang‘illab 
ketdi. Uning oti hurkib, ikki oyog‘ini ko‘tardi, o‘rmondagi daraxtlardan quruq shox-shabbalar to‘kiddi, 
qarg‘a va chumchuqlar gala-gala bo‘lib osmonga ko‘tarildi, burqirab ko‘tarilgan to‘zon daryo tomon 
uchdi, bandargoh yonidan suzib o‘tayotgan daryo tramvayidagi bir nechta yo‘lovchining boshidan 
kepkasi uchib suvga tushdi. Usta hushtak ovozidan seskanib ketdi, lekin orqasiga o‘girilmadi, balki 
qo‘llarini yuqori ko‘tarib, xuddi shaharga tahdid solayotgandek, ularni yana ham jadalroq silkita 
boshladi. Begemot atrofga mag‘rurona nazar tashladi. 
Etirof etaman, hushtak chalindi, — muruvvat ichishdek dedi Korovyov, — darhaqiqat hushtak 
chalindi, lekin xolisanillo gapiradigan bo‘lsak, o‘rtamiyona hushtak bo‘ldi! 
Axir men regent emasman-da, — deb javob qildi Begemot viqor bilan lunjini osiltirib va 
dabdurustdan Margaritaga ko‘z qisdi. 
— Qani, menam bir urinib ko‘ray-chi, yoshlikni eslab, — dedi Korovyov, qo‘l/\arini ishqashab, 
barmoqlariga tuflarkan. 
— Lekin ehtiyot bo‘l, — dedi Voland jiddiy ohangda, — bironta ham shaxsga hech qanday ziyon-
zahmat yetmaydigan bo‘lsin! 
— Messir, ishoning, — dedi Korovyov qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, — bu hazil, faqat hazil bo‘ladi... — 
Shunda uning vujudi xuddi rezinadan yasalgandek birdan yuqoriga cho‘zildi, o‘ng qo‘lining  
barmoqlarini bukib g‘aroyib bir shakl yasadi-da, oldi parma singari chir-chir aylanib, bir o‘ram sochga 
o‘xshab qoldi, so‘ng qayta yechilib, birdan hushtak chalib yubordi. 
Margarita bu hushtakni eshitmadi, balki uni o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi: u o‘zining o‘ynoqi oti bilan birga  
gaz nariga borib tushgan edi. Ayni paytda shu yerda qad ko‘targan azim tup eman ildiz-pildizi bilan 
ko‘porilib, qulab tushdi, to daryo bo‘yigacha bo‘lgan yer tors-tors yorilib ketdi. Qirg‘oqning katta bir 
bo‘lagi yerga joylashgan bandargohu restoran bilan birga sindirilib, daryoga quladi. Daryo ko‘pirib 
toshdi va daryo tramvayini ichidagi yo‘lovchilar bilan birga narigi yashil past qirg‘oqqa beshikast 
chiqarib qo‘ydi. Margaritaning hurkib pishqirayotgan oti oyog‘i ostiga Fagotning hushtagidan nobud 
bo‘lgan bir olaqarg‘a gup» etib kelib tushdi. Bu hushtak ustani cho‘chitib yubordi. U boshini 
changallagancha, hamroxlari tomon chopib kela boshladi. 
— Xo‘sh, — deb murojaat qildi unga ot ustidan Voland, — barcha hisob-kitob qilib bo‘lindimi? 
Vidolashuv vojib bo‘ldimi? 
— Xa, vojib bo‘ldi, — deb javob qildi usta, so‘ng ko‘ngli taskin topib, Volandning yuziga tik va 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling