Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
O‘ttiz birinchi bob ChUMChUQTYePA 28 DA Momaqaldiroq dag‘dag‘asidan asar ham qolmadi, bu mahal butun Moskva uzra ulkan gumbazday ko‘tarilgan rang-barang kamalak Moskva daryosidan suv ichardi. Baland tepalikdagi ikki daraxtzor oralig‘ida uchta qora sharpa ko‘rindi. Egarlangan qora otlarga mingan Voland, Korovyov va Begemot daryo ortidan to ufqqacha yoyilib ketgan shaharga, uning g‘arbga qaragan uylaridagi ming-minglab derazalarda aks etayotgan kechki shu’lasiga va Qizlar monastirining jimjimador, muhtasham gumbaziga tikilib turardilar. Havoda sharpa eshitildi, uzun qora rido kiygan Azazello, uning orqasidan izma-iz kelayotgan usta bilan Margarita uchovlari ularni kutib turgan uch suvori yaqinida yerga indilar. — Sizni, Margarita Nikolaevna, sizni ham, usta, bir oz bezovta qilishimizga to‘g‘ri keldi, — deb gap boshladi Voland bir oz sukunatdan so‘ng, — illo mendan gina qilmassizlar degan umiddaman. Zero bu yerga kelganingizdan afsuslanmaysiz. Qani, bo‘lmasa, — deb u yolg‘iz ustaga murojaat qildi, — shahar bilan vidolashing. Jo‘nashimiz kerak, — shunday deb Voland og‘zi karnaysimon qora qo‘lqop kiygan qo‘li bilan daryo ortiga ishora qildi; u yerda kun bo‘yi oftob taftida cho‘g‘dek qizigan shahardan ko‘tarilgan tuman, tutun, bug‘ quyosh shu’lasidan yaraqlagan behisob derazalar uzra muallaq turib qolgan edi. Usta otdan sakrab tushib, bir o‘zi jar yoqasiga yugurib ketdi. Egnidagi qora ridoning etagi orqasidan yerga sudralib borar edi. Usta shaharga tikilib turib qoldi. Avvaliga hasratdan uning yuragi zirqirab og‘ridi, lekin bu tuyg‘u bir zumda o‘tib ketib, o‘rnini ko‘ngilga totli g‘uluv soluvchi lo‘lilarga xos darbadarlik tuyg‘usi egalladi. — Mutlaqo qaytmayman! Buni fahmlash kerak, — deb pichirladi usta va qovjiragan labini yaladi. U o‘z qolbiga quloq solib, u yerda nima bo‘layotganini aniq qayd qila boshladi. Uning qalb hayajoni, 28 Chumchuqtepa (Vorobevы gorы) — Hozir «Leninskie gorы» deb ataladi. Moskva Davlat universitetining yangi binosi shu tepalikda joylashgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling