Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
233 Ushbu haqqoniy satrlarni yozayotgan kamina shaxsan o‘zim poezdda Feodosiyaga ketaturib, Moskvada birvarakayiga ikki ming kishi teatrdan qip-yalang‘och holda ko‘chaga chiqqani va shu ahvolda uy-uylariga taksomotorlarda jo‘nab ketgani haqida o‘z qulog‘im bilan eshitdim. Sutga navbatda turganlar orasida, tramvaylarda, magazinlarda, kvartiralar va ularning oshxonalarida, ham uzoqqa, ham shahar chekkasiga qatnovchi poezdlardayu ularning bekatlarida, bog‘ hovlilaru plyajlar-da — hamma yerda «Shayton...» deb pichirlagan ovozlar eshitilardi. Turgan gapki, aholining eng farosatli, eng madaniyatli namoyandalari shayton haqida butun poytaxtga yoyilgan bu gaplardan o‘zlarini chetga olishar va unday mish-mishlar ustidan kulishib, ularni tarqatib yurganlarni tartibga chaqirishga urinardilar. Lekin fakt faktligicha qoladi, deydilar, binobarin, isbotlamasdan turib uni rad etish aslo mumkin emas, kimlardir poytaxtda bo‘lgan. Griboedovning kuyib kul bo‘lgani, undan boshqa yuz bergan yana juda ko‘p voqealar shayton haqida tarqalgan mish-mishlarnipg rostligidan dalolat berib turardi. Madaniyatli kishilar, bu — o‘z kasbining piri bo‘lgan ko‘zboyloqchi va g‘oyibdan xabar beruvchi romchilar to‘dasining ishi, deb tergov ahlining fikrini tasdiqladilar. Turgan gapki, bu to‘dani tutish uchun Moskvada ham, undan tashqarida, olis-olis yerlarda ham jadal ravishda, keskin choralar ko‘rildi, biroq ming afsuski, bu tadbirlar hech qanday natija bermadi. O‘zini Voland deb atagan shaxs va uning sheriklari g‘oyib bo‘lishib, shundan keyin Moskvaga ham boshqa qaytib kslishmadi, boshqa hech bir yerda ham qoralarini ko‘rsatishmadi. Natijada, o‘sha Voland xorijga qochgan, degan mulohaza tug‘ildi, lekin u yoqlarda ham undan hech bir darak bo‘lmadi. Voland ishi yuzasidan boshlangan tergov uzoq davom etdi. Axir bu o‘ta qabih ish edi-da! Uning dasti-dan, painki to‘rtta uy yonib kul bo‘ldi, nainki yuzlab odamlar telba bo‘lib qoldi, hatto o‘lganlar ham bor edi. Ulardan ikkitasi haqida: Berlioz bilan anavi Moskvaning diqqatga sazovor yerlari bilan ajnabiylarni tanishtirish byurosining baxti qaro xodimi sobiq baron Maygel haqida dadil gapirish mumkin. Axir, ular chindanam o‘ldirilgan edilar-da. Maygelning kuygan suyaklari Sadovaya ko‘chasidagi uyning 50-kvartirasidan yong‘in o‘chirilgach topildi. Ha, qurbonlar bo‘lgan va bu qurbonlar tergov qilishni talab etardilar. Lekin Voland poytaxtni tark etib chiqib ketganda keyin ham qurbonlar bo‘ldi, endi, aytishga til bormaydi, qora mushuklarga qirg‘in kela boshladi. Odamzodga ham vafodor, ham foydali bo‘lgan bu yuvosh jonivorlarning taxminan yuzga yaqini mamlakatning turli yerida otib tashlandi, yoki o‘zga usul bilan mahv etildi. Haddan tashqari rasvoyu raddi balo qilib tashlangan o‘n beshtacha mushuk har xil shaharda militsiya bo‘limiga olib kelindi. Masalan, Armavirda bir grajdanin o‘sha begunoh jonivorlardan birini, oldingi ikki oyog‘ini bog‘lab, militsiyaga sudrab borgan. O‘sha grajdanin, o‘z odati bo‘yicha, atrofga olazarak bo‘lib, o‘g‘rincha endi o‘zini maysa orasiga urmoqchi bo‘lib turgap mushuk ustiga o‘zini tappa tashlagan-u, uni bog‘lash uchun bo‘ynidan galstugini yecharkan, jahl bilan dag‘dag‘a qilib degan: — Ah-ha! Endi bizning Armavirga ham tashrif buyuriptilar-da, janob ko‘zboyloqchi? Yo‘-o‘q, bu yerda sizdan qo‘rqadigan anoyi yo‘q. O‘zingizni gung qilib ko‘rsatmay qo‘ya qoling. Kimligingiz bizga otning qashqasiday ma’lum! U grajdanin jonivorning yashil galstuk bilap chambarchas bog‘langan oldingi oyoqlaridan sudrab, uni orqa oyoqda yurishga majbur qilarkan, yo‘l-yo‘lakay undan do‘ng olib borgan. Ko‘chada o‘ypab yurgan bolalar bu holni ko‘rib, qiyqirishib unga ergashishgan. — Siz, — deb qichqirgan grajdanin, — bas qiling, bas qiling maynavozchilikni! Ovora bo‘lasiz! Xamma odamlarga o‘xshab ikki oyoqda yuravering! Sho‘rlik qora mushuk esa alam to‘la ko‘zlarini ko‘kka tikkan xolos. Gapirish qobiliyatidan mahrum bo‘lib dunyoga kelgan bu jonivor, turgan gapki, o‘zini oqlashga ojiz edi. Xayriyat, baxti bor ekap, bechorani qutqarib qolishgan. Buning uchun u birinchi navbatda militsiyaga, undan keyin o‘z egasi muhtarama beva kampirga minnatdorchilik bildirishi kerak. Mushukni militsiya bo‘limiga olib borgan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling