Yershalaim — Yerusalim, ya’ni Quddus shahri.
Jokey — sportchi chavandoz.
Igemon — yunoncha Hegemon so‘zidag olingan bo‘lib. dohiy, rahbar ma’nolarini bildiradi.
Isrofilning suri — xristian dini aqidasiga ko‘ra, qiyomat kuni farishta Isrofil sur (karnay)
chalarmish va buning ovoziga jamiki jonzotlar kayta tirilarmish.
Iudeya — Janubiy Falastiida Rimga qaraptli viloyat (milodiy 6—395 yillar).
Kaligula Gay Kesar (12—41 yillar) — Rim imperatori (37-yildan). Ashaddiy fosiq bo‘lgan. Uziga
xuddi xudoga sig‘ingandek sig‘inishlarini talab qilgan. Kaligula o‘z shaxsiy gvardiyasining sarkardasi
tomonidai o‘ldirilgan.
Kapeldiner — teatrda biletlarni tekshiruvchi va zalda tartib sakdovchi odam.
Kenturion — qadimgi Rim qo‘shinida Kenturiya (qarang) boshlig‘i.
Kenturiya (Senturiya) — qadimgi Rimda yuz kishilik otryad.
Kohorta — Rim piyoda qo‘shinida taktik qism. Lafonten (1621 —1695) — Buyuk frantsuz
masalnavisi. Legion — qadimgi Rim qo‘shinida yirik harbiy qo‘shilma.
Manipul — qadimgi Rim qo‘shinida tarkibida ikki kenturiya (qarang) bo‘lgan harbiy bo‘linma.
Manuskript — odatda qadimgi qo‘lyozmalar shunday nomlanadi.
Marduk — Bobil panteonida Markaziy iloh. Bobil shahrining bosh xudosi.
Masiho — bu o‘rinda yahudiy dinining talqini bo‘yicha, yahudiy xalqini ozod etish uchun zohir
bo‘lajak afsonaviy xaloskor.
Melpomena — qadimgi yunon mifologiyasida to‘qqizta muzadan biri, fojiaviy asarlar homiysi.
Do'stlaringiz bilan baham: |