Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
239 ammo qandaydir dabdabali va saodatli tushlar ko‘rib yotadi. Har yili bahorda, to‘linoy kechasi bu olimni bitta narsa uyg‘otadi va ayanch bilan chinqirishga majbur etadi. Zero tushida uning ko‘zi oldida o‘sha o‘ta badbashara puchuq jallod paydo bo‘ladi, jallod hansiragancha bir sakrab ustunga bog‘langan va endi jinni bo‘lib qolgan Gestasning yuragiga qo‘lidagi uzun nayzani botiradi. Jallodning o‘zi-ku uncha qo‘rqinchli emas, lekin olimning xobida qaynab-toshib ro‘yi zaminga oqib tushayotgan allaqapday bulutdan vujudga kelgan ziyo dahshatliroq ediki, bunday hol faqat olamshumul falokat paytidagina sodir bo‘lishi mumkin. Ukoldan so‘ng uyqudagi Ivan Nikolaevichning ko‘zi oldida hamisha hamma gtarsa o‘zgaradi. U yotgan to‘shakdan deraza tomon keng oydin yo‘l cho‘ziladi va yo‘lga alvonrang astarli oq rido kiygan odam chiqib, oy sari yura boshlaydi. U bilan yonma-yon uzun ko‘ylagining uvadasi chiqib, afti badbashara bo‘lib ketgan bir yigit boradi. Ular nima to‘g‘ridadir qizg‘in suhbatlashishadi, bahslashishadi, chamasi, bir nimada kelisholmayotganga o‘xshaydilar. — Yo tangrilar, tangrilar, — deydi rido kiygan odam o‘z hamrohiga takabburona boqib, — qanday bema’ni qatl! Lekin sen marhamat qilib ayt-chi, — shunday derkan, uning chehrasidagi takabburlik o‘rnida tavallo paydo bo‘ladi, — axir qatl bo‘lmagan-ku! O‘tinaman sendan, ayt, bo‘lmagan-a? — Ha, bo‘lmagan albatta, — deb javob qiladi hirqiroq ovoz bilan hamrohi, — o‘zi senga shunday tuyulgan. — Gapingning rostligiga ont ichasan hammi? — xushomadona ohangda so‘raydi rido kiygan odam. — Ont ichaman, — deydi uning hamrohi va ko‘zlarida jilva naydo bo‘ladi. — Men uchun shuning o‘zi kifoya! — bo‘g‘iq ovoz bilan chinqiradi rido kiygan odam va hamrohini yetaklagancha tobora yuksakka — to‘linoy sari o‘rlab chiqaveradi. Hirsday keladigan bir ko‘ppak ular orqasidan viqor bilan bamaylixotir ergashadi. Shunda birdan oydin yo‘l qaynab, oy yog‘dusidan daryo vujudga keladi, u qirg‘oqlardan tushib oqa bosh-laydi. Oy hukmfarmolik qiladi, yayrab-yashnaydi, u raqs tushadi, sho‘xlik qiladi. Shunda oy yog‘dusi oqimi ichida go‘zallikda beqiyos bir ayol paydo bo‘ladi va atrofiga qo‘rqa-pisa boqayotgan soqoli o‘sib ketgan bir odamning qo‘lidan yetaklab, uni Ivanning huzuriga boshlab keladi. Ivan Nikolaevich bir qarashdayoq u odamni taniydi. Bu — o‘sha bir yuz o‘n sakkizinchi, uning tungi mehmoni. Ivan Nikolaevich xobida unga qo‘llarini uzatdi va intizorona boqib so‘raydi: — Demak, shu bilan hammasi tugabdi-da! — Ha, tugadi, shogirdim, — deb javob qiladi bir yuz o‘n sakkizinchi, ayol ham Ivanga yaqin borib, deydi: — Albatta, shu bilan tugadi. Hammasi tugadi, umuman, har qanday narsaning ham nihoyasi bo‘ladi... Hozir sizning peshonangizdan o‘paman-u, keyin hammasi yaxshi bo‘ladi. U engashib Ivanning peshonasidan o‘padi, Ivan esa ayol sari talpinib uning ko‘zlariga tikiladi, lekin ayol chekinib-chekinib borib, o‘z hamrohi bilan birgalikda to‘linoy sari ravona bo‘ladi. Shunda oyning jazavasi tutib, o‘z yog‘dusini to‘g‘ri Ivanning ustiga yog‘diradi, shu’lasini har tomonga sochadi, xona oy shu’lasiga g‘arq bo‘ladi, shu’la dolg‘alanib, tosha boshlaydi va Ivanning karavotini ko‘mib yuboradi. Ana shundan keyin Ivan Nikolaevich baxtiyor chehra bilan mast uyquga ketadi. Ertasi kuni ertalab u indamay, ammo xotirjam va sog‘lom bo‘lib uyg‘onadi. Professorning ukollardan ilma-teshik bo‘lib ketgan xotirasi tinchib qoladi va kelasi to‘linoy tunigacha uni hech kim bezovta qilmaydi: na Gestasning puchuq qotili, na Iudeyaning toshbag‘ir beshinchi prokuratori chavandoz Pontiy Pilat. 1929—1940 Tamom |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling