Tarixnavislik bo’yicha eng yirik asar Kim Busik (1075-1152) tomonidan 1145-yilda yaratildi


Download 18.26 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi18.26 Kb.
#1558500
Bog'liq
1-1


Tarixnavislik bo’yicha eng yirik asar Kim Busik (1075-1152) tomonidan 1145-yilda yaratildi. “Samguk Sagi” - “Uch davlatining tarixiy yozuvlari” deb nomlangan bu asar “namunaviy tarix” hisoblanadi. Unda muallif Sama San (taxminan miloddan awalgi 145-86 yillarda yashagan xitoy tarixchisi) ning “Shitszi” asari shakliga rioya qiladi. O’xshashlik shu bilan belgilanadiki, Kim Busik bir sulola tarixini emas, balki Koreya davlatlarining X asr o’rtalarigacha bo’lgan umumiy tarixini yozgan. Ta’sir kitob nomida ham seziladi: podsholikning 58 yili, bahorda saroy qudug’ida suv birdan quduq devorlaridan tosha boshlay di, poytaxtda yashovchi fuqarolardan birining biyasi bir kallali va ikki gavdali buzoq tug’adi.
Bashoratchi: “Suv birdan quduq devoridan toshgan, demak, buyuk podsho kutilmaganda yaxshi xabar eshitadi. Bir kalla va ikki gavdali buzoq tug’ilgan, demak buyuk podsho birlashadi va Chipxan bilan Maxanni birlashtirishga qaror qiladi”. “Samguk Sagi” 50 kitobdan iborat bo’lib, ular to’rt bo’limga birlashtirilgan: pongi-“Asosiy manbalar”, nyonpxyo- “Xronologik jadvallar”, chapki-”Turli risolalar”,yel’chjon- “Tarjimai hollar”.
Yodgorlikda uch davlat -Silla, Pekche, Koguryo tarixi bay on etilgan. “Asosiy manbalar” bo’limi uch qismdan iborat: Silla-o’n ikkita bob, Koguryo-o’nta bob, Pekche-oltita bob. Mazkur boblarda uch davlatning har birida ularga asos solingandan boshlab ular Silla hokimiyati ostida bilashtirilgan vaqtgacha yuz bergan voqealar bayoni keltirilgan. “Xronologik jadvallar”da (uchta bob) uch podsholik podsholarining diqqatga sazovor sanalari keltirilgan. “Turli risolalar” bo’limida (to’qqizta bob) mamlakatning geografik о’mi, ma’muriy tizimi, marosimlari, musiqasi, kiyimlarining tavsiflari berilgan. Har bir mavzuga alohida bob bag’ishlangan. “Tarjimai hollar” bo’limi uch davlat va birlashtirilgan Silla davrining mashhur kishilari hayotiga bag’ishlangan.
Konfutsiychilikning u yoki bu ijtimoiy-axloqiy tipiga mansub bo’lgan shaxslaming tarjimai hollari keltirilgan. Chunonchi, sodiq talabalar-askarlaming kuchi, dovyurakligi madh etilgan, bahodirona tashqi ko’rinishiga urg’u berilgan, qahramon urushda ko’rsatgan jasoratlar bo’rttirib tavsiflangan. Ba’zan tarixchi asar qahramoniga xalq ertagi qahramonining xususiyatlarini yuklagan. Masalan, Silla malikasi Sandok murakkab vazifalami yechadi, tushlami ta’birlay oladi. Ba’zan muallif ertaknamo epizodlami keltiradi. Chunonchi, Koguryo podshosi Pemunsin-vanning Puyoga qarshi yurishi haqidagi hikoyada u podshoni kuzatib borish istagini bildirgan qaynar qozonli ayol haqida, g’ayrioddiy nishonalar haqida, Puyoni bosib olishda Pemusin-vanga yordam berish niyatini bildirgan ikki bahodir haqida hikoya qiladi.
Shuni qayd etish lozimki, asar tuzilishida ham, materialida ham Kim Busik xitoycha an’anaga so’zsiz amal qilmaydi. Jumladan, “Samguk Sagi”da “Sulolalar” bo’limi yo’q, birinchi o’ringa Xitoy bilan urushlarda g’alaba qozongan koreys qahramonlari-askarlaming tarjimai hollari qaratilgan. Badiiy so’z ustasi bo’lgan kishilaming taijimai hollariga alohida e’tibor qaratilgan. Bu tasodifiy bir hoi bo’lmasa kerak. Zero Uzoq Sharqda badiiy so’z ustasi bo’lish ma’rifatlilik alomati sanalgan va Kim Busik, tabiiyki, o’z davlatini ayni shu tusda ko’rsatishga harakat qilgan. “Uch davlatning tarixiy yozuvlari” rasmiy Xam-chonsa bo’lib, u konfutsiychilikning ratsionalistik nuqtai nazaridan yozilgan. Bu awalo materialni tanlash prinsiplarida (tarixchi sehrli voqealar haqidagi ma’lumotlami chetga surishga harakat qiladi); xulq-atvori konfutsiychilikning besh munosabat (podsho-tabaa, ota -o ’g’il, er- xotin, katta-kichik va h.k.) prinsiplariga muvofiq kelishi lozim bo’lgan namunaviy qahramon tipining yaratilishida; yozma so’zning о’mi va ahamiyatini Kim Busik qanday tushunishida namoyon bo’lgan. Chunonchi, u asarga so’zboshida shunday deb yozadi: “Uch davlatda yuritilgan qadimgi yozuvlarga kelsak, jumlalaming dag’alligi, ma’lumotlar to’liq emasligi tufayli ular podsholaming yaxshi-yomon ishlarini, a’yonlaming sodiqligi yoki xiyonotkorligini, xalqning itoatkorligi yoki isyonkorligini aniqlash va ajdodlarga saboq berish yaroqli emas”.
Adabiyot xususida bunday qarashlar qadimgi Koreyadagina tarqalmagan, ular XX abadiy arboblarining fikr-mulohazalarida ham kuzatiladi. Xuddi shuningdek namunaviy qahramonga xos bo’lgan jihatlar ba’zan hozirgi zamon nasri personajlarining xulq-atvorida namoyon bo’ladi.
Bu davrda mavjud bo’lgan idudagi nasr haqida aniq bir narsa deyish qiyin, chunki XI asrga qarasnli uch epidrafik buddaviylik bitiggina saqlanib qolgan. Birinchisi (1010 y.) -stelada o’yib yozilgan mazkur stela qay tarzda va kimning ishtirokida qurilgani haqidagi nisbatan qisqa bitik. Ikkinchisi (1085 y.) - ishga doir qisqa bitik. Uchinchisi (1031 y.) - muhim imoratlar tavsifi keltirilgan yirik matn. Bu Chondosada (Kyunsan provinsiyasida) mamlakatdagi uzoq yillik behbud podsholik sha’niga qurilgan besh qavatli ibodatxona haqidagi yozuv bo’lib, u Kvanxyon ismli zotda bu ibodatxonani qurish niyati qanday qilib paydo bo’lgani haqidagi hikoyadan boshlanadi. U o’z niyatini ro’yobga chiqara olmagan,i chunki kasal bo’lib qolgan va vafot etgan.
Bitik buddaviylik xususiyatiga ega bo’lsa-da, bu yerda keltirilgan davlatdagi behbudlik davri tavsifi konfutsiychilik an’anasiga xos bo’lgan uslubda ekanligi shak-shubhasizdir: vanning, oqilona podsholigiga uning vassalari ko’maklashadi, xalq mehnatdan lazzatlanadi, ofatlar mamlakatni chetlab o’tadi, yillar serhosil keladi, mamlakatda tinchlik va osoyishtalik hukm suradi.
Shundan so’ng kim va qanday mehnat qilgani, mazkur qurilishga qanday hissa qo’shganining keng tavsifi keltiriladi.Material xronologik ketma-ketlikda joylashtirilgan. Tematik jihatdan bu bitik “Uch davlat davridan qolgan voqealar” ning ibodatxonalar qurilishi tarixlari jamlangan to’rtinchi bo’limi bilan hamohangdir. Ammo bu erda odatda qurilish bilan bo’gliq sehrli xususiyatga ega bo’lgan voqealar keltiriladi. Bitiklarda biz bayon etilayotgan materialga qat’iy ratsionalistik yondashuvga duch kelamizki, bu Kim Busikning “Tarixiy yozuvlari” uslubini eslatadi.
Download 18.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling