Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
231 bo‘ldi. — U mudom bir gapni takrorlayapti, — degan Volandning ovozi yangradi, — oy yog‘du sochganda ham menga tinchlik yo‘q, vazifam — og‘ir vazifa, deyapti, U uxlamagan paytda doim shu gapni takrorlaydi, uxlagan chog‘ida esa, hamisha bitta narsani — oy yog‘dusidan yaralgan yo‘lkani tush ko‘radi; u mana shu yo‘lkada yurib, mahbus Ha-Notsri bilan suhbatlashishni xohlaydi, chunki uning ta’kidlashicha, bir vaqtlar, bahorgi nison oyining o‘n to‘rtinchi kuni unga aytadigan gapini ayta olmay qolgan ekan. Lekin, evoh, o‘sha oydin yo‘lkaga chiqish negadir unga hech nasib bo‘lmayapti, huzuriga ham hech kim kelmayapti. Bas, shunday ekan, iloj qancha, o‘zi bilan o‘zi suhbatlashadida. Ammo uqbatga biron yangilik kiritish kerak-ku, shunga ko‘ra, u oy haqida mulohaza qilarkan, ko‘pincha, hammadan ham o‘z boqiyligim va shon-shuhratimning mislsizligini yomon ko‘raman, deb qo‘shib qo‘yadi. Yana o‘z taqdirimni chuvrindi sayoq Leviy Matveyning gaqdiriga jon-jon deb almashgan bo‘lardim, deb ta’kidlaydi. — Bir vaqtlardagi bir oy uchun o‘n ikki ming oydan voz kechish — judayam ko‘p emasmi? — deb so‘radi Margarita. — Yana Frida voqeasi takrorlanyaptimi? — dedi Voland, — qo‘ying, Margarita, aslo hayajonlanmang bu yerda. Hammasi risoladagidek bo‘ladi, dunyo o‘zi shuning zamiriga qurilgan. — Ozod qiling uni, — deb Margarita xuddi jodugar bo‘lgan paytidagidek birdan jon holatda chinqirib yubordi, bu chinqiriq zo‘ridan tog‘dan tosh ko‘chib, do‘nglikdan do‘nglikka urilib, gumburlagancha tubsiz jar qa’riga tushib ketdi. Bu — jarga qulagan toshning gumburlashimidi yo iblisona qahqahaning jarangimidi, Margarita ayta olmas edi. Nima bo‘lganda ham, Voland Margaritaga kulib boqarkan, shunday derdi: — Tog‘liq yerda baqirish kerak emas, u ko‘chkiga ko‘nikib qolgan, unga parvo ham qilmaydi. Siz, Margarita, uning yonini olib iltimos qilmay qo‘ya qoling, negaki, boshqa odam, u suhbatlashish ishtiyoqida bo‘lgan odam, allaqachon uning uchun iltimos qilgan, — shu gapdan keyin Voland yana ustaga o‘girilib dedi: — Mana, endi siz romaningizni bitta jumla bilan yakunlashingiz mumkin! Tosh kursida o‘tirgan prokuratordan ko‘z uzmasdan qimir etmay turgan usta go‘yo shu gapni kutayotganday ikki kaftini og‘ziga karnay qilib, shunday baqirdi-ki, ovozining aks-sadosi bu xilvat va taqir tog‘larda qayta-qayta takrorlandi. — Ozodsan! Ozodsan! U seni kutmoqda! Tog‘lar ustaning ovozidap momaqaldiroq bunyod etdilar va shu momaqaldiroq tog‘larni barbod etdi. Qoya toshlardan tiklangan mal’un devor quladi. Faqat yassi maydonchayu undagi tosh kursi qoldi. Devor qulagan qop-qorong‘i jarlik uzra charog‘on ulkan bir shahar namoyon bo‘ldi, necha-necha ming marta kelib ketgan to‘linoy kechalari davomida gurkurab kamol tongan shahar bog‘i uzra qad ko‘targan ma’budlarning haykallari oltindek tovlanardi. Prokurator shuncha vaqt intizor bo‘lib kutgan o‘sha oydin yo‘lka to‘g‘ri shu bog‘ sari yo‘nalgan edi, quloqlari uchli ko‘ppak birinchi bo‘lib shu yo‘lkadan yugurib ketdi. Astari qirmizi rang oq rido kiygan noib tosh kursidan turib, hirqiroq, bo‘g‘iq ovoz bilan bir nima deb qichqirdi. Lekin uning yig‘layottaniniyam, kulayotganiniyam, nima deb qichqirganini ham aniqlab bo‘lmas edi. Uning o‘sha oydin yo‘lkadan o‘z sadoqatli qo‘riqchisi orqasidan yugurib ketganinigina ko‘rishdi, xolos. — Men uning orqasidan o‘sha yoqqa borishim kerakmi? — deb so‘radi bezovta usta, otining jilovini siltab qo‘yarkan. — Yo‘q, — deb javob qildi Voland, — adoyi tamom bo‘lgan narsa ortidan quvish na hojat? — U holda, bu yoqqami? — so‘radi usta orqasiga o‘girilib, yaqindagina o‘zi tark etgan muhtasham minorali monastirlari bo‘lgan, uylarining derazalarida quyosh bo‘lak-bo‘lak bo‘lib aks etgan shahar tomonni ko‘rsatarkan. — U yoqqa ham emas, — deb javob qildi Voland, shunda uning ovozi quyuqlashib, qoyalar uzra gumburladi, — xayolparast usta! Siz hozirgina ozod qilib yuborgan, ya’ni o‘zingiz kashf etgan qahramon uchrashish ishtiyoqida bo‘lgan odam romaningizni o‘qib chiqqan. — Shundan so‘ng Voland |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling