Microsoft Word xulafoi roshidiyn ziyouz com doc
Download 1.01 Mb.
|
Rizouddin ibn Faxriddin. Xulafoi Roshidiyn
XULAFOI ROSHIDIYN XULAFOI ROSHIDIYN BIRINCHI XALIFA ABU BAKR SIDDIQ (Raziyallohu anhu) DAVRLARI Eng avvalgi musulmon va eng birinchi siddiq va Rasulullohning hamsuhbatlari hamda Ulardan keyingi birinchi xalifa bo‘lmish Abu Bakr Siddiq Abdulloh ibni Abu Qahofa ibni Omir nasablari Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga tutashadi.. Va Murra ibni Kab’i ibni Luayda jamlanadi. Onalari esa Omirning o‘g‘li Sahrning qizlari bo‘lmish Salmo nomli ayol edilar. Abu Bakr Siddiq, raziyallohu anhu fil yilidan ikki yilu to‘rt oydan so‘ng tug‘ilganlar. Rasululloh alayhissalomdan ikki yoshu to‘rt oylik kichkina edilar. Rasululloh alayhissalom ul janobning rostgo‘yliklari, omonatdorliklari hamda Isro va Me’roj hodisasini eng birinchi bo‘lib tasdiqlaganliklari uchun Siddiq deb nom qo‘ygan edilar. Ya’ni, Rasulu akrom hazratlari janobni rostgo‘ylarning rostgo‘yrog‘i degan yuksak sifat bilan oliy maqom darajasiga ko‘targandilar. Yahudiylar Rasululloh alayhissalomdan Isro voqeasini eshitgan so‘zlariga ishonmasdan, Abu Bakr huzurlariga keladilar. «Sohibingiz mana shunday deyapti, siz shunga ishonasizmi?» — deb so‘raydilar. Shunda Olloh va Rasulining do‘sti, Islom ravnaqi yo‘lida butun borlig‘ini fido etuvchi zot bo‘luvchi Abu Bakr makkor yahudiylarga shiddat-la qarab: «Agar bundan ham boshqa ajabliroq narsalarni Rasululloh hazratlari aytsalar men ko‘nglimga zarracha shubha va shak keltirmagan holimda hech bir to‘xtovsiz darhol tasdiq etaman», dedilar, Ushbu kundan boshlab Islom jon fidosining taxalluslari laqablari Siddiq bo‘lib qoldi. Qiyomatga qadar, inshoolloh, shunday bo‘lib qoladi. Olloh Kalimasining yuksalishi yo‘lida sof niyatli, xolis ixlosda xizmat qiladigan har bir muxlis mo‘‘minning nomi albatta jahon ayvonida mana shunday yuksak fazilatli nomlar qatorida avlodlar qalbiga muhrlanib, to qiyomatga qadar unutilmay qolajakdur. Nodonlik va nafosatsizlik, befarosatlik kasalligiga yo‘liqqanliklari sababli OLLOH kalimasining yuksalish yo‘llariga g‘ov solishga behuda chiranib urunuvchi badbaxtlarning nomlari esa asrlar osha la’nat tamg‘asiga uchrab avlodlar nafratiga sazovor bo‘lajakdur. Bu ikki yo‘ldan birini o‘zingiz tanlab olavering, misollar esa atrofingazda qalashib yotibdi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling