Microsoft Word xulafoi roshidiyn ziyouz com doc


OLLOH YO’LIDA QILGAN SARFLARI


Download 1.01 Mb.
bet4/4
Sana21.10.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1715027
1   2   3   4
Bog'liq
Rizouddin ibn Faxriddin. Xulafoi Roshidiyn

OLLOH YO’LIDA QILGAN SARFLARI
Abu Bakr Siddiq (r. a.), o‘zlarining sodiqlaridan, sevikli habiblaridan bir nafas ham ajralmay, uzoqlashmay, doimo birga bo‘lishga harakat etardilar. Faqat bir narsa oldi- sotti qilgani biror yoqqa borganlaridagina biroz fursat ajralishga majbur bo‘lardilar. Ishlarini bitkazgach, tezdan yana do‘stlarining yonlariga qaytib kelardilar. O’zlarida bo‘lgan bor narsalarini xoh arzon, xoh qimmat bo‘lsin, din g‘alabasi yo‘liga ayamay sarf etardilar. Bir kuni Umay ibni Xalaf ismli kofirlar sardori Bilol ibni Rabboh degan xabash qulni Islom dinidan qaytarish uchun azoblayotganini, qumloq sahroga olib chiqib qaynoq qumlarga yotqizib ustlariga og‘ir toshlarni bostirib qiynayotganini ko‘rdilar. Berilayotgan azob qulning faqat iymonini ziyoda qilardi xolos.
Shunchalik qiynoq va azoblar chekib turgan paytida ham og‘zidan yagona
«AHAD», «AHAD» degan so‘z chiqardi, xolos. Abu Bakr, Umayya shaytondan Bilol ibni Rabbox raziyallohu anhuni katta pul barobariga sotib oladilar. Keyin esa Olloh uchun va rabbil olamin hidoyat qilib yo‘llagan Islom muhabbati uchun uni ozod qilib yuboradilar.
Umar ibni Hattobning Zamir Rumiya ismli cho‘rilari bo‘lar edi. U ayol
Umardan avvalroq Islom diniga musharraf bo‘lgandi, Hazrat Umar uni qattiq qiynab, juda ko‘p martaba urganlari natijasida cho‘rining ko‘zlari ko‘r bo‘lib qolgandi. Ammo shu holatida ham rabbil olamin ko‘rsatgan yo‘lidan chetga toymagandi. Ko‘zidan ajralsa-da, iymonidan ayrilmagandi. Abu Bakr bu cho‘rini sotib oladilar. Keyin esa ollohning rizoligi yo‘lida ozod etib yuboradilar. Cho‘rining kuzlari ojiz bo‘lib qolgan paytda qurayshlar,
«mana bu mochag‘ar Lot va Manotning qarg‘ishrga qoldi», deb gap-so‘z yuritgandilar. Ularga qarab baxtli ayol shunday degandi:
— Bu gaplaringiz behuda. Lot va Manot hech narsani bilmaydi va hech
narsa qilolmaydi ham. Mening mehribon rabbim esa hamma narsaga hatto meni ko‘zimni qayta ochib qo‘yishga ham qodirdur!
Ertasiga tong otganda ollohning marhamati tufayli ayolning ko‘zi qayta ochilib yorug‘ dunyoni yana ko‘rishga muyassar bulgandi. Qurayshlar buni kurib, bu Muxammad ibni Abdullohning sehridan bo‘lgan ish degandilar. Qurayshlar yolg‘on aytgandilar, buyuk Olloh esa rost aytgandi.
Abu Bakr Siddiq (r. a.) faqat mana shu ikkovlariiigina ozod etib qolmagandilar. Balki Omir ibni Fuxayrni, Ummu Unaysni va Abr ibni
Juminaning joriyasi bo‘lgan ikki qizni ham va bulardan boshqa yana qancha- qancha kishilarni ozod etgandilar. Shunchalik ko‘p mollarini Olloh yo‘lida sarflaganlari sababidan hatto Olloh taolo u janob haqlarida oyat nozil qilgandi. Mazmuni: «Kimki bersa va taqvo qilsa, Islomni tasdiq etsa bas, biz uni
skonlikka yo‘llab qo‘yamiz».
U janob mana shu martabaga loyiq bo‘lganlar. Islomga dohil bo‘lgan vaqtlarida boyliklarining qiymati qirq ming dirhamga yetgandi. Mana shu ulkan boylikdan Madinaga xijrat etayotgan paytlarida faqatgana besh ming dirxam qolgandi, xolos. Boshqasini Olloh dinining g‘alabasi yo‘lida sarf etib yuborgandilar. Rabbilariga yo‘liqqan onlarida esa yonlarida hech qanday boyliklari xam kolmagandi.
Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling