Uchinchidan: uchinchi tamoyil - ulg’ayishni o’rganishning dinamikligi. Inson umr bo’yi o’zgarib boradi. Yosh ulgayadi. Yosh ulg’aygan sari o’zgarish, asosan, sustlashadi, kamroq seziladi, albatta jismoniy, ba’zi xollarda esa ruhiy xolatdagi o’zgarish juda jadallik bilan ro’y beradi. Ochilgan yangi ijobiy potensialdan foydalanish va muqarrarlashib borayotgan kamchilikka nisbatan o’z vaqtida chora ko’rish uchun bu o’zgarishni ko’ra bilish o’ta muximdir. Usmir haqida yagona va bir umrga qayd etilgan fikr bo’lmasligi lozim. Afsuski, ba’zan amalda aynan tarbiyasi kiyin o’smirlarga nisbatan shunday xolga duch kelamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |