Microsoft Word xulqi ogishgan bolalar psixologiyasi


Download 199.05 Kb.
bet1/62
Sana05.01.2022
Hajmi199.05 Kb.
#229551
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Bog'liq
xursanoyyy


O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi

A.Qodiriy nomli

Jizzax Davlat Pedagogika Instituti

PYeDAGOGIKA-PSIXOLOGIYA FAKUL’TЕTI

PEDAGOGIKA- PSIXOLOGIYA KAFЕDRASI

XULQI OG`ISHGAN BOLALAR

PSIXOLOGIYASI

fanidan ma’ruzalar matni

Ushbu ma’ruzalar matni “Pedagogika-psixologiya” kafedrasining 2013 yil ___.08 dagi majlisida muhokama qilindi va uning 1 - raqamli bayonnomasi bilan tasdiqlandi.

Tuzuvchi: o`qituvchi D.Abduvahobova

Taqrizchilar: psixol.f.n. R.A.Abdurasulov

kat o`qit. M.Q.Qodirova

KIRISH


Hammamiz ham dyeyarli har kuni ijtimoiy istalmagan axloqning turli-tuman ko`rinishlari – tajovuzkorlik, zararli odatlar, qonunga zid harakatlar bilan to`qnashamiz... Shu kabi muammolar bilan shug`ullanuvchi mutaxassislar ko`p yillardan byeri qator savollarga javob izlamoqdalar. Bunday axloqning sababi nimada bo`lishi mumkinq! Nima insonni qayta-qayta o`ziga va atrofdagilarga zarar kyeltirishga majburlaydiq Bunday qanday qutulish mumkinq Va nihoyat, “og`ishgan xulq” atamasidan foydalanish qonuniymikin.

Dyeviantlik, og`ishgan xulq psixologlar, shifokorlar, pyedagoglar,huquqni himoyalovchi organlar xodimlari, sotsiologlar, faylasuflarda jonli qiziqish uyg`otib kyelgan. Og`ishgan xulq mavzusi sohalararo va munozarali xaraktyerga ega. Atamaning “ijtimoiy mye'yor” tushunchasi bilan payvasta ekanligi muammoni ko`p marotaba murakkablashtiradi, chunki mye'yorning chyegaralari o`ta shartli, insonda esa barcha ko`rsatkichlar bo`yicha absolyut mye'yorning o`zi mavjud emas.

Yondoshuvlarning turli-tumanligi shaxs xulq ini og`ishganligini tashhis qilish, uni profilaktikalash va ijtimoiy-psixologik yordam ko`rsatish davomida bartaraf etish kabi amaliy vazifalarni yechishda ham ko`zga tashlanadi.

Hulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi fanining asosiy maqsadi o`quvchilarda shaxs og`ishgan xulqi muammolarining zamonaviy holati haqida ilmiy asoslangan, yaxlit tasavvurning shakllanishida yordamlashishda ko`rinadi. Og`ishgan xulqni tushuntirish uchun turlicha psixologik kontsyeptsiyalar qimmatini tan olgan qolda biz asosida kognitiv-axloqiy yondoshuv yotuvchilarni ustuvor sifatida ajratamiz.

Ushbu fanni o`qitish tajribasi shuni ko`rsatdiki, matyerialni anglashda ba'zi bir qiyinchiliklar mavjud ekan. Birinchidan, “og`ishgan xulq” tushunchasining ko`p ma'noliligi va bu bilan bog’liq bo`lgan tyerminologik chalkashliklar. Ikkinchidan, har birimizning ichki dunyomizga xos bo`lgan shaxsiy ozodlik ehtiyoji va jamiyatning chyeklashlari orasidagi qarama-qarshilikdir. Og`ishgan xulq fyenomyeni mavjudligining o`zi “ozodlik yoki zaruriyat” dilyemmasi faktini tasdiqlaydi, qatto jamiyatning umidlariga qarshi har bir odamning shaxsiy tanlovchi pryedmyeti hisoblanadi. Yana bir ma'lum murakkablik shundaki, og`ishgan xulq muammosi bo`yicha ma'lumotlarni turli fanlar, masalan, sotsiologiya, tibbiyot, huquq, psixologiya, pyedagogikadan izlash lozim bo`ladi. Mavjud bo`lgan adabiyotlar, qoidadagidyek, yoxud o`ta ixtisoslashtirilgan, yoki o`ta ommaviy xaraktyerga ega. Og`ishgan xulq psixologiya bo`yicha adabiyotlar unga ta'sir qilishning samarali tyexnologiyalari yetishmagani kabi shubhasiz yetishmaydi.

O`quvchiga taqdim etilayotgan ish o`zida mavjud bo`lgan ilmiy yondoshuvlarni ko`rib chiqishga intilishni va muallifning psixologik aspyektda ko`rib chiqiluvchi shaxs og`ishgan xulqini o`rganish qamda uni bartaraf etishdagi amaliy tajribalarini umumlashtirishni aks ettiradi.



MUAMMOGA KIRISH



Download 199.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling