Microsoft Word Yangi texn doc


yordamida talabalar bilimiga bir muncha aniq va tabaqalashgan baho qo’yishga


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/162
Sana09.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#262775
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   162
Bog'liq
yangi pedagogik texnologiyalar (1)

yordamida talabalar bilimiga bir muncha aniq va tabaqalashgan baho qo’yishga 
imkon beradi (reyting); 
•  o’qituvchi talabalar bilimini nazorat qilishga kam vaqt sarflaydi;  
•  boshlang’ich darajasini va har qanday vaqt oralig’ida bilimlarni oshirish 
imkoniyatini o’lchashga sharoit yaratiladi; 


 
60
•  test nazorati kompterlashtirishga (avtomatlashtirishga) qulay.  Bu 
pedagogik testlashning asosiy afzalliklaridan biridir. O’quv jarayonining 
takrorlanuvchanligi ham aynan shunda o’z ifodasini topadi. 
Umuman olganda test usuli birmuncha texnologik hisoblanadi. U bilimlarni 
o’zlashtirish sifatini nazorat qilishda professor-o’qituvchilar mehnat unumdorligini 
oshiradi va o’quv dasturini chuqur va har tomonlama o’zlashtirilishini ta’minlaydi.  
Pedagogik testlashning bu afzalliklari AQSHda munosib baholangan. Abituriyent 
(talabgor)larni universitet va kollejlarga test sinovi bilan qabul qilinadi.  Pedagogik 
testlarni keng qo’llashi bo’yicha AQSH tajribasi Kanada, Yaponiya, Turkiya va 
boshqa ko’pgina mamlakatlarga yoyilgan.  
 
Sifatli test topshiriqlarini tuzishning qiyinligi, testni keng joriy etishni 
murakkablashtiradi.  Bu ish yuqori pedagogik malaka va tajriba talab etadi. Shuning 
uchun ham, AQSHda testning yuqori sifatini ta’minlash uchun pedagogik 
testlashning maxsus xizmati (PTX) tashkil kilingan. Bu tashkilot test o’tkazish 
amaliyotini umumlashtirish va ommalashtirish, standartlashtirilgan testlar yaratish, 
test o’tkazishning yagona qoidalari va test ishlab chiqish usullarini belgilash 
masalalari bilan shug’ullanadi. Pedagogik testlash xizmati (PTX) Prinston 
universitetida joylashgan, unda 2300 nafar kishi, shu jumladan, 250 nafar falsafa, 
pedagogika, psixologiya, sosiologiya, statistik va psixologik uslublar, kasb tanlash 
bo’yicha fan doktorlari, shuningdek, turli fanlar bo’yicha fan doktorlari, 200 nafar 
magistr, har xil fanlar bo’yicha o’qituvchilar xizmat qiladi.  Testlar EHMda 
ishlanadi va sinaladi.  Mamlakatda pedagogik testlash xizmatiga bo’ysunadigan 
5000 test punktlari mavjud. Test o’tkazish uchun Prinston markazi 53 ishonchli 
shaxslarga (odatda test o’tkaziladigan o’quv yurtlari pedagoglariga) test 
materiallari va test o’tkazish bo’yicha  yo’llanmalar yuboradi.  
 
Bu misoldan ma’lumki, testlashni samarali o’tkazish pedagogik testlarning 
maxsus rivojlangan xizmati, keng quloch yoyilgan tarmoq punktlari, testlar bo’yicha 
nazariya va amaliyotni o’zida aks ettiradigan katta hajmdagi adabiyotlar mavjudligiga 
bog’liq.  
3. Test turlari. Agar testlarni turkumlashda ularning qo’llash maqsadi va 
vazifalariga asoslanadigan bo’lsak, psixologik testlardan boshqa barcha testlarni 
quyidagi uch guruxga ajratish mumkin: 
• intellektual rivojlanish darajasini aniqlovchi testlar; 
• pedagogik testlar; 
• muayyan kasbga yaroqlilikni aniqlovchi testlar; 
Fanning mazmunidan kelib chiqqan holda, biz faqat pedagogik test haqida 
to’xtalamiz.  Adabiyotlarda bunday test topshiriqlarining quyidagi shakllari bayon 
etiladi: 
-  birdan-bir to’g’ri javobi bo’lgan  yopiq topshiriqlar; 
-  bir necha to’g’ri javoblari nazarda tutilgan yopiq topshiriqlar; 
-  bitta so’z (yoki so’zlar) tushirib qoldirilgan gapdan tashkil topgan 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling