Tutashtiriluvchi chiziqlar usuli. Bu usul talabalarni o’quv jarayonining
borishiga nisbatan o’z munosabatlarini tezkorlik bilan bildirishlarini ta’minlaydi.
O’qituvchi o’quv jarayonini bir necha (100 tagacha) muhim qismlarining ro’yxatini
tuzadi. Masalan: 1) o’quv maqsadlari, 2) o’quv materiallari, 3) topshiriqlar, 4) texnik
vositalar, 5) talabalar qobiliyatlari va hatti-harakati, 6) talabalarni guruhlarga ajratish,
7) o’qituvchi va talabalarning o’zaro muloqoti, 8) o’qituvchi hatti-harakati. So’ngra
o’qitish samaradorligini bir necha ko’rsatkichlari yoziladi (masalan: o’zlashtirish,
ko’rgazmali bayon qilish, tushunarli bo’lishi, talabalarda umumiy qoniqish hosil
bo’lishi, vaqt sarfi va h.k.). So’ngra o’qituvchi varaqlarni talabalarga tarqatadi. Bu
varaqlar uch qismga bo’lingan holda: 1) chap ustunga o’quv jarayoni qismlari, 2)
o’rtaga har bir o’quv qismining belgilari (masalan: «Topshiriq» - og’zaki, yozma,
ijodiy, qaytarish, «Talabalarni guruhlash» - frontal ish, uchta brigadaga bo’lish,
besh-olti kichik guruxlarga ajratish), 3) o’ng ustunga esa, samaradorlik
ko’rsatkichlari ruyxati yoziladi. Har bir talaba o’z mulohazasi bo’yicha bu uch
ustunchada yozilganlarni chiziqlar chizib tutashtiradi va varaqni darhol o’qituvchiga
topshiradi. O’qituvchi varaqlarni tahlil qilib, qo’llayotgan usul va uslublarning to’g’ri
yoki noto’g’riligini, faoliyati samaradorligini har bir talabada aks etishi to’g’risida
tezkor ma’lumotga ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |