Microsoft Word Yangi texn doc
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
yangi pedagogik texnologiyalar (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Aqliy hujum” metodi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
a) asosiy adabiyotlar 1. Tolipov O’.Q., Usmonboyeva M. “Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari” Toshkent. O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Fan” nashriyoti. 2006. – 149-175b. 2. Shojalilov A., Abduraximov S.A., G’ofurov S.A., Yusupov F.M. “Injenerlik pedagogikasi va ilg’or pedagogik texnologiyalar” T.: 2004.- 29-44b. 2. Farberman B. L. Ta’limda eng muhim yangilik. // Ma’rifat. 1995 y. 24 may. 1. Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo’yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o’quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko’nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, o’quvchilar faoliyatini nazorat qilish, shuningdek, o’quvchilar faoliyati nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko’nikma hamda malakalar darajasini baholash o’qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi. Pedagogik texnologiya o’z mohiyatiga ko’ra subyektiv xususiyatga ega, ya’ni, har bir pedagog ta’lim va tarbiya jarayonini o’z imkoniyati, kasbiy mahoratidan kelib 108 chiqqan holda ijodiy tashkil etishi lozim. Qanday shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etilishidan qat’iy nazar pedagogik texnologiyalar: - pedagogik faoliyat (ta’lim-tarbiya jarayonining) samaradorligini oshirishi; - o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida o’zaro hamkorlikni qaror toptirishi; - o’quvchilar tomonidan o’quv predmetlari bo’yicha puxta bilimlarning egallashini ta’minlashi; - o’quvchilarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishi; - o’quvchilarning o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqara olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi; - pedagogik jarayonda demokratik va insonparvarlik g’oyalarining ustuvorligiga erishishni kafolatlashi zarur. Pedagogik texnologiyalardan majburan foydalanish mumkin emas. Aksincha, tajribali pedagoglar tomonidan asoslangan yoki ular tomonidan qo’llanilayotgan ilg’or texnologiyalardan maqsadga muvofiq foydalanish bilan bizga, ularni ijodiy rivojlantrish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamalakatlarda o’quvchilarning o’quv va ijodiy faoliklarini oshiruvchi hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida katta tajriba to’plangan bo’lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Quyida ta’lim amaliyotida foydalanilayotgan interfaol metodlardan bir nechtasining mohiyati va ulardan foydalanish borasida so’z yuritamiz. 2. “Aqliy hujum” metodi. Mazkur metod muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda qo’llaniladigan metod sanalib, u mashg’ulot ishtirokchilarini muammo xususida keng va har tomonlama fikr yuritish hamda o’z tasavvurlari va g’oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma’lum ko’nikma hamda malakalarni hosil qilishga rag’batlantiradi. Bu metod yordamida tashkil etilgan mashg’ulotlar jarayonida ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha original yechimlarni topish imkoniyati tug’iladi. “Aqliy hujum” metodi tanlab olngan mavzular doirasida ma’lum qadriyatlarni aniqlash va ularga muqobil bo’lgan g’oyalarni tanlash uchun sharoit yaratadi. Metoddan samarali foydalanish maqsadida quyidagi qoidalarga amal qilish lozim. Dars jarayonida “Aqliy hujum” metodidan foydalanishda quyidagi qoidalarga amal qilish talab etiladi: 1. O’quvchilarni muammo doirasida keng fikr yuritishga undash, ularning mantiqiy fikrlarni bildirishlariga erishish. 2. Har bir o’quvchi tomonidan bildirilayotgan fikrlar rag’batlantirilib boriladi. Bildirilgan fikrlar orasidan eng maqbullar tanlab olinadi. Fikrlarning rag’batlantirilishi navbatdagi-yangi fikrlarnng tug’ilishiga olib keladi. 3. Har bir o’quvchi o’zining shaxsiy fikrlariga asoslanishi va ularni o’zgartirishi mumkin. Avval bildirilgan fikrlarni umumlashtirish, turkumlashtirish yoki ularni o’zgartirish ilmiy asoslangan fikrlarning shakllanishiga zamin hozirlaydi. 4. Mashg’ulot jarayonida o’quvchilar faoliyatini standart talablar asosida nazorat qilish, ular tomonidan bildirilayotgan fikrlarni baholashga yo’l qo’yilmaydi. Ularning 109 fikrlari baholanib borilsa, o’quvchilar diqqatlarini shaxsiy fikrlarini himoya qilishga qaratadilar, oqibatda yangi fikrlar ilgari surilmaydi. Metodni qo’llashdan ko’zlangan asosiy maqsad o’quvchilarni muammo bo’yicha keng fikr yuritishga undash ekanligini yodda tutgan holda ularning faoliyatini baholab borishdan voz kechish maqsadga muvofiqdir. Aqliy xujum ijtimoiy hayotda, ishlab chiqarishda qo’llanayotgan ish usuli hisoblanadi. Undan ta’lim jarayonida ham keng foydalanish mumkin. Aqliy xujum usulidan da’vat bosqichida ham, anglash va fikrlash bosqichlarida ham foydalaniladi. “Aqliy xujum” da muhokama etish uchun biror muammoli vaziyat, yangi tushuncha, yangi o’rganilayotgan mavzu olinadi. Tanlangan sohani oydinlashtirish uchun ishtirokchilarning barchasi o’z fikri, mulohazasi, taklifini bayon etadi. Barcha aytilgan informasiya qayd etilib, keyin maqbuli tanlab olinadi. Aqliy xujumni o’tkazganda guruhning barcha qatnashchisi faol ishtirok etishi kerak. Hyech qanday fikr cheklanmaydi va tanqid etilmaydi. Noto’g’ri bildirilgan fikr ustidan kulish yoki tanqid etish mumkin emas. “Aqliy xujum” guruhning barcha a’zolarini, ayniqsa, passiv, tortinchoq a’zolarini faollashtirishi bilan foydalidir. Aqliy xujumni tashkil etganda ma’lum me’yorga rioya etish kerak. Juda ko’p qo’llash uning qimmatiga putur yetkazadi. Temaga oid tushunchalarni izohlashda, mavzuni yakunlashda foydalanish mumkin. “Aqliy xujum”ni o’tkazishda ma’lum bir muammo yoki tushuncha guruhga ma’lum qilindi va unga doir fikr va mulohazalarni, bilimlarni bayon etish taklif etiladi. Biror kishi fikrlarni qayd etib boradi. Masalan: “talabaning muvaffaqiyatli o’qishi uchun ta’sir etuvchi faktorlar” muhokama etilsa: talabanng faolligi, bilim darajasi, qiziqishi, ta’limning uyushtirilishi, texnik vositalarini qo’llanishi, kompyuterdan foydalanish, darslik va qo’llanmalar mavjudligi ta’lim jarayonini rejalashtirilishi, ta’lim mazmunini aniq bo’lishi, talabanng iqtisodiy ta’minoti, tarbiyaviy ishlarning qo’yilishi va hakozo fikrlar bildirilishi mumkin. Keng va atroflicha fikr bayon etilishga erishish foydalidir. Barcha fikrlar qayd etiladi. So’ngra ularning ahamiyati muhokama qilinadi. Fikrlarning ahamiyatiga qarab o’rnini belgilash ham mumkin. Har bir fan o’qituvchisi “Aqliy hujum” uchun tavsiya etiladigan temalarni aniqlashi kerak. “Aqliy xujum” kichik va katta guruhlarda ham o’tkazilishi mumkin. Aqliy hujum guruhni faollashtiradi, darsni jonlantiradi. “Aqliy hujum” chog’ida bayon etilgan fikr va takliflarni o’rganish va eng maqbulini tanlab olish zarur. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling