Yakuniy topshirik (Fikrlash).
O’qituvchi dars yakunida talabalar fikrini,
o’rganilgan materialga munosabatini so’rashi, savollar berishi, qisqa “Esse”
yozdirishi, testdan foydalanishi mumkin. Dars oxirida:
- Yozilgan esseni o’qishi;
- Juftliklarda esseni muhokama etish;
- Juftliklarda ma’ruzaning asosiy tushunchalarini muhokama etish mumkin.
Demak ma’ruza oxirida erishilgan natija albatta tekshirilishi kerak. “Esse” xar
bir darsning oxirida talabalarga yozdiriladigan qisqacha fikrnomadir. Talaba
ma’lumotdan nimani o’rganadi, mashg’ulotga munosabati, shu mavzuni chuqurroq
o’zlashtirmoq uchun nimalar qilishi kerak va boshqalar xaqida qisqa yozadi.
O’qituvchi “esse” yozishni odat tusiga kiritsa, talaba dars tdavomida e’tiborsiz
o’tirmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |