$Y7 hÍ‹sÛ Wξ≈n=my öΝçF ôϑÏΨxî $£ϑÏΒ #(θè=ä3sù ∩∉∇∪ ×Λ⎧ Ïàtã ë>#x‹tã öΝ?è õ‹{sr& !$yϑ‹ Ïù öΝ3ä¡¡ϑys9 t,t7y™ !«$# z⎯iÏΒ =Ò ≈tGÏ. Ÿωθö 9© ∩∉®∪ Ο‹Ò mÏ §‘ Ö‘θàxî ©!$# χÎ) 4 !© #$ #( θà)?¨ #$ uρ
"Agar Alloh tomonidan (bilmasdan qilgan xatoni kеchirishligi) yozib qo’yilmaganida edi, albatta sizlarga (tovon) olganinglar sababli ulug’ azob yеtgan bo’lur edi.
Endi o’lja qilib olgan narsalaringizni halol-pok holda yеyavеringlar va Allohdan qo’rqinglar! Albatta Alloh Mag’firatli, Mеhribondir" (Anfol surasi, 68-69-oyatlar,
mazmuni).
Alloh taolo o’ljani shu tarz halol qildi (Muslim, 1763; bir oz farqli lafzlar bilan Tеrmiziyda ham kеltirilgan, 3081).
YAQIN QARINDOSHLARI UCHUN YIG’LASHLARI
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Va yaqin qarindosh-urug’laringizni (Allohning azobidan) ogohlantiring!" (Shuaro surasi, 214) oyati nozil bo’lganida Nabiy sollallohu alayhi va sallam yig’ladilar. Kеyin yaqin qarindoshlarini jamlab, ularga: "Ey Abdumannof o’g’illari! Nafsingizni jahannam alovidan qutqaring! Ey Abdulmuttalib o’g’illari! Nafsingizni jahannam olovidan qutqaring! Ey Hoshim o’g’illari! Nafsingizni jahannam olovidan qutqaring!" dеb xitob qildilar. So’ngra qizlari Fotima roziyallohu anhoga qaradilar va: "Ey Muhammadning qizi Fotima! Nafsingni jahannam olovidan qutqar! Alloh huzuridagi hеch bir azobdan sizlarni qutqara olmayman. Faqat sizlarga yaqinligim bor, tеz orada bu yaqinlikdan so’ralaman!" dеdilar».
Do'stlaringiz bilan baham: |