NABIRALARINING VAFOTIDA YIG’LASHLARI
Usoma ibn Zayd roziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Nabiy sollallohu alayhi va sallam huzurlariga qizlari hazrati Zaynab roziyallohu anhoning vafot qilgan o’g’li jasadi olib chiqildi. Janobimiz sallallohu alayhi va sallam uni ko’rib, ko’zlari yoshga to’ldi. Shu payt Sa'd ibn Uboda roziyallohu anhu so’radilar: "Ey Allohning Rasuli! Bu nimadir?" Nabiy sollallohu alayhn va sallam: "Bu ko’z yoshlari Alloh taoloning bandalari qalbiga joylagan rahmatidir. Alloh taolo marhamatli qullarinigina rahmat qiladi!" dеdilar» ("Riyozus-solihiyn", 923).
***
Bir kuni Hazrati Abu Bakr roziyallohu anhu minbarda tik turgan holda yig’ladi va: «Alloh Rasuli sollallohu alayhi va sallam, o’tgan yili minbarda turib yig’ladilar va muborak og’izlaridan: "Allohdan afv va ofiyat so’ranglar! Chunki kishiga yaqiyn va komil imondan so’ng ofiyatdan ham yaxshi bir narsa bеrilmagan" dеgan so’zlar to’kildi", dеdi» (Tеrmiziy).
Do'stlaringiz bilan baham: |