HAZRATI HAMZA ROZIYALLOHU ANHU SHAHID BO’LGANIDAGI QAYG’ULI HOLLARI
Rasuli Akram sollallohu alayhi va sallam yuzlari yarali, qalblari yarali holda Uhud shahidlarining dafnidan so’ng sahobalar bilan Madinaga qaytayotgan edilar. Uhud bilan Madina oralig’ida yashovchi qabilalar - erkagu ayollar barchasi Rasulullohni va sahobalarini kutib olishdi.
Hazrati Hamza roziyallohu anhuning qizi Fotima roziyallohu anho otasining shahid bo’lganidan xabarsiz, askarlarni kutib olgani chiqqan edi. Mujohidlar ko’ringach, otasini so’radi. Ilk safdagi sahobalar aytishga jur'at qilolmay, orqa saflarga ishorat qilishdi. Nihoyat, Payg’ambarimiz sollallohu alayhi va sallamdan so’radi. "Bundan so’ng otang mеn bo’laman!" dеb marhamat qildilar u Zot.
Bu so’zlardan otasi shahid bo’lganini bilib, yig’lay boshladi. Hazrati Hamza roziyallohu anhuning onasi Safiyya roziyallohu anho ham xuddi shunday ta'sirlandi. Bu hol
Rasululloh soyalallohu alayhi va sallamni battar mutaassir qildi (muborak qalblari to’lib yig’ladilar).
Do'stlaringiz bilan baham: |