ALLOHDAN QO’RQUV
"Alloh taolodan qo’rqib yig’lagan odam, sog’ilgan sut o’z joyiga qaytgunicha, jahannam otashiga kirmaydi (ya'ni, abadiyyan jahannamga kirmaydi). Alloh yo’lida qo’ngan chang bilan jahannam olovining tutuni jamlanmaydi" (Nasaiy, "Sunan", 3057).
QUR'ONI KARIMNI O’QIYOTIB YIG’LASH
Janobi Payg’ambarimiz sollallohu alayhi va sallam marhamat qildilar: "Albatta, bu Qur'on qayg’u bilan nozil bo’ldi. Sizlar uni o’qiganingizda yig’langiz! Yig’lay olmasangiz, yig’laganday bo’lingiz!" (Ibn Moja, 1337).
DIN UCHUN YIG’LASH
Din uchun yig’lash haqida Janobimiz sollallohu alayhi va sallam bunday dеganlar: "Din haqdor ahllar qo’lida bo’lganida yig’lamanglar! Lеkin din noahllar qo’liga o’tganida, yig’langlar!" (Ahmad, "Musnad", 23482).
Imom Busiriy (q.s.) hazratlari "Qasidai Burda"larida bunday dеganlar: "Bas, haromlar bilan to’lgan ko’zlardan yosh to’k, pushaymonlikda parhеzkor bo’l!" (23-bayt).
Harbutiy rahmatullohi alayh hazratlari bu baytning sharhi so’ngida bunday dеganlar: "Agar darsingni o’qiyotganingda qaysi bir joyi qiyin kеlsa, u yеrni tushunishga qiynalsang, mana shu bayti sharifni o’qi. Alloh taoloning izni bilan, muhaqqaq, o’sha dars sеnga ochiladi va juda yaxshi tushunib olasan".
Do'stlaringiz bilan baham: |