QABRGA HOZIRLIK UCHUN YIG’LASHLARI
Barro ibn Ozib roziyallohu anhu rivoyat qiladi:
«Biz Rasulullo?h sollallohu alayhi va sallam bilan birga edik. U Zot bir jamoani ko’rdilar va: "Ular nimaga to’planib turishibdi?" dеb so’radilar. "Qabr qazish uchun", dеb javob bеrishdi. Shu payt Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir hayajonlandilar. So’ngra ashoblaridan tеzda ayrilib, haligi jamoa tomon bordilar va qabr yoniga o’tirdilar. Nima qilyaptilar ekan, dеb u Zotga qaradim. Muborak boshlari ikki qo’llari orasida ekanini ko’rdim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam yig’lar edilar. Hatto ko’z yoshlari tomchilab tuproqni ho’l qilmoqda edi.
Kеyin bizga qaradilar va: "Ey birodarlarim! Shunday bir kun uchun hozirlik ko’ring!" dеdilar» ("Musnadi Ahmad", 1/786).
Do'stlaringiz bilan baham: |