Millatning o‘zligini anglashi tarixni bilishdan boshlanadi
Download 15.85 Kb.
|
1.Ma’naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning о‘rni.
Ma’naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning о‘rni. “Millatning o‘zligini anglashi tarixni bilishdan boshlanadi”. Ushbu haqiqatni anglash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi zarurligi ta’kidlangan edi. Saboq beradigan, ogohlikka undaydigan va donolik bag‘ishlaydigan tarix bizlarni o‘sha dahshatli yillardan qanchalik uzoqlashtirgan sayin, urush haqidagi muqaddas tarixiy xotira shunchalik buyuk ma’naviy kuchga aylana boradi. Zero, o‘tmish xotirasiga ega bo‘lmagan, o‘z xalqining tarixiy tajribasidan mahrum kishi butunlay tarixiy istiqbolni his qilishdan ayrilib qoladi. Teran va dono bir hikmat bor, o‘z qahramonlarining xotirasini muqaddas bilib e’zozlovchi xalqgina buyuk bo‘lishga, buyukman deb da’vo qilishga munosibdir. Vatanimiz kelajagi bo‘lgan barkamol avlodni etishtirish uchun millatimizning har bir vakili o‘z farzandini milliy g‘oyamiz, qadriyatlarimiz, tilimiz, qadimiy tariximiz, madaniy boy o‘tmishimizda chuqur iz qoldirgan buyuk siymolarimizga muhabbat va hurmat ruhida tarbiyalash bilan birga jahoniy o‘zigagina xos bo‘lgan insonparvarlik, baynalmilallik, samimiylik va bag‘rikenglik ruhida ham ta’lim va tarbiya berishimiz, bugungi kunda har qachongidan ham zarurroqdir. Millat o‘zligini qanchalik chuqur anglasa, o‘zining izzatini, qadr-qimmatini joyiga qo‘ysa, uni boshqalar ham ulug‘laydi, hurmat qiladi. Azaliy qadriyatlarimiz, islom diniga xos qoidalar, qadimiy an’ana va qadriyatlarga sodiq o‘zbek millati o‘zining insonparvarlik g‘oyalari bilan asrlar osha nom qozonib kelmoqda. O‘zbek millatining bugungi kunida yaqqol namoyon bo‘layotgan insonparvarligi keksa yoshdagi ulug‘ kishilarga hurmat, kichiklarga mehr-shafqat, izzat, muhtojlarga xayr-sahovat qilish, otaona izmida turish, qarindosh-urug‘ning, qo‘ni-qo‘shnining og‘irini engil qilib, tashvishu-quvonchlariga sherik bo‘lish kabi insoniylik fazilatlari behisobdir. Ana shu ezgu xislatlarga zid qarashlarni o‘zida shakllantirgan xudbinlar, millatfurushlar, xoinlar, qora niyatli kishilar oz bo‘lsa-da, uchraydi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, millati uchun qayg‘urgan, uni turli xil g‘arazli xuruj va hamlalardan, tuhmat va bo‘xtonlardan himoya qilgan, o‘zbek xalqi boy madaniyatining ezgu g‘oyalarini keng targ‘ib qilishda jonbozlik qilgan insonlarni, millat g‘ururiga aylangan insonlarni ulug‘lash, ularning nomlarini abadiylashtirish bugungi kundagi eng dolzarb masaladir. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, yosh avlodlarga tariximiz, bizni kim bo’lganligimiz haqida qanchalik ko’p o’rgatilsa, yosh avlod O’zbekistonimizni yanada balandroq yuksaltira oladigan bo’lib yetishib chiqadi. Download 15.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling