Sinfi: 1-sinf Dars ishlanmasi mavzusi: VV tovushi va VV harfi


Download 21.17 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi21.17 Kb.
#1530480
Bog'liq
1-sinf v harfi dars ishlanma


Fanning nomi: Alifbo
Sinfi: 1-sinf
Dars ishlanmasi mavzusi: Vv tovushi va Vv harfi
O’quvchi soni: 17 ta 
Darsning mavzusi: Vv tovushi va Vv harfi
Darsning maqsadi:
Ta’limiy:
O’quvchilarni Vv tovushi va Vv harfi bilan tanishtirish. Vatan ozodligi va mustaqilligi yo’lida jon fido qilgan insonlarni tanishtish. 1991-yidan to shu bugungi kunga qadar Vatanimiz rivojlanishda qanday yutuqlarga erishdi va shu yutuqlar mohiyati nimalardan iboratligini tushuntirish. 
Bilim. O’quvchilarni Vv tovushi va Vv harfi bilan tanishtirish. O’quvchilarda Vv tovushi va Vv harflarini o’qish, unli harflar bilan bo’g’in hosil qilib, o’qishga o’rgatish.
Ko’nikma. Vv harfini bilish, bo’g’in va so’zlari o’qiy olish. Unli harflar bilan bo’g’in hosil qilish.
Malaka. Rasm asosida gaplar tuzish. Bo’g’in va so’zlarni o’qish. Tarbiyaviy maqsad:
O’quvchilarni “Vatan” she’ri orqali Vatanga muhabbat, yashab turgan joylariga , tarixiga nisbatan g’ururni, kelajakka bo’lgan ishonchni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning o’qish ko’nikmalarini o’stirish. Og’zaki nutqini va she’rlarga bo'lgan qiziqishini rivojlantirish, dunyoqarashlarini kengaytirish.
O’quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi:
Dars turi: Yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi.
Dars metodi: Suhbat, tushuntirish, ko’rgazmalilik. “Zanjir” o’yini, sahna ko’rinishi, test.
Darsning jihozi: Mustaqillik yillari bunyod etilgan inshoatlar, АКТ, kesma harflar va z harfiga oid rasmli kartochkalar.
Fanlararo bog’lanish: Atrofimizdagi olam, matematika, odobnoma, ingliz tili, musiqa.
Darsning borishi:
Dars jarayoni va texnologiyasi
bosqich Tashkiliy qism 5 minut
bosqich O’tilgan mavzuni mustahkamlash 10 minut
bosqich Yangi mavzu bayoni 10 minut
bosqich Yangi mavzuni mustahkamlash 15 minut
bosqich Dars yakuni 3 minut
bosqich Uyga vazifa berish 2 minu
Darsni tashkil etish:
O’quvchilarni darsga tayyorlash
Mutaqilligimizning shiori” Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim- 
O’zbekistonim!
Dars shiori: Bilim ol bilma tinim, Bilim aql chirog’i, Odam bo’l olib ilm
O’quvchilarga darsda to’g’ri o’tirish qiodasini eslatish
Navbatchi axboroti
Dekabr oyidagi muhim sanalar
Davlatimiz ramzlari
O’zbekiston Respublikasining Madhiyasini kim yozgan? Kim kuy bastalagan?
Bayroq va gerb haqida she’r so’rash
O’tilgan darsni takrorlash va uyga vazifani so’rash:
Z tovushining talaffuzi bilan bog’liq bilimlarini qaytarishga diqqat qilinadi.
“G’oz bilan zag’izg’on” ertagini video ro’lik orqali ko’rsatiladi. O’quvchilar sahna ko’rinishi orqali ijro etadi.
Darslik bilan ishlash.
Bo’g’inlar jadvali so’zlar va “Istirohat bog’i” matni ketma-ketlikda o’qitiladi. Matn yuzasidan og’zaki savol-javob o’tkaziladi.
Istirohat bog’iga qachon borgansiz?
U yerda nimalarni ko’rgansiz?
Qanday o’yinlar o’ynagansiz?
Tezaytishni kim tez va ko’p aytadi? Bir havo olish bilan aytilishi tushimtiriladi.
Namuna: G’ani g’ildirakni g’ildiratdi. Oq choynakka ko’k qopqoq, ko’k choynakka oq qopqoq
Dam olish daqiqasi
G’ozlarim g’oq-g’oq der, Qushlar uchib keladi,
Ko’ylagimiz oq-oq der, Supachaga qo’nadi.
Bizni yaxshi boq-boq der, U yon bu yon qarashib,
So’ng bo’lamiz o’rtoq der. Asta uchib ketadi.
Yangi mavzuning bayoni:
O'quvchilarni guruhlab o'qitish usulidan foydalanib o'tish. Sinf o’quvchilari uch guruhga bo’linadi. Har bir guruh o’ziga guruh sardori saylaydi. Shundan keyin har bir guruh rasmli kartochkalar yordamida gaplar tuzadi. Vv harfi qatnashgan so’zlardan o’ylab topadi. Har bir guruhning fikrlash doirasi, topqirligi, berayotgan javoblarini hisobga olib boriladi.
O’quvchilarni Vv harfi va tovushining aytilishi, yozilishi, so'zlardagi o'rni bilan tanishtiriladi. Vv undoshi jarangli tovush. Oldindan tayyorlab qo'yilgan bosma va yozma shakldagi so'zlar bo'g'inga bo'lish yo'li bilan o'qitiladi. Har bir
so'zdagi Vv harfining o'rni va vazifasi tahlil qilinadi.
O'quvchilarga mustaqil kesma bo'g'inlardan foydalanib so'zlar hosil qilish topshiriladi.

Va ta nim

Na vo Iy

Mav ju da  


Suhbat yordamida Vv tovushining xususiyatlarini aniqlashtiriladi.:
-V tovushining talaffuzida tishlar uchi qayerga tegyapti? (Pastki tishlar tepa labga tegyapti)
-Pastki tishlar tepa labga tegganda nima hosil bo’lyapti? (Shovqin)
-V tovushi nimadan hosil bo’lar ekan? (Ovoz va shovqindan) -To’siqqa uchragan tovush qanday aytiladi? (Qisqa aytiladi)
-Shovqin va ovozdan hosil bo’lgan, to’siqqa uchragan, qisqa aytilgan tovush unli bo’ladimi? Yoki undosh bo’ladimi? (Undosh)
- V tovushi qatnashgan so’zlar zanjirini tuziladi.
- Bo’g’in va so’zlarning o’qilishini o’rgatish. ( Rasm tagida shu rasmga mos kataklar berilgan, agar Vv harfining o’rni to’g’ri topiladi)
- Tovus so’zdagi Vv harfining o’rnini aniqlanadi.
Lug’at ishi
Varrak-bolalar uchiradigan o’yin
Darslik bilan ishlash. Darslikdagi bo’g’inlar va so’zlar, “Vatanim” she’rini o’qishni mashq qilish.
Vatan mening onamsan,
Issiq quchog’ing.
Olamda yagonamsan,
Aziz tuprog’ing.
Kelajaging buyukdir,
Yashina doimo.
Vatanim, seni bugun
Tanidi dunyo.

O’zbekiston bizning Vatanimizdir O’zbekistonni biz ona Vatan deb ham ataymiz. Vatanni onaga qiyoslashimizning ramziy ma’nosi bor. Chunki ona inson uchun eng yaqin, sevimli, mo’tabar zotdir. Shuning uchun ham biz o’z onamizni qanchalik sevsak, Vatanimizni ham shunchalik e’zozlashimiz va ardoqlashimiz darkor.


Mustaqil O’zbekiston haqida videorolik ko’rsatiladi. Mana davlatimiz mustaqillikka erishgangan buyon juda katta yutuqlarga erishmoqda. 
“Kecha kim edig-u bugun kim bo’ldik?” -degan savolni o’zimizga berishimiz kerak. Bizni Vatanimizni gullab yashnayotganini ko’raolmaydigan yovuz niyatli kishilarni so’zlariga ishonmasligimiz kerak. Ayrim davlatlardagi notinchliklarni kо’rib ko’ngling behuzur bo’ladi. Anashunday kimsalarni aldoviga ishonib qolmaslik uchun inson o’zi to’g’riso’z bo’lishi kerak. 
Yangi mavzuni mustahkamlash
O’quvchilardan Vatan haqida she’rlar va maqollar so’raladi. O’quvchilar yod olgan she’rlarini va Vatan haqida maqollar aytadi.
Vatanjonim –Vatanim, 
Ko’zim quvnab ko’rganim.
Istiqloldan kulganim,
O’zbekiston gulshanim.
Maqol: Vataning - onang. Vatanning ostonasi oltin.
Test
l.O'zbek tilida nechta unli tovush bor? 
A) 8ta. B) 4ta. D) 6 ta
2.Tovush so'zida nechta bo'g'in bor?
A) 2 ta B) 3 ta D) 1 ta
3.ta unli, 2 ta undosh tovushli so'zlar qatorini toping.
A) Ona, uka, non. B) Dala, buvi, xola. D)So'z, aka, uka.
4.Vv tovushi qanday tovush?
A) Undosh B) Unli D) So'z
5.Vatan so'zida nechta tovush bor?
A) 7 ta B) 6 ta D) 5 ta
Tezkor savol-topshiriqlar:
-Undosh tovushlarini ayting.
-i, u, e, o, o’, a tovushlari nima uchun unli tovush sanaladi? 
-Undosh tovushlar qanday aytiladi?
-Undosh tovushlarning o’zidan bo’g’in, so’z tuzib bo’ladimi? 
-unlilardan-chi?
Darsni yakunlash
-Dars sizga yoqdimi?
-Nima uchun yoqdi?
O'quvchilar bilimi rag'batlantirib dars yakunlanadi.
Uyga vazifa. Bo’g’in va so’zlarni o’qish

Foydalanilgan adabiyotlar:


Alifbo
Ona tili 1-sinf. 2015-yil. T.G’afforova, E. Shodmonov, X. G’ulomov
O’qish kitobi 1-sinf.2015-yil. T.G’afforova, E. Shodmonov, G. Eshturdiyev 

Download 21.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling