Odobnoma fani o’qituvchisi Bakiyeva Kumushning 2 –sinf uchun
Odobnoma fanidan bir soatlik dars ishlanmasi
Mavzu; ’’ Ota- ona - aziz va mo’tabar’’.
Maqsad; a) ta`limiy -- ota - onalarning ulug` zot ekanliklari, ularning oilada tutgan o`rni haqida ma`lumot berish, mustaqil fikrlashga o`rgatish;
b) tarbiyaviy-- farzandlarda ota- onaga hurmat tuyg`ularini tarbiyalash.
d) rivojlantiruvchi: o’quvchilarning fikrlash qobiliyatini o’stirish va dunyo-
qarashini boyitish.
Uslub; Suhbat, ko`rsatish, eshittirish.
Jihoz; Darslik, video, magnit tasmalariga yozilgan tasvir va eshittirishlar, Husayn Void Koshifiy asarlaridan lavhalar, hadis namunalari.
Darsning borishi;
1. Darsni tashkil etish.
Tashkiliy qism:
Salomlashish, davomatni aniqlash , sinf ozodaligiga e’tibor berish, uyga
vazifani so’rash.
2. O`tilgan mavzu ( “ Bizning oila”) yuzasidan kichik suhbat.
Savol va topshiriqlar;
1.Oila tushunchasini izohlang.
2.Oilada kimlar yashaydilar?
3.Oila boshliqlari haqida so`zlang.
4.Oila a`zolarining bir- birlariga munosabatlari qanday bo`lishi kerak?
5.Oila a`zolaringizning nomlarini sanang.
6.Oila a`zolaringiz qanday kasb egalari, ularning kasblari haqida bilganingizni so`zlang.
7.Faraz qilaylik, oila a`zolaringizdan biri sizning yordamingizga muhtoj. Siz qanday yo`l tutasiz?
O`quvchilarning javoblari umumlashtirilib, xulosalanadi.
3. Yangi mavzu ustida ishlash.
1. Video tasmasiga yozilgan oila, ota-ona , farzandlar, ular o`rtasidagi o`zaro hurmat tasvirlangan lavhalarni namoyish etish.
2. Magnit tasmasiga yozilgan ota- onalarni madh etuvchi she`rlar, qo`shiqlardan eshittirish.
3. O`qituvchi bayoni.
Hozirgi ko`rgan va eshitganlaringizdan ma`lum bo`lib turibdiki, bugun biz ota- onaga hurmat haqida fikrlashar ekanmiz. Ota –onalarimiz biz uchun dunyodagi eng aziz, eng yaqin kishilarimizdir. Ular bizga hayot bag`ishlagan, umr bo`yi biz uchun zahmat chekkan kishilardir.Kerak bo`lsa , ular biz uchun jon fido qilishga ham tayyordirlar. Har birimiz buni tushunishimiz, ota- ona hurmatini joyiga qo`yishimiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |