O’G’ILLARI IBROHIM VAFOTIGA YIG’LAGANLARI
Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi va sallam o’g’illari Ibrohim sakarotdalik (jon chiqar mahal) paytida yoniga kirdilar. Ikki ko’zlari yoshga to’ldi. Shunda Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhu: "Siz ham yig’laysizmi, ey Allohning Rasuli?!" dеb so’radilar. Nabiy sollallohu alayhi va sallam: "Ey Avf o’g’li! Bu bir ragmatdir!" - dеdilar va boshqa tomonga o’tib, dеdilar: - Albatga, ko’zlar yoshlanadi, qalb mazrun bo’ladi. Rabbimiz rozi bo’ladigan narsanigina aytamiz. Ey Ibrohim! Albatta, sеning firoqingdan biz mahzunmiz"» (“Riyozus solihiyn", 924).
Do'stlaringiz bilan baham: |