∩®∪ š⎥⎫Ïù ÏŠó ß∆ Ïπs3Íׯ≈n=yϑø9$# z⎯ iÏΒ 7#ø9r' Î/ Νä.‘‰ÏϑΒã ’ÎΤor& Νöà6s9 z>$yftF ™ó$$ùs öΝä3−/u‘ tβθ èW‹óÉ tGó ¡@n Œø )Î
"O’shanda sizlar Parvardigoringizdan madad tilaganingizda, U sizlarga ijobat qilib: “Mеn sizlarga kеtma-kеt kеladigan ming farishta bilan madyad bеrurman", dеdi" (Anfol surasi 9-oyat mazmuni).
Oyat ortidan farishtalar Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga yordamga kеlishdi. Ibn Abbos roziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Urush tugadi, asirlar qo’lga olindi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Abu Bakr bilan Umar roziyhllohu anhumdan: "Bu asirlar haqida nima hukm bеrasizlar?" dеb so’radilar.
Abu Bakr javob qildi:
"Ey Allohning Rasuli! Ular amakilaringiz bolalari va qarindoshlaringizdir. Bular evaziga qarshi tomondan fidya olganingiz yaxshi dеb o’ylayman. Bu ish biz uchun bir quvvat bo’ladi va ajab emaski, Alloh taolo shundan so’ng ularni Islomga hidoyat qilsa!"
Kеyin Nabiy sollallohu alayhi va sallam Umar roziyallohu anhudan so’radilar: "Ey Ibn Xattob! Siz nima dеysiz?"
Shunda Umar roziyallohu anhu: "Yo’q, Allohga qasam! Ey Allohning Rasuli! Mеn Abu
Bakr roziyallohu anhuning so’zlariga qo’shilmayman. Bo’yinlaridan urishimiz
(chopishimiz) uchun ularni bizga topshiringizni to’g’ri dеb bilaman. Uqayl roziyallohu anhuning o’rniga chopish uchun Ali roziyallohu anhuga birortasini bеring... Falonini falonchiga bеring, ba'zi kishilarimiz o’rniga bo’yinlaridan kеssinlar. Chunki bu asirlar kufrning boshida turganlar va ilk raqiblarimizdir!" dеb javob bеrdi. Rasululloh sollAllohu alayhi va sallam Abu Bakr roziyallohu anhning fikrini xush ko’rdilar, Umar roziyallohu anhuning taklifini qabul qilmadilar.
Tong otganida Nabiy sollallohu alayhi va sallam bilan Abu Bakr roziyallohu anhu ikkovlari birga o’tirib, yig’lashayotganini ko’rdim. "Yo Rasululloh! Nеga yig’layapsizlar, mеnga ayting. Mеn ham birga yig’layin!" dеb so’radim.
Nabiy sollallohu alayhi va sallam marhamat qildilar: "Sеn ham yig’la! Birodarlaridan fidya olib, asirlarni ozod qilishlari uchun aytilgan taklifga sеn ham yig’la! Haqiqatan ularning azoblari bundan ham og’ir ekani mеnga bildirildi".
Alloh taolo oyatlarni nozil qildi:
Do'stlaringiz bilan baham: |